Psixik jarayonlarning shakllanishida tilning ahamiyati
Inson ongi ijtimoiy chuqur tabiatga ega. U predmetli faoliyat jarayonida,
bolaning kattalar bilan muloqotida, kattalarning bir-birlari bilan muloqot
jarayonlarida shakllanadi va boshlanishidan ijtimoiy xarakterga ega. Muloqot
jarayonida bolaga umuminsoniy tajribalarning asosi beriladi. SHuning uchun
individual-psixologik, alohida shaxspsixologiyasi ijtimoiy holat hisoblanadi. Agar
umuminsoniy tajribani berish jarayonida so‘zlar alohida ahamiyat kasb etsa,
iboralar ham insoniy tajribalarni etkazishida muhim rol o‘ynaydi.
Ma’lumotlarni gaplar orqali etkazish ikkiga bo‘linishi mumkin. Aniq
voqealar haqida xabar etkazish yoki voqea kommutatsiyasi va mashhur mantiqiy
munosabatlar orqali yotkazish yoki munosabatlar kommutatsiyasi mavjuddir.
Munosabatlar kommutatsiyasi hissiy tajribadan ongning murakkab ratsional
shakllariga o‘tishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tilga ta’sir qilishning uch shakli ham mavjud. Insonning tilida nafaqat
so‘zlar saqlanadi, unda mantiqiy tizimlar ham mavjud. Bular tashqaridan kelgan
ma’lumotlarni nafaqat qabul qilish, balki tahlil qilish qobiliyatiga ega. Demak, til
insonda mantiqiy xulosalar chiqarish imkoniyatini beradi.
YOsh bola o‘zining individual tajribalariga tayanib xulosa chiqarish
imkoniyatiga egadir. Olovning tanani kuydirish xususiyatiga ega ekanligini ota-
95
onasidan bilishi yoki o‘zining hissiy sezgisi orqali ham bilishi mumkin.
40
Agar
inson faqat o‘z tajribasiga tayanib xulosa chiqarsa, uning individual imkoniyatlari
cheklangan bo‘lar edi. SHuning uchun ham til orqali mantiqiy fikrlarni aniqlash
mumkin.
O‘z tajribasiga tayanmay, mantiqiy munosabatlar asosida xulosa chiqarish
imkoniyati bilishning yangi ratsional va mantiqiy shakllari uchun alohida ahamiyat
kasb etadi.
Hattoki voqealar ishtirokchisi bo‘lmagan taqdirda ham o‘zining bilish va
mantiqiy tuzilishiga tayangan holda xulosa chiqarish imkoniyatini beradi.
Tilning mantiqiy tizimida insonga tayyor tafakkurning dinamik quroli
beriladi, shu tariqa mantiqiy strukturalar o‘zlashtiriladi, insonni bilish
imkoniyatlari ortadi.
Bu ongning yangi imkoniyatlari, til orqali o‘zlashtiriladi, bu esa ongning
rivojlanishiga asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi.
Tilning muhim funksiyalaridan biri bu, uning asosida sezgi, idrok, diqqat,
tafakkur, xotira, xayol, emotsiya, iroda vujudga keladi. Bu qarash L.S.Vigotskiy
tomonidan fanga kiritilgan.
Ma’lumki, hayvonlarda sezgi va kompleks idrok mavjud. Hayvonlarda
diqqat ham mavjud, u muhim signallarni tanlab oladi va kerak bo‘lmagan
harakatlarni to‘xtatadi, hayvonlarda ham xotira mavjud, u xotira orqali oldinga
tajribalar asoratini saqlaydi va ma’lum shart-sharoitlarda ularni ishlatadi.
Tabiiyki, bunday funksiyalar insonlarda ham mavjud, lekin ularning
hayvonlardan farqi, insonlarda bu jarayonlar nutqqa bog‘langan holda amalga
oshiriladi. Bu funksiyalar ongning tarixiy shakllanishi bilan genetik jihatidan
bog‘liqdir.
41
Bularning hammasi inson psixikasining o‘ziga xosligini tashkil qiladi.
Insonning sezgisi va idrokining o‘ziga xosligibu har bir sezgi va har bir
idrok nafaqat sezuvchi komponent, balki so‘z orqali ifoda qilingan ratsional
40
Evolutionary Psychology David M. Buss, third edition , The University of Texas at Austin,
2008 р417
41
Evolutionary Psychology David M. Buss, third edition , The University of Texas at Austin,
2008 р418
96
komponentlar ham mavjud va aynan shu sezgi va idrokni murakkablashtiradi.
Masalan, 1,5 mln rang turi mavjud. Biroq biz 12-15 yoki 20-30 so‘z orqali
ranglarni nomlaymiz ularni biz qizil, sariq, yashil, ko‘k, qora deb ataymiz. Biz
ranglarning boshqa so‘zlarini topa olmaymiz, lekin qalbimizda ularni nomlay
boshlaymiz. Biz tovushlarni ham xuddi shunday tahlil qilamiz, ularni ma’lum bir
sifatlarga ajratamiz. Bu sezgilarning namoyon bo‘lishiga misol bo‘lishimumkin.
Har qanday bilish jarayonlariga nutqning bevosita aloqasi mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |