A.H.Seversovning filembriogenez nazariyasi
A.H.Seversov ontogenez bilan filogenez orasidagi munosabatlar nihoyatda
murakkab ekanligini ta’kidladi. U Gekkel tomonidan ilgari surilgan palingenez va
senogenezlarni farq qilish juda qiyin ekanligini, chunki filogenezda ontogenezning
chetga chiqish hollari, embriologik moslashish hamma vaqt senogenez
bo‘lavermasligini, ontogenezda ro‘y beradigan ko‘pgina o‘zgarishlar filogenetik
ahamiyatga ega ekanligini eslatib, ularni filembriogenez deb nomladi.
Filembriogenez nazariyasini A.H.Seversov birinchi marta 1910 yili asoslab
berdi. Keyinchalik esa uni yanada rivojlantirdi. Bu nazariya organlarning
filogenetik yangilanishiga olib keladigan o‘zgarishlar qanday yo‘llar bilan va
qaysibosqichda amalga oshishini ko‘rsatadi. Mazkur masalani hal etish uchun
Seversov evolyusion paleontologiya, embriologiya va qiyosiy anatomiya fanlarida
to‘plangan ma’lumotlarga murojaat etdi. Uning ta’kidlashicha, ontogenez
(embriogenez)da filogenetik ahamiyatga ega bo‘lgan o‘zgarishlar uch usulda
amalga oshadi. Ular anaboliya, deviatsiya, arxallaksis usullaridir.
Anaboliya yunoncha
anabole
— qo‘shimcha demakdir. Anaboliyada
muayyan organning individual rivojlanishi xuddi ajdodlarinikiga o‘xshash amalga
oshadi, lekin rivojlanishning oxirgi bosqichida o‘zgarish, ya’ni ajdodida bo‘lmagan
yangi xususiyat paydo bo‘ladi, bu o‘zgarish ajdodning rivojlanishiga nisbatan
qo‘shimcha ravishda vujudga keladi va organning rivojlanish muddati cho‘ziladi.
Seversov
umurtqali
hayvonlarning
embrional
rivojlanishini
o‘rganib,
169
filembriogenezning anaboliya usuliga ko‘plab misollar keltirdi. Masalan, ot
ajdodlarida barmoqlarning o‘zgarishini hozirgi zamondagi otlarning embrional
rivojlanishi bilan taqqoslab, olti haftalik ot embrionining oyoqlarida uchtadan
barmoq rivojlanishini, uchinchi barmoq bir oz katta, yon barmoqlar esa kichik,
ularning har biri uchtadan falangga ega ekanligini, so‘ngra suyaklari qo‘shilib,
grifil suyaklarga aylanishini qayd qildi. To‘qimalar gistogenezida, chunonchi,
epiteliy to‘qimada ham shunga o‘xshash qonuniyat namoyon bo‘ladi. Odam
embriogeneziningma’lum bir bosqichida epiteliy bir qavat, keyinchalik ikki qavat
va nihoyat, uch qavat silindrsimon hujayralardan tashkil topadi. Uning ustki qavat
hujayralarining yadrosi yo‘qolib, shoxsimon modda singadi. Voyaga etgan
lansetnik va suyakli baliqlarda esa bir qavatli epiteliyga aylansa-da, ularga
shoxsimon modda singmaydi.
Anaboliyaga dengiz cho‘rtanbalig‘i — sargan
(Belone acus)
ning individual
rivojlanishi yaqqol misol bo‘ladi. Bu baliq jag‘ining tuzilishi bilan o‘ziga
yaqinbo‘lgan boshqa baliqlardan farq qiladi. Odatda, uning yuqorigi va pastki
jag‘lari uzunasiga cho‘zilgan bo‘lib, uzun tumshuq hosil qiladi. Bu baliqning
uzunligi 10mm keladigan embrionida ikkala jag‘ uzunlashmagan, faqat pastki jag‘
bir oz oldinga bo‘rtib chiqqan bo‘ladi. Sarganga qon-qarindosh baliqlarning
ko‘pchiligida, chunonchi, aterinkada bunday holat voyaga etgan baliqlarda
saqlanadi. Sarganda esa avval pastki jag‘ uzunlashib, 20 mm ga etadigan
chavag‘ida u yuqorigi jag‘dan bir necha marta uzun bo‘ladi. Sargan chavag‘ining
uzunligi 9 sm ga etgandan so‘ng, yuqorigi jag‘ ham uzaya boshlaydi. Bu
holat
Hemiramphus
avlodiga mansub baliqlarning voyaga etgan formalarida bir
umr saqlanib qolgan, Sargan balig‘ida esa yuqorigi jag‘ning uzayishi keyinchalik
ham davom etadi. Binobarin, aterinka balig‘iganisbatan sargan balig‘ining
individual rivojlanishida ikkita qo‘shimcha faza — gemiramfus va aterinka fazasi
bo‘ladi (50-rasm).
170
Do'stlaringiz bilan baham: |