O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/227
Sana03.02.2022
Hajmi2,88 Mb.
#426907
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   227
Bog'liq
Rasulov

o‘zini baholash 
darajasidir. Bolaning kattalar va boshqa odamlar, bolalar bilan o‘zaro 
munosabatlarga kirishishi natijasida unda o‘zi haqida tasavvur paydo bo‘ladi. 
Lekin o‘zini baholashning shakllanishi nizolarsiz o‘tmaydi. Ko‘p hollarda 
atrofdagilarning baho berishi o‘zini baholash bilan mos kelmaydi. Inson ko‘pda 
atrofdagilar bahosini qabul qilish yoki o‘z fikrida qolishdan birini tanlay olmay, 
qiyin ahvolda qoladi. Murakkab «solishtirish» jarayoni sodir bo‘ladi, buni Rodjers 
«jonli baholash jarayoni» deb ataydi, chunki dastlab baholash manbai bola 
organizmida bo‘lib o‘tadi, ya’nibu erda biz yana bir bora tug‘ma sifatlar 
tushunchasi bilan to‘qnashamiz.
Psixologiyadagi gumanistik yo‘nalishning boshqa vakili amerikalik psixolog 
Abraxam Xarold Maslou
30
bo‘ladi. Uning nuqtai nazariga ko‘ra, insonning asosiy 
ehtiyoji – bu o‘zini aktuallashtirish, o‘zini mukammallashtirish va o‘zini namoyon 
etish. A.Maslouning yozishicha: «O‘zini aktuallashtiruvchi odamlarning barchasi 
qandaydir faoliyat bilan mashg‘ul bo‘ladi. Ular o‘z funksiyalariga, ishlariga 
astoydil kirishadilar, o‘z ishlarini juda qadrlaydilar»Bu toifadagi odamlar yuksak 
qadriyatlarni amalga oshirishga intiladilar (ular ichida – yaxshilik, haqiqat, 
insoflilik, go‘zallik, haqqoniylik, etuklik va boshqalar), bunday odamlar uchun bu 
xislatlar hayotiy muhim ehtiyoj bo‘lib xizmat qiladi. SHaxs tuzilishi Maslou 
bo‘yicha tartibli tizimdan yoki ehtiyojlar tadrijiyligidan iborat. Bu ehtiyojlarni 
tubandan yuqoriga sanab o‘tamiz: fiziologik (organik) ehtiyojlar, xavfsizlikka 
bo‘lgan ehtiyojlar, mansublik va muhabbatga bo‘lgan ehtiyojlar, hurmat qozonish 
ehtiyojlari, bilish ehtiyojlari, estetik ehtiyojlar va o‘zini aktuallashtirish ehtiyojlari.
29
Buss, David M. Evolutionary psychology: the new science of the mind / David M. Buss. - 3rd ed р410 
30
Buss, David M. Evolutionary psychology: the new science of the mind / David M. Buss. - 3rd ed р407 


60 
Yuksak taraqqiy etgan shaxs insonda mavjud bo‘lgan o‘zining barcha 
qobiliyatlarini to‘la rivojlantirish, ma’nan o‘sish va axloqiy yuksalishga intilish 
kabi aktuallashtirish ehtiyojlarini bildiradigan xususiyatlarga ega bo‘ladi.
Inson ehtiyojlar tadrijiyligi va u yoki bu ehtiyojning shaxs tuzilishida 
egallagan o‘rnining o‘zgarishini belgilovchi quyidagi qonunlar mavjud: yuqoriroq 
darajadagi ehtiyojlar insonning quyiroq darajadagi ehtiyojlari oz darajada 
bo‘lsaham qondirilgan holatdagina yuzaga kelib, muhim va dolzarb ehtiyojga 
aylanadi; agar insonda yangi ehtiyoj yuzaga kelib, dolzarblashganida, uning yaxlit 
ehtiyojlar darajasi ham qaytadan tuziladi. Maslou fikricha, o‘zini aktuallashtirish 
— bu doimiy taraqqiyot va o‘z imkoniyatlarini amaliyotga joriy etish jarayonidir. 
Maslou o‘zini aktuallashtirish – tug‘ma hodisa bo‘lib, inson tabiatiga kiradi deb 
hisoblaydi. Inson yaxshilik, axloqiylik, samimiylikka bo‘lgan ehtiyojlar bilan 
tug‘iladi. Ular insonning asosini tashkil etadiva odam bu ehtiyojlarni joriy qilishni 
bilishi kerak bo‘ladi.
Rossiya psixologiyasida shaxs sohasida ma’lum bo‘lgan tadqiqotlar 
L.S.Vigotskiy maktabi vakillarining nazariy ishlari bilan bog‘liq. SHaxs 
muammosini hal etishga A.N.Leontev va L.I.Bojovich katta hissa qo‘shganlar.
L.S.Vigotkiy, L.I.Bojovich tomonidan kiritilgan etakchi faoliyat va 
taraqqiyotning ijtimoiy vaziyati tushunchalariga tayanib ish ko‘rish bola 
hayotining turli davrlarida faoliyatning o‘zaro ta’siri va shaxslararo muloqotning 
murakkab dinamikasida ichki nuqtai nazar deb ataladigan dunyoga ma’lum nigoh 
bilan qarash shakllanishini ko‘rsatdi. Bu nuqtai nazar shaxsning muhim 
xususiyatlaridan biri, faoliyat etakchi motivlari yig‘indisi sifatida tushuniladigan 
taraqqiyotning sharti bo‘lib hisoblanadi.
A.N.Leontev o‘zining markaziy o‘rinni faoliyat tushunchasi egallagan shaxs 
tuzilishi va taraqqiyoti konsepsiyasini taklif etdi. L.I.Bojovichning konsepsiyasiga 
o‘xshash, bu konsepsiyada hamshaxsning asosiy ichki xususiyati shaxsning 
motivatsiya sohasi bo‘lib hisoblanadi. Uning nazariyasidagi muhim tushuncha 
inson faoliyati maqsadlarining uning motivlariga, ya’niayni damda bevosita 
qo‘zg‘atuvchiga yo‘nalganlikka bo‘lgan munosabatini ifodalovchi shaxsiy 


61 
mohiyatdir. SHaxsga tegishli bo‘lgan faoliyat turlari qanchalik keng, turli-tuman 
bo‘lsa, ular shunchalik taraqqiy etgan va tartibli, shaxsning o‘zi esa shunchalik 
ma’nan boy bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda, shaxs bo‘yicha tadqiqotlar hozirda ham faollik bilan 
olib borilayotganini ta’kidlab o‘tish joiz. Hozirgi zamon tadqiqotlarining muhim 
xususiyati nazariy qarashlar eksperimental tadqiqotlar asosida shakllanishidan 
iborat.
Pedagogika, psixologiya va falsafada shaxsga singari ko‘plab qarama-qarshi 
ta’riflari keltirilgan ilmiy tushunchani uchratish amri mahol. Mashhur 
psixologV.P.Zinchenko fikriga ko‘ra: «Inson» tushunchasi bilan faqat «shaxs» 
tushunchasi raqobatlashishi mumkin». Olim D.B.Elkonin adabiyotlarda shaxsning 
yigirmaga yaqin ta’rifini ko‘rib chiqqandan so‘ng uning o‘zi shaxs emasligini 
xulosa qildi.
Narx tushunchasini tilla tanga yoki qimmatli qog‘ozning fizik-kimyoviy 
tarkibini tadqiq qilish bilan tushuntirish qiyinchilik tug‘dirgani kabi, faylasuf 
E.V.Ilenkovning yozishi bo‘yichashaxs sir-cinoatini inson miyasi xususiyatlariga 
tenglashtirib bo‘lmaydi. SHaxs miya tuzilishi bilan emas, balkiinsonning insonga 
bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar tizimi bilan belgilanadi.
Voqeiy shaxs o‘zini «umumiy natijalar» nomini olgan ijtimoiy ahamiyatga 
ega bo‘lgan natijalarni yaratishda anglaydi. Aflotun va Spinoza, Betxoven va 
Napoleon, Tolstoy va Mikelandjelo – bunday, odatiy holatlarni sindiradigan 
ijtimoiy ahamiyatga molik ishlar mujassam bo‘lgan shaxslarni boshqalar bilan 
adashtirib yuborish mumkin emas. SHaxslar ko‘lamiE.A.Ilenkovning odilona 
fikriga ko‘ra, faqat ularnigina emas, boshqalarni ham qiziqtiradigan o‘zlarining 
faoliyatlari ko‘lami bilan o‘lchanadi.
Yana bir mashhur faylasuf M.K. Mamardashvilining tasdiqlashicha: «SHaxs 
– bu turmush tarzi, uning shakli, hayotning alohida holati, evolyusiyasining noyob 
topilmasi. SHaxs – bu «tabiatning yirik mushohadasi». Shunday ta’rif bergan 
bo‘lardim. Uning ifodalanishlarga moyilligi barcha narsalarni bilishga yoki boshqa 


62 
yuksak belgilarga bog‘liq emas. Tushunsangiz-chi, axir insonning eng muhim 
ehtirosi – bu ro‘yobga chiqmoq, amalga oshmoq, sodir bo‘lmoq». 
Psixologlar individning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini shaxsning asosiy 
belgilarideb hisoblaydilar. B.G.Ananev «shaxs»ga «jamiyatning insonga uning 
ma’lum tarixiy rivojlanishi davrida ko‘rsatadigan ko‘plab iqtisodiy, siyosiy, 
huquqiy, axloqiy va boshqa ta’sirlari ob’ekti» sifatida ta’rif beradi. A.N.Leontev 
fikriga ko‘ra, «shaxs insonning ijtimoiy-tarixiy va ontogenezdagi taraqqiyotining 
nisbatan kechki mahsulotidir. Shaxs o‘zlashtirib olingan rollar tizimidir («rol» – bu 
biron bir ijtimoiy guruh tuzilishida ma’lum o‘rinni egallagan insonning kutilgan 
xulq-atvoriga javob beradigan dastur; bu insonning jamiyat hayotidagi 
ishtirokining muayyan tuzilishga ega bo‘lgan usulidir)». Shaxs taraqqiyoti 
individning ijtimoiylashuvi va tarbiya topishi sharoitlarida amalga oshiriladi. 
Umumiy psixologiyada ko‘pchilik hollarda shaxs sifatida qandaydir yadro, mag‘iz, 
individning turli ruhiy jarayonlarini birlashtiruvchi va uning faoliyatiga zaruriy 
ketma-ketlik va barqarorlik bag‘ishlovchi yig‘indi va nomodal boshlang‘ich modda 
tushuniladi. 
L.S.Vigotskiy ijtimoiy tajribasiz, uning ichki ishlanmasiz, so‘ngra uni yana 
qayta ishlangan shaklda ichkaridan ishlab chiqarmasdan turib, shaxsning taraqqiy 
etishi mumkin emasligi (interiorizatsiya va eksteriorizatsiya qonunlari) haqida 
yozgan edi. 
Bu xususda psixologlarga tarix fanining ba’zi bir namoyandalari ham 
qo‘shiladilar. G.S.Knabening ta’kidlashiga ko‘ra, «shaxs» insonning jamiyat 
hayotidagi ishtiroki va hayotda tutgan o‘rni nuqtai nazaridan insonga 
xosxususiyatdir». V.A.Shkuratov quyidagi definitsiyani keltiradi: «Shaxs jamiyat 
a’zosi va faoliyatdagi mavjudotning ifodalanishini ijtimoiy turlarga ajratish… 
SHaxsni uning ijtimoiy va madaniy doirasi, kelib chiqishi, kasbi, o‘z tipi va 
hokazolarning 
xususiyatlaridan 
yig‘ib olish mumkin». Hozirgi kunda 
psixologiyashaxsni insonning jamiyatdagi hayotida shakllanadigan ijtimoiy-
psixologik hosila sifatida tushuntiradi. Odam ijtimoiy mavjudot sifatida boshqa 


63 
odamlar bilan munosabatlarga kirishganida va bu munosabatlar uning shaxsini 
shakllantiruvchi hal qiluvchi omilga aylanganida, u yangi sifatlarga ega bo‘ladi.
Chet el psixologiyasida inson shaxsi sifatida barqaror belgilar majmuasini 
tashkil etuvchi temperament, sezgirlik, motivlar, layoqatlar, mayllar, turli hayotiy 
vaziyatlarga moslashayotganida aynan shu insonga xos bo‘lgan fikrlar oqimi va 
xulq-atvorini belgilab beradigan ma’naviyat tushuniladi. J. Godfruaning fikricha, 
shaxs umumiy holda ham irsiy, ham ijtimoiy-madaniy ta’sirlar bilan belgilanadi. 
«SHaxs» tushunchasi o‘z ichiga tabiiy xossalar (jins, temperament va h.) asosida 
ijtimoiy muhit (oila, maktab, «muhim o‘zgalar») va faoliyat (o‘yin, bilish, mehnat) 
bilan faol o‘zaro ta’sirlar jarayonida hosil bo‘lgan individga xos bo‘lgan ijtimoiy 
sifatlar yig‘indisini birlashtiradi.
Inson shaxsi, keng tarqalgan tasavvurlarga qarshi o‘laroq, 30yoshga 
etgunicha o‘zgarmasdan qolmaydi. Masalan, Kaliforniya Universitetining bir 
guruh olimlari 130 mingdan ortiq odamlarning «Katta Beshlik» (vijdonlilik, 
murosaga moyillik, nevrotizm va ekstravertlik) nomi bilan ma’lum shaxsiy 
sifatlarini tahlil qilganlar. Bu sifatlar kayfiyatga bog‘liq emas, shuning uchun 
etarlicha ishonchli tarzda namoyon bo‘ladi. Odamlar yosh o‘tishi bilan hayotiy 
ixtiloflarni tezda bartaraf etishga o‘rganadilar, xususan, shafqatliroq va 
mehribonroq bo‘lishga intiladilar.
Aniqlanishicha, ayollarda, erkaklardan farqli o‘laroq, yosh o‘tishi bilan 
nevroz holatlari kamayadi. Ikki jins vakillarida samimiylik bir oz kamayadi. 
Olimlarning fikriga ko‘ra, 20–30 yoshlilarda murakkab funksiyalarni bajarishda va 
tashkilotlar tuzishda ko‘mak beradigan vijdonlilikning kuchayishi kuzatiladi. 
Murosaga kelishga moyillik, aksincha, ko‘pchilik holatlarda 30 yoshdan so‘ng 
yorqin namoyon bo‘ladi.
Shunday qilib, faylasuflar, tarixchilar, pedagoglar va psixologlarda «shaxs» 
tushunchasining turlicha talqinlari mavjud. Bizesa R.S.Nemov tomonidan berilgan 
shaxsning, nazarimizda, yanada aniq va to‘liq psixologik ta’rifidan foydalanamiz.
Shaxs asosini uning tuzilishi tashkil etadi, bu esa shaxsning yaxlit hosila 
sifatida har taraflama nisbiy barqaror aloqa va o‘zaro ta’sirga ega bo‘lishidan 


64 
iborat. Psixologlar shaxs tuzilishida turli tarkibiy qismlarni ajratadilar. 
S.L.Rubinshteyn temperament, xarakter, layoqatlarda; bilimlar, malakalar va 
ko‘nikmalarda; yo‘nalganlikda namoyon bo‘ladigan individual-tipologik 
xususiyatlarni ko‘rsatib o‘tadi. A.G.Kovalev yo‘nalganlik, xarakter, imkoniyatlar 
va mashqlar tizimini ajratadi. M.I.Enikeev temperament, yo‘nalganlik, layoqatlar 
va xarakterni sanab o‘tadi. Mashhur psixolog K.K.Platonov yo‘nalganlik tarkibini, 
ijtimoiy tajriba tarkibini, psixologik tarkibni va biologik asoslangan tarkibni ajratib 
ko‘rsatadi.

Download 2,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish