orzusig‘a
ko‘ndalang keladirlar
: „Otangiz, agarchandi kanizni o‘z nikohlariga olmag‘an
bo‘lsalar ham, lekin balog‘atka erishgach olarman, deb niyat qilganlar. Binobarin,
bu kaniz sizga ona maqomida,
shari’at ruxsat bermaydir
!“
(A.Qodiriy)
12.2- mashq.
„Mehrobdan chayon“ asaridan olingan ushbu parchaning davomi
bilan qiziqib ko‘ring. Voqea qaysi ayanchli hodisa bilan tugaydi?
12.3- mashq.
Matnga sarlavha toping va reja tuzing.
12.4- mashq.
Matndagi ajratib ko‘rsatilgan evfemizmlar o‘rniga quyida berilgan
so‘zlarni qo‘yib, qayta o‘qing va xulosangizni ikki jumlada bayon qiling
.
Sevmoq, yetilmaganlik, uylanmoq, o‘lmoq, podsho bo‘lmoq, saqlamoq, to‘siq
bo‘lmoq, chiqmoq, xotin qilib olishga qarshi.
12.5- mashq.
Ikki guruhga bo‘linib, matnda qo‘llangan ko‘hna so‘zlarning bugungi
muqobili bo‘yicha jadvalni to‘ldiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |