110
Masalan, Xermosilloda (Meksika) Ford zavodi 3/4 qismi Amerikada
ishlab chiqarilgan detallardan avtomobillar tayyorlaydi. Sifat jihatidan
ular AQSh, Kanada yoki Yaponiyada yig‘ilgan mashinalardan kam emas.
Amerikaning uchta avtogiganti - “Ford”, “Kraysler”, “Djeneral motorz”
yaqin yillarda shunday yo‘l bilan ishlab chiqarish va sotishni kengaytirishi
va 4-10 %ga o‘z foydalarini oshirishi taxmin qilinmoqda.
Kanada TMKlari NAFTA yordamida rivojlanishni boshlayotgan
texnologik tarmoqlarni (o‘lchov asboblari,
kompyuterlar, aloqa vositalari
va boshqa ishlab chiqarish) nou-xau sotish, ishlab chiqarish samadorligini
oshirish va bozorni kengaytirish orqali o‘z foydasini oshirishni nazarda
tutmoqdalar. Bunda
Kanada
kapitalining janubga ko‘chishining
kuchayishi natijasida ish joylari qisqaradi. Biroq, boshqa tomondan qit’a
ko‘lamidagi ulkan liberallashgan bozor makonining shakllanishi uchinchi
mamlakatlardan, asosan, YeI va Yaponiyadan bevosita va portfel
investitsiyalarining Kanadaga oqib kelishini rag‘batlantiradi.
YeIda kamroq rivojlangan mintaqa va mamlakatlarga (Gretsiya,
Irlandiya, Portugaliya) qo‘shma budjet fondlaridan
moliyaviy yordam
berilsa, NAFTA Meksikaga bunday yordam ko‘rsatmaydi. Uning yangi
vaziyatlarga yolg‘iz moslashishiga to‘g‘ri keladi. Shunga qaramay,
NAFTA yordamida Meksika o‘z iqtisodiyotini islohotlashtirish va sanoati
rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo‘shilish muddatini yarim asrdan 10-15
yilgacha qisqartirishi taxmin qilinmoqda. Buning uchun ikki shimoliy
davlat va Meksika o‘rtasidagi tovar ayirboshlashni faol erkinlashtirish
jarayoni
boshlanishi zarur, chunki Kanada-Amerika savdosida savdo
to‘siqlari bartaraf etib bo‘lingan. Ayniqsa, tayyor mahsulotlar
ayirboshlash cheklovlardan qat’iy ozod qilingan: sanoat va oziq-ovqat
tovarlari bilan o‘zaro savdoda boj to‘lovlari 65 %ga kamaytirilgan, qolgan
to‘lovlarning ko‘pchiligi esa 2003-yilda tugatiladi. Energoresurslar,
qishloq xo‘jalik
mahsulotlari, avtomobillar va to‘qimachilik tovarlari
bozorini asta-sekin liberallashtirish mo‘ljallangan.
Meksika qishloq xo‘jalik mahsulotlari bo‘yicha har bir shimoliy
sherik bilan alohida ikki tomonlama shartnomalar tuzmoqda. Meksika o‘z
bozoriga Kanada va AQShning yuqori texnologik tovarlari kirib kelishini
ta’minlash uchun Amerika va Kanadada ishlab chiqarilgan
kompyuterlarga avvalgi 20 %lik boj to‘lovini butunlay olib tashladi,
uchinchi mamlakatlardan shunday tovarlarga boj to‘lovi asta-sekin 3,9
%gacha pasaytiriladi.
Shunday qilib, shimoliy sheriklarga Meksika
bozoridan arzon Yapon va Janubiy Koreya texnikasini siqib chiqarish
imkoniyati beriladi. 10 yil mobaynida Meksika avtomobillar importiga
111
ko‘pgina cheklashlarni olib tashlashi kerak,
bu esa Amerika
eksportyorlariga bozorni kengaytirish imkonini beradi. Bundan tashqari
90-yillar o‘rtalarida Meksikada xorijiy investorlar imkoniyatlarini
kengaytiruvchi qonun kiritilgan edi. Sanoat va qishloq xo‘jaligining ko‘p
tarmoqlarida kapitalni “har qanday nisbatlarda” kiritish ruxsat etildi.
Xorijiy tadbirkorlarga energiya tashuvchilar va radioaktiv rudalarni izlab
topish va qazib chiqarishga transport va kommunikatsiya infratuzilmasiga
mablag‘lar investitsiyalash hozircha taqiqlanadi. Keyinchalik qatnashish
ulushi cheklangan sohalarda uni 2001-yildan boshlab 51 %gacha, 2004-
yildan boshlab 100 %gacha kengaytirish ko‘zda tutilmoqda.
Meksika banklar va sug‘urta kompaniyalarida
xorijiy firmalarning
ishtirok etish cheklovlarini olib tashlash majburiyatini olgan, bu esa
Amerika va Kanada moliyaviy kapitalining Meksika sug‘urta bozorining 3
dan 1 qismini egallash imkoniyatini yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: