O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Tug‘ma va individual xatti-harakat. U.Djeymsning instinktlar nazariyasi



Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/227
Sana03.02.2022
Hajmi2,88 Mb.
#426907
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   227
Bog'liq
Rasulov

 
Tug‘ma va individual xatti-harakat. U.Djeymsning instinktlar nazariyasi 
Ko‘pgina olimlarning fikriga ko‘ra instinktlar bu ongdagi maqsadlarning 
yo‘qligida hayvonlarning maqsadli xatti-harakatidir. Demak, instinkt bu nasldan 
naslga hech qanday o‘zgarishsiz o‘tadigan tug‘ma xatti-harakat formasidir. Bu 
xatti-harakat shakli umurtqasizlarning hayotida etakchi ahamiyat kasb etadi, 
Masalan, qusursqalarda bu xatti-harakat formasi asosiydir, quyi darajada 
rivojlangan umurtqalilarda ham instinktlar etakchi o‘rin egallaydi faqat asta-
sekinlik bilan individual o‘zgaruvchan xatti-harakatlarga o‘rnini bo‘shata 
boshlaydi. Agar yomg‘ir chuvalchangini bosh gangliyasini olib tashlaganda u 
harakat qilishi ma’lum. YOmg‘ir chuvalchangi o‘yini qishda issiq tutishi uchun va 
oziqlanishi uchun uyiga daraxt bargini olib kirar ekan. Tadqiqotchilar shuni 
kuzatishdiki yomg‘ir chuvalchangi bargni oxiridan tortib uyiga olib kirar ekan. Bu 
xatti-harakatni ko‘rganlar u aqlli xatti-harakat qilayapti degan fikrga borishlari 
mumkin. SHuning uchun ham olimlar uni ustidan tadqiqot o‘tkazib 
chuvalchanglarni harakatini kuzatganlar. Ular chuvalchangda shaklni idrok qilish 
formasi bormi yoki yo‘qligini kuzatganlar. Ular fargni shakliga o‘xshash shaklni 
bargdan kesib olganlar, bargni asosi hisoblangan barg shakli hozirda oxiri 
hisoblana boshlagan, shunda chuvalchang oxiri hisoblangan tomonidan uyiga torta 
boshlagan, Demak, chuvalchang boshqa omillar orqali xatti-harakatini boshqarishi 
ma’lum bo‘lgan. Demak, chuvalchanglar ma’lum bir tug‘ma xatti-harakatni 
amalga oshirishini kuzatishimiz mumkin. Bu xatti-harakat formalarining 
murakkabligi nimadan iboratligini kuzatganimizda, shunday xulosaga kelishimiz 


30 
mumkinki evolyusiya jarayonida qandaydir noma’lum yo‘llar bilan hayvonlarning 
yashashi uchun shart-sharoit yaratiladi, bunda ularning tana shakllari, yashash 
sharoitlari hisobga olinadi. Kapalak yoki pashshaning qanoti uchish uchun eng 
maqbul asbob hisoblanadi. asalarining 
tumshug‘i esa asal yig‘ish uchun eng 
maqbulidir. Har bir qumursqalarning xatti-harakati yashash uchun eng maqbul 
holatdardan biri hisoblanadi. Darvinning fikriga ko‘ra bu evolyusiyaning 
natijasida, tabiiy tanlanish vaqtida vujudga kelgan hisoblanadi. Ularning nasl 
qoldirishga bo‘lgan xatti-harakatida ham instinkt formalarini kuzatishimiz 
mumkin, Masalan, chivinlar o‘z tuxumlarini suvga qo‘yadilar, agar ular quruq 
joyga tuxumlarini qo‘ysalar tuxumlar nobud bo‘lishlari mumkindir. Ipak qurti o‘z 
ipagini katta qilib o‘raydi, chunki bunda uning kapalagi o‘sha joyda harakatlana 
olishi kerakdir. Oddiy ari tuxumini chuvalchangga qo‘yadi bunda u chuvalchangni 
etakchi gangliyasini zararlab, tuximini qo‘yada bu holatda chuvalchang halok 
bo‘lmaydi, balki arining bolasiga em bo‘ladi. Bunday murakkab xatti-harakatlar 
o‘zining maqsadliligi jihatidan hayron qoldiradi. Asalarining in qurishi ham juda 
murakkab hisoblanadi, u xuddi arxitektor kabi hamma qismlarni hisobga olgan 
holda in qurgandek ko‘rinadi. Masalan, baliqlar, qushlar ma’lum bir xududda 
yashab ikkinchi xududga qishlash uchun keladilar. Bu holatda murakkab xatti-
harakat formalari programmalashtirilgan hisoblanadi. Instinktni to‘rt asosiy 
xususiyatini ajratishimiz mumkin, bular quyidagilardir: nasliylik, o‘qitishdan 
mustaqillik, birxillik, bir tomonlamalikdir.
12
Masalan, asalarilar 140 ga yaqin xidlarni ajratish xususiyatiga egadirlar. 
Asallarilar to‘lqinlarni ham tez va oson ajrata oladilar. Inson tebranishlar 
chastotasini sekundiga 20 dan 20mingga yaqinini ajratadi, qumursqalar esa faqat 
ultrazvuk tebranishlariga javob beradi. qumursqalarda yana ko‘rishi yaxshi 
rivojlangan. Ularning ko‘zlari umurtqalilardan farqli ravishda bir necha ming 
aloxida bo‘limchalardan iboratdir. Demak, qumursqalarda yuqori darajada 
rivojlangan umurtqalilar kabi hamma sezgi organlari mavjuddir. Ularda qo‘zg‘alish 
12
Evolutionary Psychology David M. Buss, third edition , The University of Texas at Austin, 2008. (p)27 


31 
aynan shu organlarda paydo bo‘ladi va so‘ngra oldingi gangliyaga etkaziladi. 
Oldingi gangliyada uchta turli xil qismlar mavjuddir: oldingi qism ko‘rish 
retseptorining tolalari boradi, o‘rta qism xid bilish retseptorlari boradi va orqa qism 
og‘iz qismining retseptorlari boradi. SHu tariqa asalarilarda oldingi gangliyasi 
tasniflangan hisoblanadi, ularni esa umurtqalilar miyasi bilan ham solishtirish 
mumkindir. Asalarilarning gangliyasi chuvalchanglarnikiga o‘xshamagan tarzda 
tuzilgan, ularning gangliyalari tartiblangan tarzda tuzilgandir. Bu xatti-harakatlar 
yorug‘lik signallariga javob berishga mo‘ljallangandir. Asalarining oldingi 
gangliyasi kelgan ma’lumotlarni tahlil qilish qobiliyatiga egadir, bular murakkab 
xatti-harakatlarni amalga oshirishga yordam beradi. Har bir xatti-harakatlar 
instinktiv darajada tuzilganligi sababli ulardagi ma’lum o‘zgarishlarga hayvonlar 
javob berishmasligi mumkin. Instinktiv xatti–harakatning besh xil turi mavjud. 
1)oziqlanish, 2)nasl qoldirish, 3) naslga g‘amxo‘rlik, 4)ximoyalanish, 5)in qurish 
va gala bo‘lib yashash. Har bir xatti-harakatlar shu instinktlar asosida amalga 
oshiriladi. Ular murakkab holatlarga duch kelsalar instinktlar chegarasidan chiqib 
keta olmaydilar. Masalan, o‘rgimchak to‘riga pashsha tushganini vibratsiya orqali 
sezadi va ozuqaga intiladi. Agar iniga boshqa narsa tushsa ham unga intiladi, 
chivin suvga tuxum qo‘yadi, lekin oynani ko‘rsa ham tuxum qo‘yishi mumkindir. 

Download 2,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish