Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1. Evfemizmlarni qo‘llash oilaviy muhitga qanday ta’sir ko‘rsata oladi?
2. Er-xotin munosabatlarida III shaxs ko‘plik olmoshi qo‘llanadi. Bu odat
-
ning sof milliy ildizi haqida o‘ylab ko‘ring.
3. She’riy parchalarni o‘qing. Noo‘rin qo‘llangan kishilik olmoshlarining us
-
lubiyati haqida fikrlashing.
1. Yurakka yoqadi har so‘zing,
Shaydo aylagan meni ko‘zing,
Mening butun boyligim o‘zing,
Kim uchundir bir inondirsan,
Lek men uchun butun dunyosan.
(
Zafar Sobitov)
2. Seni deb yashayman ikki dunyoda,
Faqat sen yashaysan mitti yurakda.
Baxtimga doimo bo‘lgin deb omon,
Men seni yo‘qotgim kelmas hech qachon.
(
Shamshod Safar)
Do'stlaringiz bilan baham: |