O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/227
Sana03.02.2022
Hajmi2,88 Mb.
#426907
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   227
Bog'liq
Rasulov

Hayotning hujayraviy shakllari. 
Tirik mavjudotlarning asosiy massasini 
hujayralar tashkil etadi. Hujayra hayotning hamma asosiy xususiyatlarini o‘zida 
namoyon qiluvchi eng kichik sodda tuzilmadir. 
Hujayralar o‘z tuzilishiga ko‘ra 2 guruhga bo‘linadi: 
Prokariot hujayralar. 
Prokariot (yunoncha pro – oldin, karion – yadro 
so‘zlaridan olingan) hujayralar eng oddiy tuzilgan bo‘lib, qadimiy organizmlardir. 
Erda hayot rivojlanishining eng dastlabki bosqichlarida paydo bo‘lib, hozirgi 
davrgacha saqlanib qolgan. Prokariotlarga bakteriyalar va ko‘k-yashil suv o‘tlari, 
(sianobakteriyalar) kiradi. Bakteriyalar 0.5 mkm dan 10 mkm gacha bo‘lib, tashqi 
tomondan qalin qobiq bilan o‘ralgan, ba’zilardida esa shilimshiq kapsula bo‘lishi 
mumkin. Qobiq tagida membrana joylashadi. 
Prokariotlarda xaqiqiy yadro o‘rniga membrana bilan ajratilmagan genofor 
yoki nukleoid bo‘lib, u bitta xalqasimon xromosomadan iborat. Xromosoma 
tarkibida ikki spiralli DNK molekulasi, juda oz miqdorda oqsil va RNK 
joylashgandir. Eukariotlardan farqli o‘laroq prokariotlar xromosomasida gistonli 
oqsillar bo‘lmaydi. Xromosoma hujayra membaranasiga birikkan bo‘ladi. 
Bakteriyalar bo‘linganda DNK yoki RNK ham ikki marta ko‘payadi. 
Prokariotlarda organoidlar rivojlanmagandir. Ularda ichki membranalar 
yo‘q, uning o‘rniga hujayra membranasining burmalari mavjud. Bu burmalar 
bakteriyalarda plastidalar va mitoxondriyalar funksiyasini bajarishi mumkin. 
Prokariotlarda 5000 dan 50000 gacha ribosomalar bo‘lib, ular eukariotlarnikidan 
farq qiladi. Prokariotlarda mitoz kuzatilmaydi. Ular ikkiga bo‘linishi yo‘li bilan 
ko‘payadi. Bakteriyalarda jinsiy jarayon- kon’yugatsiya kuzatiladi. Bunda ikki 
19
Myers D.G. Psychology. Ninth Edition. – Worth Publishers, 2010. – 910 p 146 


41 
hujayra o‘zaro irsiy axborot almashinadi. Natijada bakteriyalarning irsiy 
o‘zgaruvchanligi ortadi. 
Bakteriyalar juda katta ahamiyatga egadir. Hozirgi vaqtda ulardan 
biotexnologiyada, genetik injeneriyada keng foydalanilmoqda. Bakteriyalardan 
spirt, sirka kislota, har xil antibiotiklar, fermentlar, biologik aktiv moddalar, 
oziqbop oqsillar, dori-darmonlar, gormonlar olishda keng foydalanilmoqda. 
Inson qadim zamonlardan beri sariyog‘, pishloq, qatiq, sut va non 
mahsulotlarini tayyorlashda bakteriyalardan foydalanib kelmoqda. 
Proktariotlar tabiatda moddalarning davriy almashinishida katta ahamiyatga 
ega. Ko‘k-yashil suv o‘tlari (sianobakteriyalar) organik moddalarni sintezlashda, 
bakteriyalar esa minerallashtirishda muhim rol o‘ynaydi. 
Bakteriyalar har xil kasalliklarning ko‘zg‘atuvchilari sifatida odam, hayvon 
va o‘simliklarga katta zarar etkazadi. Masalan, dizenteriya, qorin tifi, vabo, o‘lat va 
yiringli kasalliklarning ko‘zg‘atuvchilari har xil bakteriyalar hisoblanadi.

Download 2,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish