O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/227
Sana03.02.2022
Hajmi2,88 Mb.
#426907
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   227
Bog'liq
Rasulov

Internet resurslari 
 
12.
 
http://textshare.tsx.org 
13.
 
http://www.mgimo.ru/fileserver/ 
14.
 
http://www.ssu.runnet.ru/... 
15.
 
http://www.philol.msu.ru/~rlc2001/ru/sch_14.htm 
16.
 
http://www.voppsy.ru 
17.
http://flogiston.ru/arch 
18.
 
http://psychol.ras.ru 
19.
http://psyberia.ru 
 
 
Nazorat savollari 
1.
“Evolyusiya” tushunchasi tabiiy tanlanish nazariyasini kelib chiqish 
shartlari. 
2.
Evolyusion nazariyaning asosiy shartlari. 
3.
Tabiiy tanlanish natijalarini tahlil qilish


48 
4.
Evolyusion nazariyaning mazmuni
5.
Jinsiy tanlanish nazariyalari sistemali yondashuv qilish 


49 
4-BOB. EVOLYUSIYA JARAYONIDA SHAXS RIVOJLANISHI 
Reja: 
1.
 
SHaxs nazariyalariningtarixi. 
2.
 
SHaxs nazariyalariga zamonaviy qarashlar.
3.
 
SHaxs filogenezi va ontogenezi. 
4.
 
Individ, sub’ekt, shaxs, individuallik tushunchasi. 
 
SHaxs nazariyalarining tarixi 
SHaxs tushunchasi rus tilida «yuz», «soxta qiyofa» so‘zlaridan kelib chiqadi. 
Qadimgi rus tilida «soxta qiyofa» so‘zi «rol», ya’ni, odam boshqalar bilan 
muloqotda bo‘lganida kiyib oladigan biror-bir ijtimoiy niqob ma’nosini 
anglatuvchi «rol»ni bildirar edi. Lotincha “persone” so‘zi ham shu ma’noni 
anglatadi. Per sonare – niqob ortidan so‘zlashish. Qadimgi yunon, keyinchalik esa 
qadimgi rim teatrlarida akter sahnaga u yoki bu – yovuz, laganbardor, payg‘ambar, 
qahramon xarakterlari chizilgan niqobda chiqqanlar. Niqobning bo‘yoqlari ijtimoiy 
funksiyani bajaruvchi, u yoki bu rolni ijro etayotgan insonning axloqiy belgilariga 
ishorat edi.
Qadimgi YUnonistonda «shaxs» tushunchasiga mos keluvchi atama ishlab 
chiqilmagan edi. O‘zining betakror taqdiriga ega bo‘lgan shaxs haqida Aflotun 
bilmas edi, bilishni ham xohlamasdi. Uning o‘rnini ruh egallagan edi. Arastuning 
«Jon haqida» asari hozirgi zamon psixologiyasiga yo‘l ochib berdi.
Qadimgi Rim oldinga qadam tashladi. Rim huquq ilmida yunoncha boshning 
yuz qismini, tashqi ko‘rinish, bundan tashqari, tragediyada ishtirok etuvchi 
ijrochini belgilovchi prosopon o‘rniga, lotincha persona so‘zi qo‘llanildi, bu so‘z 
avvaliga, yunoncha so‘zga o‘xshab, tragediyadagi akterning roli va niqobini 
anglatar edi. Lekin keyinchalik alohida individning nomi sifatida saqlanib qoldi. 
Rim fuqarosi huquqiy va diniy zot, avlodlar ismi-sharifi va mulk egasi sifatida 
ta’riflanadi.
SHarqda umuman boshqacha holat edi. Induizm va buddizmda shaxs inkor 
etilib, faqatgina «o‘zlik» e’tirozsiz tan olinadi.


50 
K. YUngning
24
psixoanaliz nazariyasiga asosan «shaxs» tushunchasi 
odamning jamiyatdagi ijtimoiy roli bilan bog‘liq. Hayoti jarayonida u ijtimoiy 
talablarga mos ravishda o‘zini tutishni o‘rganadi. Har bir kasb uchun, masalan, 
jamiyat a’zosi taqib yuradigan ma’lum niqob xosdir. SHaxs xarakterni tashkil 
etuvchi bo‘lib hisoblanmaydi, lekin u bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ichki «Men»ning 
himoyasi sifatida faoliyat yuritadi.
Ko‘pgina tillarda mavjud bo‘lgan «o‘zlikni yo‘qotish» iborasi o‘zining 
egallab turgan o‘rnini va darajasini yo‘qotishni bildiradi.
SHarq tillarida (xitoy, yapon) shaxs tushunchasi odamning yuzi bilan emas, 
balki butun tanasi bilan bog‘lanadi. Evropa an’analarida yuz tana bilan birgalikda 
o‘rganiladi, chunki inson chehrasi ruhining timsolidir, xitoyliklar tafakkurida esa 
«yashovchanlik» tushunchasiga individning ham ma’naviy, ham vujudiy sifatlari 
kiradi.
SHu asosda, avval boshidan «shaxs» tushunchasiga ma’lum hayotiy rollarni 
ijro etganda o‘ziga xoslikka ega bo‘ladigan tashqi, yuzaki ijtimoiy obraz – 
qandaydir «shaxs», atrofdagilarga qaratilgan ijtimoiy yuz ifodasi kiritilgan edi.
19 asrning dastlabki o‘n yilliklarida shaxspsixologiyasi muammolari bilan 
faylasuflar bilan bir qatorda shifokor-psixiatrlar ham shug‘ullana boshladi. Ular 
birinchilar qatorida klinika sharoitlarida bemor shaxsi ustidan muntazam ravishda 
kuzatuvlar olib bordilar, uning xulq-atvorini yaxshiroq tushunish maqsadida bemor 
hayoti tarixini o‘rgandilar. Psixiatrlarning diqqat markazida bemor odamda odatda 
aniqlanadigan shaxs xususiyatlari bo‘ldi. Keyinchalik ular tomonidan aniqlangan 
o‘ziga xos xususiyatlar sog‘lom odamlarning deyarli barchasida mavjudligi, lekin 
ularda kuchsiz holatda, bemorlarda esa o‘ta kuchli tarzda ifodalanishi aniqlandi. 
Bu, masalan, xavotirlik va rigidlik, tormozlanganlik va qo‘zg‘alganlik holatlariga 
tegishlidir.
SHaxsni aniqlovchi xislatlar shifokor-psixiatrlar tomonidan shunday 
atamalar bilan belgilangan ediki, ular yordamida ham normal, ham patologik, ham 
24
Buss, David M. Evolutionary psychology: the new science of the mind / David M. Buss. - 3rd 
ed р410 


51 
aksentuatsiyalangan shaxsga ta’rif berish mumkin edi. SHunga qaramasdan, ushbu 
yondashuvpsixologiya nuqtai nazaridan mukammal deb hisoblanmaydi. Bunday 
yondashuvlar normal shaxsni yaxlit holda ta’riflash uchun juda qisqa va etarli 
emas. Bunday aniqlash turiga turli sharoitlarda aniq ifodalanuvchi, doimo ijobiy, 
«mutanosib» bo‘lgan shaxs xususiyatlari kiritilmagan edi. Bularga misol qilib, 
layoqatlar, axloqiy sifatlar va boshqa shaxs xususiyatlarini keltirish mumkin.
XX asrning dastlabki o‘n yilliklariga kelibgina, shaxs, ungacha inson 
holatlari va bilish jarayonlarini tadqiq etish bilan shug‘ullanayotgan psixologlar 
tomonidan o‘rganila boshladi. XX asrda psixologiyada tajriba tadqiqotlari jadal 
olib borilgani uchun, ularga farazlarni aniq tekshirish va asoslangan faktlarga ega 
bo‘lish maqsadida ma’lumotlarni matematik-statistika usulida hisoblash 
qo‘llanildi. SHu asosda, psixologlar uchun uzoq yillar davomida mutanosib 
shaxsni tadqiq etishning ishonchli va valid test metodlarini ishlab chiqish birinchi 
navbatdagi funksiya bo‘lib qoldi. SHaxsga tegishli bo‘lgan nazariyalar va 
konsepsiyalarni tasniflashga nisbatan yondashuvlarning turli xillari mavjud. 
Masalan, R.S.Nemov shaxsga doir nazariyalarning 48 tasini keltiradi, ularning har 
biri tasniflashga asos bo‘ladigan besh ko‘rsatkich bo‘yicha baholanishi mumkin. 
Bularga xulq-atvorni tushuntirib berish usuli; shaxs haqida ma’lumotlarga ega 
bo‘lish usuli; shaxsga burchak ostidan qarash; yosh darajalari; shaxsni tasvirlab 
beruvchi tushunchalar kabi ko‘rsatkichlar kiradi.
Mavjud bo‘lgan shaxs nazariyalarining barchasini xulq-atvorni tushuntirib 
berish usuli bo‘yicha 

Download 2,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish