Tropizmlar nazariyasi
asoschisi amerikalik biologJ.Leb(1859-1924)
bo‘lib,bu yo‘nalishning tarafdorlari fiziologik jarayonlarning tashqi holatlari
kimyoviy reaksiyalardan iborat deb hisoblaganlar. Ushbu nazariya ham
zoopsixologiyaning shakllanishiga katta hissa qo‘shgan. Biroq bu yo‘nalish
tarafdorlarining fikriga ko‘ra ular kimyoviy reaksiyalarni o‘rganish asosida psixik
jarayonlarni ham o‘rganish mumkin deb hisoblaganlar. Tropizmlar o‘simlik va
hayvonot olamining yorug‘likka, mexanik ta’sirlarga, kimyoviy ta’sirlarga,
haroratga nisbatan javob berish qobiliyati sifatida talqin etilgan. Masalan,
o‘simliklarning yorug‘likka intilish qobiliyati, Lebning fikriga ko‘ra, ijobiy
fototropizm deb ataladi. YOrug‘likdan qochish xususiyati esa salbiy fototropizm
sifatida talqin qilgan. Tropizm nazariyasi tarafdorlari o‘simlik dunyosi bilan
chegaralanib qolmasdan, balki hayvonot olamiga ham shu xususiyatlarni
qo‘llashgan.
68
Do'stlaringiz bilan baham: |