1.5.9-rasm. 2001-2016-yillarda YaHMning o‘sish sur’ati (2000-y. =
100 %)
2001-2016-yillarda YaHMning nisbatan kichik o‘rtacha yillik o‘sish
sur’ati o‘rtacha respublika darajasi (107,3 %) bilan taqqoslaganda Navoiy
(104,5 %), Farg‘ona (105,8 %) va Toshkent (106,5 %) viloyatlarida
kuzatildi.
O‘zbekiston hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va iqtisodiy
o‘sish sur’atlaridagi notengliklar bir qator ob’yektiv sabablar – bozor
islohotlarining dastlabki davridagi hududiy rivojlanish darajasi, hududning
investitsion jozibadorligi, iqtisodiy-geografik rivojlanishi, infratuzilma-
ning rivojlanganlik darajasi, innovatsion salohiyati va boshqa ko‘pgina
omillar bilan izohlanadi.
33
Manba: stat.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |