2. Yakuniy iste’mol usulida yalpi ichki mahsulot
Yakuniy iste’mol usuli orqali hisoblangan YaIM tarkibi to‘g‘risidagi
ma’lumot yakuniy iste’mol talabini qondirish va mamlakat milliy
boyligining o‘sishi uchun iste’mol qilingan tovar va xizmatlar qiymati
ulushini aniqlash, YaIMning yakuniy iste’mol yo‘nalishlari bo‘yicha
asosiy proporsiyalarini tahlil qilish imkonini beradi.
2-jadval
YaIMning yakuniy iste’mol yo‘nalishlari bo‘yicha tarkibi
1991-y.
1995-y.
2000-y.
2005-y.
2010-y.
2016-y.
YaIM – jami
100,0
100,0
100,0
100,0
100,0
100,0
Yakuniy iste’mol
xarajatlari
77,0
72,9
80,6
64,3
64,8
74,4
uy xo‘jaliklari
54,9
50,1
60,9
47,4
47,9
57,5
davlat boshqaruvi organlari
20,7
22,3
18,7
15,9
15,8
16,1
UXXKNT
1,4
0,5
1,0
1,0
1,1
0,8
Yalpi jamg‘arilish
26,8
24,2
19,6
28,0
26,6
24,9
asosiy kapitalning yalpi
jamg‘arilishi
25,1
33,0
24,0
22,0
27,3
27,8
moddiy aylanma vositalari
zaxirasining o‘zgarishi
1,7
-8,8
-4,4
6,0
-0,7
-2,9
Tovar va xizmatlar eksport-
importi savdosi
-3,8
2,9
-0,2
7,7
8,6
0,7
Eksport
35,3
31,6
26,5
37,9
33,1
18,8
Import
39,1
28,7
26,7
30,2
24,5
18,1
Manba: stat.uz
Joriy narxlarda YaIM iste’moli tarkibida asosiy ulushi yakuniy
iste’mol xarajatlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Yakuniy iste’mol xarajatlarida
asosiy ulush uy xo‘jaliklari xarajatlari hissasiga to‘g‘ri keladi va ularning
salmog‘i 1991-2016 yillarda 44 foizdan 63 foizgachani tashkil etdi.
Kuzatilayotgan davrda YaIM tarkibida davlat muassasalarining
yakuniy iste’molga qilgan xarajatlari ulushi sezilarli darajada o‘zgarib
turdi va 1991-yildagi 20,7 foizdan 2016-yilda 16,1 foizga kamayish
tendensiyasiga ega bo‘ldi.
Notijorat tashkilotlari tomonidan uy xo‘jaliklariga ko‘rsatilgan
nobozor xizmatlarining YaIMdagi ulushi o‘rtacha 1,1 foizni tashkil etadi.
Yalpi jamg‘arilish asosiy fondlar va moddiy aylanma vositalari
o‘sishini ifodalaydi. 1991-2016-yillarda yalpi jamg‘arilishning ulushi
barqaror rivojlanish tendensiyasiga ega bo‘lib, YaIMning o‘rtacha 25
30
foizini tashkil qildi. Yalpi jamg‘arilishning asosiy ulushini asosiy
kapitalning yalpi jamg‘arilishi tashkil qilib, iqtisodiyotda investitsion
faollikni ifodalaydi. Mazkur ko‘rsatkichning ulushi 1991-yildagi 25,1
foizdan 2016-yilda 27,8 foizgacha o‘sdi.
Kuzatilayotgan davr mobaynida tovarlar va xizmatlar sof eksportining
YaIMdagi ulushi o‘rtacha 2 foizni tashkil qildi (eksport 30,5 %, import
28,5 % ). So‘nggi yillarda YaIMning asosiy elementlarida barqaror o‘sish
tendensiyasi kuzatilmoqda.
2001-2016-yillar mobaynida yakuniy iste’mol xarajatlarining o‘rtacha
yillik o‘sishi 9,6 %ni tashkil qildi va kuzatilayotgan davr mobaynida 4,3
baravardan ko‘proqqa oshdi. Bu esa, asosan, uy xo‘jaliklari xarajatlarining
5,3 marta oshishi hisobiga ta’minlandi. Shuningdek, davlat boshqaruv
organlarining yakka tartibdagi va jamoa xizmatlari uchun real xarajatlari
sezilarli darajada 2,3 martaga oshdi. Kuzatilayotgan davr mobaynida
jamoat tashkilotlari (diniy, xayriya va h.k.) faoliyatining faollashishi va
kengayishi UXXKNT real xarajatlarining 2,3 martaga o‘sishiga imkon
berdi (1.5.7-rasm).
Manba: stat.uz
1.5.7-rasm. 2001-2016-yillarda asosiy kapitalning yalpi jamg‘arilishi va yakuniy
Do'stlaringiz bilan baham: |