Isbotlash
usuli -
demonstratsiya
tezis bilan argumentlar o‗rtasidagi mantiqiy aloqadan iborat.
U xulosa chiqarish shaklida bo‗ladi, ya‘ni tezis argumentlardan xulosa sifatida mantiqan keltirib
chiqariladi.
Isbotlashning ikki turi mavjud:
bevosita isbotlash
,
bavosita isbotlash
.
Bevosita isbotlashda
tezisning chinligi to‗g‗ridan-to‗g‗ri argumentlar bilan asoslanadi, unda tezisga zid bo‗lgan hukmlardan
foydalanilmaydi. Tezis ko‗phollarda yakka xodisani ifoda qilib keladi va ma‘lum bir umumiy bilimdan,
masalan qonundan, argument sifatida foydalanilib, uning chinligi asoslanadi. Masalan «
O‗zbekiston -
mustaqil davlatdir
» degan hukm (tezis)ning chinligi «
O‗zbekistonning mustaqil davlat deb e‘lon qilinishi,
uning xalqaro miqyosda e‘tirof etilishi
» kabi asoslar yordamida isbotlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |