Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/665
Sana02.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#425111
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   665
Bog'liq
falsafa etika va estetika mantiq (1)

Birinchidan,
falsafiy tadqiqot oqilona bilishning fanda olingan natijalarni tekshirish 
(verifikatsiya qilish) yoki rad etish (falsifikatsiya qilish) imkoniyati yo‗qligi tufayli lozim darajada 
samara bermagan yoki umuman ojiz bo‗lib chiqqan sohasida amalga oshiriladi. Insoniyat oqilona 
bilishning bundan boshqa usullariga ega emas.
Ikkinchidan
, falsafiy refleksiya muammoni ko‗rish ufqini kengaytiradi, uni tadqiq etishga 
nisbatan Yangicha, o‗ziga xos yondashuvlarni taklif qiladi, Shu jumladan fanga bunday 
yondashuvlarni ilgari surishga ko‗maklashadi. Zero, aniq ta‘riflar va ishonchli dalillarga 


63 
tayanadigan fan o‗z fikrlari va xulosalarida bunday erkinliklarga yo‗l qo‗ya olmaydi. Vaholanki, 
falsafiy tafakkur mulohaza yuritish va baholashlarga nisbatan erkin yondashuvsiz o‗zining 
betakrorligini yo‗qotadi. 
Hamonki plyuralizm falsafada me‘yor hisoblanar, har bir alohida miyada esa monizmga, ya‘ni 
qarashlarning tartibga solingan, yaxlit va nisbatan ziddiyatlardan xoli tizimiga kelish lozim ekan, 
falsafani qanday o‗zlashtirish, undan qanday saboq berish mumkin?
Butun dunyoda aksariyat faylasuflarni birinchi navbatda ayni shu masala qiziqtiradi. Xususan 
Suqrot, Seneka va o‗tmishning boshqa mutafakkirlari tajribasiga tayangan holda: 
Falsafa faktlarni 
eslab qolishni o‗rgatmasligi, balki mulohaza yuritish va savollarga javob berish qobiliyatini 
rivojlantirishi lozim. Falsafadan saboqlar inson har bir masala Yuzasidan mutafakkirlar fikriga 
murojaat etmasdan, o‗zi mustaqil o‗ylashni va o‗z aqliga quloq solishni o‗rganishini nazarda 
tutmog‗i darkor. Ayni Shu sababli falsafaning vazifasi insonga muloqot qilishni o‗rgatish, u o‗z 
shaxsiyatining ahamiyatini ko‗rsatishga emas, balki haqiqatning tagiga etishga harakat qilishiga 
erishishdan iborat. Bu, o‗z navbatida, barcha odamlar o‗ziga atrofdagilar quloq solishiga loyiq 
ekanligini nazarda tutadi.
Bu juda topib aytilgan so‗zlar falsafani fan sifatida o‗rganish, uni 
bilimlar, tayyor qoidalar va 
ta‘riflarning muayyan yig‗indisi sifatida o‗zlashtirish mumkin emas, degan fikrni yana bir karra 
tasdiqlaydi

Insonga ta‘lim berishda paydeyya yo‗lini tanlash – unga «nimani ko‗rish lozimligi»ni 
emas, balki «qaerga va qanday qarash kerakligi»ni o‗rgatish lozim. 
O‗z-o‗zidan ravshanki, mazkur 
vazifani ijodiy yondashuvsiz, o‗quvchi va o‗qituvchining qiziquvchanligi va intiluvchanligisiz hal 
qilib bo‗lmaydi, falsafa esa o‗zining sof ko‗rinishida yo‗qoladi, «havoga sovuriladi», pirovardda 
kimdir bayon etadigan, kimdir ―o‗tishi‖, o‗rganishi va qolaversa, imtihon topshirishi lozim bo‗lgan 
―fan‖gina qoladi. Boshqacha aytganda, falsafadan ta‘lim berish va uni o‗zlashtirish zamirida ham, 
albatta ijod yotishi lozim.

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   665




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish