Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1. Rasmiy va shaxsiy hujjatlarning tili va uslubi qanday bo‘ladi?
2. Elektron hujjatlar „Maykrosoft!“ („
Microsoft
“)ning qaysi dasturlarida tay-
yorlanadi?
3. Berilgan ish qog‘ozlarini tarkibiy qismlari joylashuviga ko‘ra jadvalga
joylashtiring.
E’lon, tabriknoma, shartnoma, tavsifnoma, ariza, bayonnoma, dalolatnoma,
hisobot, taklifnoma, tilxat, ishonchnoma, bildirishnoma, tushuntirish xati, faks,
taqriz, buyruq, rezyume, tarjimayi hol, so‘rovnoma.
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar
21.1- topshiriq
.
Matnni o‘qing. Unda qanday hujjat haqida gap ketgan? Ramziy
timsollarni izohlab, masalga o‘z munosabatingizni bildiring
.
Xo‘rlikdan jon kelib hiqildog‘iga,
Sher nomiga Quyon yozdi arzi hol:
„Ey panohim, botdi g‘am botqog‘iga
Bo‘sh-bayovlar ko‘rib Bo‘ridan zavol.
Tun-u kun ichsa ham, yesa ham tinmay,
Do'stlaringiz bilan baham: |