O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/227
Sana03.02.2022
Hajmi2,88 Mb.
#426907
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   227
Bog'liq
Rasulov

pigenetik tamoyil
: inson o‘z shaxsiy taraqqiyotida tug‘ilishidan 
boshlab, to so‘nggi kunlarigacha majburiy ravishda bosib o‘tadigan bosqichlarning 


66 
irsiy belgilanganligiga rioya qiladi. E.Erikson har bir odamda muqarrar ravishda 
ro‘y beradigan sakkiz xildagi hayotiy ruhiy inqirozlarni ajratib, ta’riflab berdi:
1. Ishonch inqirozi – ishonchsizlik (hayotining birinchi yili davomida).
2. Gumonsirash va uyatchanlikka qarshi o‘laroq, o‘zini idora qilish (2-3 
yoshlar atrofida).
3. Aybdorlik hissiga qarshi o‘laroq, tashabbuskorlikning paydo bo‘lishi 
(taxminan uch yoshdan olti yoshgacha).
4. Mukammal emaslik kompleksiga qarshi o‘laroq, mehnatsevarlik (7 dan 12 
yoshgacha).
5. Individual g‘o‘rlik va konformizmga qarshi o‘laroq, shaxsiy yo‘nalishga 
ega bo‘lish (12 dan 18 yoshgacha).
6. 
Shaxsiy 
ruhiy 
yakkalanishga 
qarshi o‘laroq, samimiylik 
va 
muloqotchanlik (20 yoshlar atrofida).
7. «O‘ziga g‘arq bo‘lish»ga qarshi o‘laroq, yangi avlod tarbiyasi haqida 
qayg‘urish (30-60 yoshlar orasida).
8. Umidsizlanishga qarshi o‘laroq, bosib o‘tilgan hayot yo‘lidan mamnunlik 
(60 yoshdan katta) (7.2 jadval). 
Erikson konsepsiyasida shaxsning vujudga kelishi har bir bosqichda sodir 
bo‘ladigan inson ichki olami va atrofdagi odamlar bilan munosabatlarining sifat 
o‘zgarishlari almashinuvi tarzida tushuniladi. Buning natijasida u shaxssifatida 
rivojlanishningaynanhozirgi bosqichiga tegishli bo‘lgan va butun umri davomida 
saqlanib qoladigan yangi xususiyatlarga ega bo‘ladi. Bunda yangi shaxsiy xislatlar, 
Erikson fikricha, faqat avvalgi rivojlanish asosida yuzaga keladi.
Inson shaxs sifatida shakllanishi va rivojlanishida ijobiy sifatlar bilan birga 
kamchiliklarga ham ega bo‘ladi. Turli xildagi ijobiy va salbiy yangi hosilalarni 
birgalikda yagona nazariyada izchil tarzda umuman tasavvur qilib bo‘lmaydi. 
SHuning uchun Erikson o‘z konsepsiyasida shaxs rivojlanishining faqat ikkita 
keskinyo‘nalishini: normal va anormal yo‘nalishlarini aks ettirdi. Hayotda ular sof 
ko‘rinishda deyarli uchramaydi, lekin aniq chegaralangan qutblar yordamida inson 
shaxsiyati taraqqiyotining barcha oraliq turlarini tasavvur qilish mumkin.


67 
Shaxs taraqqiyoti muammosini o‘rganishda mualliflar inson rivojlanishini 
belgilab beruvchi sabablarni aniqlashga harakat qiladilar. Tadqiqotchilarning 
ko‘pchiligi shaxs taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchi sifatida turli 
ko‘rinishdagi ehtiyojlar majmuasini tan oladilar. Bunday ehtiyojlar orasida o‘z-
o‘zini o‘stirishga bo‘lgan ehtiyoj asosiy o‘rinni egallaydi. O‘z-o‘zini o‘stirishga 
bo‘lgan intilish qandaydir erishib bo‘lmaydigan etuklikka intilishni bildirmaydi. 
SHaxsning aniq maqsad yoki ijtimoiy darajaga erishishga bo‘lgan intilishi o‘ta 
muhimdir.
Shaxs taraqqiyotining umumiy muammolari qatorida o‘rganiladigan 
masalalardan yana biri shaxsiy xossalarning barqarorlik darajasi haqidagi masala 
hisoblanadi. Ko‘pchilik shaxs nazariyalarining asosida shaxs ijtimoiy-psixologik 
noyob hodisa sifatida o‘zining asosiy ifodalanishida hayotiy barqaror tuzilma 
bo‘lib hisoblanishi haqidagi faraziy tushuncha yotadi. Aynan shaxs 
xususiyatlarining barqarorlik darajasi harakatlarining ketma-ketligini va ma’lum 
xulq-atvorni belgilaydi, uning harakatlariga qonuniylik xususiyatini beradi. Lekin 
qator tadqiqotlar natijasida inson xulq-atvori anchayin o‘zgaruvchanligi aniqlandi. 
SHuning uchun qonuniy ravishda inson shaxsi va xulq-atvorining barqarorligi 
haqiqatdan ham nimada va qanchalik ifodalanishi haqidagi savol tug‘iladi.
Tadqiqotlarning natijalariga ko‘ra, tug‘ma anatomik va fiziologik 
xususiyatlar, asab tizimi xossalari bilan bog‘liq bo‘lgan shaxsning dinamik 
xususiyatlari yuqori darajadagi barqarorlikka ega bo‘ladi. Ularga temperament, 
emotsional reaktivlik, ekstraversiya – introversiya va boshqa ba’zi bir sifatlar 
kiradi. SHuningdek, aniqlanishicha, shaxsning ham barqaror, ham o‘zgaruvchan 
real xulq-atvori doimiy ijtimoiy vaziyatlarga bog‘liqdir.
«Umumiy psixologiya» (2002y.) darsligining muallifi A.G.Maklakovning 
fikriga ko‘ra, inson barcha odamlarga xos bo‘lganligidan o‘ta barqaror hosilani 
tashkil etuvchi shaxsning qator xususiyatlariga egadir. Bular integrativ 
xususiyatlardir, 
ularga 
shaxsning 

Download 2,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish