O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Hayvonlar va insonlarpsixikasining o‘xshashligi va farqlari



Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/227
Sana03.02.2022
Hajmi2,88 Mb.
#426907
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   227
Bog'liq
Rasulov

Hayvonlar va insonlarpsixikasining o‘xshashligi va farqlari 
YUqori darajada rivojlangan hayvonlarda bosh miya po‘stloqlari rivojlanadi, 
ular turli xil retseptorlardan kelayotgan signallarga javob berish xususiyatlariga 
egadirlar, yuqori darajada rivojlangan sut emizuvchilar xatti-harakatning murakkab 
shakllarini bajara oladilar. Bu insonlar va hayvonlar o‘rtasidagi farqlar yo‘qoladi 
degan holatlarni berishi mumkin, hayvonlardagi intellektual xatti-harakatlar ularda 
aql bor, degan taxminlarga olib kelishi mumkin. Bu tushunchalar xato hisoblanib, 
inson va hayvonlar o‘rtasida bir qator tafovutlar mavjud. 
1.
Hayvonlarning 
xatti-harakatlarida 
instinktiv 
biologik 
xulq-atvor 
etakchilik qiladi, ularda biologik motivlar mavjud. Ular biologik ehtiyojlarni 
qondirishga qaratilgan xatti-harakat hisoblanadi. Hayvonlar biologik ehtiyojlardan 
tashqariga chiqa olmaydilar. Ulardagi har qanday faoliyat albatta instinktlar 
asosida amalga oshiriladi. Insonlarxatti-harakatlarining 10tadan 9tasi maqsadga 
qaratilmagan faoliyatga yo‘naltiriladi. Demak, birinchi farq – hayvonlarning xatti-
harakatlari instinktiv xatti-harakatlar chegarasidan chiqmaydi. 
2.
Insonlar ham, hayvonlar ham mehnat qiladilar. Biroq hayvonlar 
foydalangan mehnat qurollarini saqlab qo‘ymaydilar. Insonlar esa mehnat 
qurollarini saqlab qo‘yib, ularni takomillashtiradilar. Hayvonlarda abstrakt 
ko‘rgazmali vaziyatlar mavjud emas, tashqi vaziyatlardan kelib chiqqan holda 
mehnat qurollaridan foydalanishlari mumkin, biroq mehnat qurollarini tashlab 
ketaveradilar. Hayvonlar bir mehnat qurolidan ikkinchisini yasay olmaydilar. Uch 
yoshli bolaga boshqa mehnat qurollaridan qanday foydalanishni ko‘rsatsalar, bola 
darhol bu harakatni qaytarishi mumkin, hayvonlarda esa bu holat kuzatilmaydi. 
Hayvonlar uchun buyumlar ma’lum bir vaziyatlardagina ahamiyat kasb etishi 
mumkin. 
3.
Hayvonlarning xatti-harakatlari aniq vaziyatlarga asoslangan bo‘ladi, 
ular insonlarga o‘xshab vaziyatlarni mavhumlashtirmaydilar. Bunga quyidagi 
misolni keltirish mumkin. Gollandiyalik psixologBoytendayk tomonidan quyidagi 
qonuniyat o‘rganilgan. Hayvonlarning oldiga bankalar qatori qo‘yilgan 
bo‘lib,ulardan bittasida ozuqa bo‘lgan. Hayvon ozuqani qaysi bankaga qo‘yilganini 


194 
ko‘rgan. U ozuqani olib istemol qilgan. Ikkinchi tajribada ozuqa ikkinchi bankaga 
qo‘yilgan. Hayvonlar oldin birinchi bankani, so‘ngra ikkinchisini ochib ko‘rishgan, 
ular butun tajriba davomida oldin birinchi bankani so‘ngra keyingi bankani ochib 
ozuqani ola boshlagan. Insonda esa keyingi bankaga qaratilgan faoliyat mavjud 
bo‘lgan. Ikki yarim yashar inson bolasi ham shu tajribani aniq bajara olgan. 
Demak, hayvonlarning xatti-harakatlari faqat idrok etilgan holatlarga yo‘naltirilgan 
bo‘lar ekan. 
4.
Agar hayvonlarning xatti-harakatlarida faqat ikkita omil mavjud bo‘lsa, 
insonlar xatti-harakatlariga yana bir holat qo‘shiladi, bu hayvonlarda mavjud emas, 
hayvonlar nasliy xatti-harakat va shaxsiy tajribalariga suyansalar, insonlarda yana 
boshqa omillar ham mavjud. Insonlar jamoaviy tajribalarga ham suyanishlari 
mumkin, ular boshqa insonning tajribalariga ham tayanadilar. Bu ijtimoiy tajriba 
hayvonlarda kuzatilmaydi. 
5.
Hayvonlar tashqi shart-sharoitlarga moslashadilar, insonlar esa tashqi 
sharoitlarni o‘zlariga moslashtiradilar. 
6.
Hayvonlarda faqat ma’lum bir shart-sharoitlardagina hamkorlikdagi 
faoliyat amalga oshiriladi, insonlardagi faoliyatlarning hammasi hamkorlikdagi 
faoliyat bilan bog‘langan.
Insonning psixik faoliyati hayvonlarning psixik faoliyatidan tubdan farq 
qiladi. Insonning xatti-harakati faqatgina biologik motiv va biologik ehtiyojlar 
asosida kechmaydi. Ularda ma’naviy ehtiyojlar ham mavjud. Hayvonlardan farqli 
ravishda inson o‘z oldiga maqsad qo‘ya oladi. Inson qanchalik och bo‘lmasin,xom 
mahsulotlarni iste’mol qilmaydi. 
O‘qish, mehnat faoliyatini inson ongli ravishda amalga oshiradi. Demak, 
inson bir faoliyatni bajarishdan oldin o‘ziga maqsad qo‘yadi va shu maqsad sari 
intiladi. Demak, 

Download 2,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish