O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/227
Sana03.02.2022
Hajmi2,88 Mb.
#426907
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   227
Bog'liq
Rasulov

 
 
 
 
 
 
 


198 
IKKINCHI BO‘LIM. SHAXS PSIXOLOGIYASI
 
1-BOB. SHAXS PSIXOLOGIYASINING METODOLOGIK PRINSIPLARI 
Reja: 
1.
SHaxs psixologiyasining predmeti 
2.
SHaxsni izohlashdagi o‘ziga xosliklar. 
3.
SHaxs metodologiyasining nazariy yondashuvlari va uni o‘rganish 
metodlari. 
 
SHaxs psixologiyasining predmeti 
SHaxs psixologiyasining predmetini tahlil qilishda qator masalalarni hal 
qilish zarur. Zamonaviy psixologiyada shaxsni o‘rganishning eng muhim 
xususiyatlarini ajratib ko‘rsatilgan: 
˗ 
shaxs 
fenomenologiyasining 
boyligi 
inson 
individual 
xususiyatlarining xilma xilligini ifodalanishi(ustanovok, qirralari, ehtiyoelar, 
emotsiyalar, qadriyatlar va boshq.) va bilish sohasini o‘rganish bilan bog‘liq;
˗ 
shaxs fanlararo o‘rganiladigan muammo bo‘lib, ushbu tushunchani
keng bilimlar sohasi tavsiflaydi. Uning alohida xususiyatlarini faqat psixologiya 
emas, balki falsafa, tarix, sotsiologiya va boshqa fanlar o‘rganadi;
˗ 
tadqiqot yo‘nalishida shaxs bir xil nizomga ega emas, u ham tadqiqot 
ob’ekti, ham tadqiqot sub’ekti bo‘lishi mumkin.
˗ 
shaxs psixologiyasi predmeti ijtimoiy aloqalar va munosabatlarda 
namoyon bo‘lishi va shakllanishini shartlovchi, xatti-harakat va harakatlarini 
belgilab beruvchi, ichki holatlari va psixik jarayonlarini tartibga soluvchi va 
shartlovchisidir. 
Psixologiya fanida inson zotiga xoslik masalasi individ (lotincha individ 
ajralmas, alohida zot degan ma’no anglatadi), shaxs, individuallik (yakkahollik) 
tushunchalari orqali aks ettiriladi. Katta yoshdagi ruhiy sog‘lom (esi-hushi joyida) 
odamlar ham, chaqaloq ham, nutqi yo‘q, oddiy malakalarni o‘zlashtira olmaydigan 
aqli zaiflar ham individlar deb ataladi. Biroq bulardan birinchisinigina shaxs deb 


199 
atash an’ana tusiga kirib qolgan, chunki o‘sha zotgina ijtimoiy mavjudod, ijtimoiy 
munosabatlar mahsuli, ijtimoiy taraqqiyotning faol qatnashchisi bo‘la oladi. 
Individ sifatida yorug‘ dunyoga kelgan odam ijtimoiy muhit ta’sirida keyinchalik 
shaxsga aylanadi, shuning uchun bu jarayon ijtimoiy-tarixiy xususiyatga egadir. Ilk 
bolalik chog‘idanoq individ muayyan ijtimoiy munosabatlar tizimi doirasiga 
tortiladi, bunday shaxslararo munosabatlar tarzi tarixiy shakllangan bo‘lib, u 
yoshligidanoq shu tayyor (ajdodlar yaratgan) ijtimoiy munosabat, muomala, 
muloqot tizimi bilan tanisha boradi. Ijtimoiy qurshov (oila a’zolari, mahalla ahli, 
jamoatchilik, ishlab chiqarish jamoasi), ijtimoiy guruh ichida (kishilarning 
og‘ushida, ularning qalb to‘risida) odamning bundan keyingi rivojlanishi uni shaxs 
sifatida shakllantiruvchi, uning ongi va irodasining xususiyatlariga mutlaqo bog‘liq 
bo‘lmagan har xil xususiyatli munosabatlar majmuasini vujudga keltiradi. 
Bir xil turmush sharoitlari shaxs faolligining turli shakllarini yaratish hamda 
har xil hayotiy vaziyatni vujudga keltirish imkoniyatiga ega. Hayotda biron bir 
tanbeh berishning o‘zi kimgadir ruhiy hisni uyg‘otsa, boshqa birining sirtiga ham 
yuqmasligi uchraydi. SHunday qilib, odamga ta’sir qiluvchi barcha tashqi 
qo‘zg‘atuvchilar ijtimoiy shart-sharoitlarga, faoliyatning ichki tarbiyaviy qismlari 
(tomonlari, jihatlari, jabhalari, tarkiblari) tuzilishi yig‘indisi bilan boyitilishi 
evaziga shaxs degan tushuncha hosil bo‘ladi. 
SHaxsning eng muhim xususiyatli jihatlaridan biri - bu uning 
individualligidir, ya’ni yakkaholligidir. Individuallik deganda, insonning shaxsiy 
psixologik xususiyatlarining betakror birikmasi tushuniladi. Individuallik tarkibiga 
xarakter, temperament, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, hukmron xususiyatlar 
yig‘indisi, iroda, faoliyatlar motivlari, inson maslagi, dunyoqarashi, iqtidori, har xil 
shakldagi reaksiyalar, qobiliyatlari va shu kabilar kiradi. Psixik xususiyatlarning 
birikmasini aynan o‘xshash tarzda aks ettiruvchi inson mavjud emas. Masalan, 
yaqin odamdan ayrilganligi qayg‘u-alam, uning bilan birga esa hayotda tiklab 
bo‘lmovchi va boshqalarda takrorlanuvchi fazilatlar murakkab voqelikning 
mangulikka yo‘nalishi bilan izohlash mumkin. SHaxs o‘zining qadr-qimmati va 
nuqsonlari bilan ijtimoiy turmushda faol ishtirok qilishi, ta’lim va tarbiya 


200 
yordamida yuzaga kelgan o‘zining kuchli va kuchsiz jihatlari bilan yaqqol, 
betakror oliy zotdir. 
SHaxsning tarkib topishi bir qator omillarga bog‘liq degan nazariyaning 
namoyandalari bo‘lmish hozirgi zamon uzoq chet el (AQSH, Angliya, Fransiya, 
Germaniya, SHvetsariya va boshqalar) psixologlari oqibat natijasida shaxsning 
tuzilishini o‘sha ikkita asosiy omillarga, ya’ni biologik va ijtimoiy (sotsial) 
voqeliklarning 
ta’siriga 
bog‘liq 
bo‘lgan 
tuzilishining 
mavjudligidan 
manfaatdordirlar. 
Har bir shaxsning hayotda erishgan yutuqlari, baxtini xarakterlovchi ma’lum 
mezonlar borki, uni o‘rganishda alohida fan yo‘nalishiga zarurat tug‘iladi. Bu esa 
insonning ijtimoiy faolligini ta’minlovchi shaxs tushunchasi bilan xarakterlanadi. 
SHaxs faol faoliyat sub’ekti bo‘lib, u hayotining barcha bosqichlarida shakllanib, 
rivojlanib boradi. 
SHaxsning qanday tarkib topishi uning yaxshi oila a’zosi yoki ota-ona 
bo‘lishi, uning salomatligi ham hayotda egallaydigan karerasiga ham o‘z ta’sirini 
o‘tkazadi.
SHaxs hayotda o‘zining imkoniyati va tanlovlarini cheklashi yoki 
kengaytirishi mumkin. U shaxsning boshqa insonlar bilan ma’lum tajribalar 
almashuviga xalaqit berishi yoki boshqalar uchun ko‘proq xizmat qilishiga olib 
keladi. 
Hayotda shunday toifa insonlar uchraydiki, ular boshqalarni o‘ziga jalb eta 
oladigan yoqimli va xushmuomala bo‘ladilar. Bunday insonlar bilan do‘stlashishi, 
ular bilan do‘st, qo‘shni yoki hamkab bo‘lish xohishi paydo bo‘ladi.
Agar siz boshqaruvchi bo‘lsangiz, u holda uni xodim sifatda tanlagan 
bo‘lardingiz. Agar siz biror bir hayotiy qarorni qabul qilishga harakat qilsangiz
munosabat o‘rnatayotgan kishingizni idrok etishingizga ko‘ra muomala o‘rnatasiz.
Siz biladigan shunday mashhur insonlar borki, ular bilan munosabat o‘rnatish 
ba’zan og‘ir kechadi. Bunday qiyofali insonlar dushmonona, tajovvuzkor, 
nodo‘stona, yoqimsiz yoki qiyin munosabat o‘rnatuvchilardir. Siz ular bilan 
muomala qilishda, xodim sifatida tanlashda o‘zingizni chetga olasiz.


201 
Bunday sharoitda siz shaxs haqida qanday xulosaga kelganingiz singari, 
boshqalar ham sizga xuddi shunday xulosalarga kelishlari shubhasiz. Bunday 
o‘zaro o‘rinalmashuvchi mulohazalarga doimiy ravishda yangi insonlar bilan 
tanishish zarurat tug‘ilgan sotsial vaziyatlarda duch kelinadi. Bu esa shaxsning 
o‘ziga bo‘lgan xos xislatlarini aniqlashga olib keladi, masalan, tanishingiz 
kirishimli yoki tortinchoq. Bu faktorlarni tahlil eta olish shaxs haqidagi umumiy 
tasavvurlarga ega bo‘lishga etarlicha imkon beradi. 

Download 2,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish