O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/227
Sana03.02.2022
Hajmi2,88 Mb.
#426907
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   227
Bog'liq
Rasulov

biogenetik 
qonunni
kashf etdi. Bu qonunga ko‘ra, ontogenez filogenezning qisqa va tez 
takrorlanishi (rekapitulyasiyasi)dan iborat. Odatda, jinsiy yo‘l bilan ko‘payadigan 
barcha ko‘p hujayrali organizmlarning rivojlanishi urug‘langan yagona tuxum 
hujayradan bosh-lanadi. SHu dalilga asoslanib, Gekkel barcha yuksak organizmlar 
kelib chiqishi bilan bir hujayralilarga bog‘liq, degan edi. Urug‘langan tuxum 
hujayraning keyingi rivojlanishida uchraydigan morula, blastula va gastrula 
bossichlarini Gekkel bir hujayrali koloniyali organizmlarning rekapitulyasiyasidan 
iborat, deb ta’kidlagan. SHunga asoslanib, u ibtidoiy ko‘p hujayrali 
organizmlarning paydo bo‘lishi haqida 
gastreya gipotezasini 
yaratdi. 
Gekkel har qanday organizmning embrional rivojlanishida avlod-ajdodi 
belgi-xossalarining takrorlanishini 
rekapitulyasiya 
deb, ajdod belgilarining o‘zini 
esa 
palingenezlar 
— palingenetik belgilar deb atadi. Quruqda yashovchi 
umurtqalilarning embrional rivojlanishida uchraydigan jabra yoylarini, ikki 
kamerali yurakni palingenezlarga misol qilib keltirish mumkin.
71
Qadimgi belgilardan tashqari, organizmning embrional va lichinkalik 
davrida muhitga moslashtiruvchi belgilari borligini ko‘rsatib, Gekkel ularni 
senogenetik belgilar, 
ya’ni 
senogenezlar 
deb atadi. Amniotlarning murtak pardasi 
71
Evolutionary Psychology David M. Buss, third edition , The University of Texas at Austin, 
2008 р7 


166 
(amnion, allantois, xorion), sut emizuvchilarning yo‘ldoshi, qushlar tuxumining 
sariqligi senogenezlarga misoldir. Gekkel senogenezlarga organlarning rivojlanish 
muddati va o‘rnining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgarishlarni ham kiritdi. 
Odatda, ma’lum bir guruh hayvonlarda uchragan progressiv organlar rivoji doim 
oldin boshlanib, boshqa organlarga nisbatan uzoq muddat davom etadi. Masalan, 
umurtqalilarning yuksak vakillari (qushlar va sut emizuvchilar)da bosh miya va 
sezgi organlari tuban vakillari (amfibiya va boshqalar)dagiga nisbatan oldin 
rivojlanadi va uzoq muddat davom etadi. Aksincha, on-togenezda regressga 
uchragan 
organlarning 
individual 
rivojlanishi 
sekinlik 
bilan 
boradi. 
Umurtqalilarning yuksak vakillarida jinsiy bezlar tuban vakillarig‘a nisbatan 
keyinroq rivojlanishi yuqoridagi qonun bilan izohlanadi. 
Embrional rivojlanishda organlarga asos solinish vaqtining bunday 
o‘zgarishi 
geteroxroniya 
deyiladi. Ontogenezda organlarning tanada joylashishi 
ham o‘zgaradi. Masalan, yuksak umurtqali hayvonlarda dastlab bo‘yin vujudga 
kelishi hisobiga yurakning o‘rni baliqlarnikiga nisbatan ko‘krak qafasining 
ichkarisiga ancha surilgan. Bunday o‘zgarish 
geterotopiya 
deb ataladi. Gekkel va 
Myuller tomonidan ilgari surilgan biogenetik qonun keyinchalik turli hayvon 
guruhlarining filogenetik tarixini tiklashga oid tadqiqotlar avj olishiga sabab 
bo‘ldi. Bu paleontologiyaga ham tatbiq qilindi. Oqibatda L.Vertenberger qirilib 
ketgan boshoyoqlimollyuskalar — ammonitlarda, Gayett qazilma mollyuskalarda, 
Ryutimeyer qazilma holdagi otlarda rekapitulyasiya hodisasini aniqlashga 
muvaffaq bo‘ldilar.
72
Rekapitulyasiya botanika sohasida ham o‘z ifodasini topdi. Natijada yuksak 
o‘simliklarda tuban formalarga xos shoxlanish tipi, paporotniklar birinchi 
barglarining dixotomik tuzilishi kabilar kashf qilindi. 
Xullas, Darvin, keyinchalik Myuller, Gekkel tomonidan bayon etilgan 
biogenetik qonunga ko‘raontogenez bilan filogenez o‘rtasidagi munosabatlar 
to‘g‘ri ifodalab berildi. 
72
Evolutionary Psychology David M. Buss, third edition , The University of Texas at Austin, 
2008 8 


167 
Biogenetik qonun xilma-xil organizm guruhlari o‘z ontogenetik rivojlanishi 
bilan ozmi-ko‘pmi o‘xshash ekanligini ko‘rsatdi. Bu bilan organik olamning 
monofiletik kelib chiqishi haqidagi g‘oya yana bir martatasdiqlandi. Lekin Gekkel 
biogenetik qonunga uncha to‘liq ta’rif bermadi. CHunki u ontogenez bilan 
filogenez muammosini bir tomonlama yoritgan edi. Ubiogenetik qonunga ta’rif 
berishda «ontogenez filogenezning qisqa va tez takrorlanishidan iborat» degan 
iborani ishlatib, filogenez uchun asosan palingenetik belgi-xossalar ahamiyatlidir, 
degan. Gekkel evolyusiya jarayonida filogenezga katta o‘rin berib, unda 
ontogenezning rolini to‘liq ko‘rsatmadi. Uning mulohazasiga ko‘ra, ontogenezda 
paydo bo‘lgan har qanday yangilik filogenezni xiralashtirar ekan (masalan, 
geterotopiya va geteroxroniya). 
Darvin evolyusiya jarayoni individual rivojlanishning hamma bosqichlarini 
qamrab oladi, ontogenez ham evolyusiyani o‘z boshidan kechiradi va uning 
yangilanishi filogenetik tarixga kiradi, deb e’tirof qildi. U filogenezga nisbatan 
ontogenez har xil usullar bilan o‘zgaradi va ular evolyusion rivojlanishda muhim 
ahamiyatga ega bo‘ladi, deb ko‘rsatdi. Darvinning bu sohadagi mulohazalari 
Myuller tomonidan aniq-lashtirilgan bo‘lsa-da, u Gekkel uchun tushunarsiz bo‘lib 
qoldi. SHunga ko‘ra, qayd qilingan Darvin—Myuller fikrlari Gekkelning 
biogenetik qonunida o‘z ifodasini topmadi. Gekkelning biogenetik qonuniqabul 
qilingan taqdirda evolyusiya jarayonnning progressiv xarakteri, ya’ni ilgarigiga 
nisbatan murakkab tuzilishga ega va takomillashgan organizm turlari qanday yo‘l 
bilan paydo bo‘lishini tushuntirish qiyin bo‘lar edi. Bu holat Gekkel o‘z ta’limotida 
rekapitulyasiya hodisasiga ortiqcha baho berganligi oqibatidir.
73
Ko‘pgina olimlar tomonidan olib borilgan kuzatishlar hamda ontogenezda 
rivojlangan ajdod belgilarini o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, embrionda qadimgi 
ajdodlar voyaga etgan shakllarining emas, balki ular embrionining belgilari 
takrorlanar 
ekan. 
E.Menert 
umurtqali 
hayvonlarda 
ajdod 
belgilarining 
rekapitulyasiyasidagi o‘zgarishlarni o‘rganib, hech vaqt ontogonezda filogenez 
73
Evolutionary Psychology David M. Buss, third edition , The University of Texas at Austin, 
2008 р9 


168 
aniq va to‘liq takrorlanmasligini, chunki takrorlanish organizmlarga emas, balki 
ayrim organlarga xosligini ta’kidladi. CHunonchi, sut emizuvchilar embrionining 
ma’lum rivojlanish bosqichida jabra yoylari va arteriyalar rivojlanadi.Lekin bu 
vaqtda ular baliq tuzilishini to‘liq takrorlamaydi, chunki boshqa organlar o‘z 
rivojida baliqlarnikiga nisbatan ancha ilgarilab ketgan bo‘ladi. 
Gekkel filogenezning o‘zgarishi faqat ontogenezning oxirgi davridagi 
o‘zgarishlaridan iboratdir, deb ta’kidlaydi. Ko‘pgina tadqiqotlar Gekkelning bu 
fikri unchalik to‘g‘ri emasligini ko‘rsatdi. Bu sohada akademik A.H.Seversovning 
filembriogenez 
nazariyasi diqqatga sazovordir. 

Download 2,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish