1.
Argumentlash (dalillash) va ishonch - e‘tiqodning
shakllanishi
Mantiq ilmida isbotlash va dalillash tushunchalari o‗zaro farqlanadi.
Dalillash
deb, biror fikr,
mulohazani yoki mulohazalar tizimini voqelikka bevosita murojaat qilish yo‗li bilan (
kuzatish, tajriba-
eksperiment va hokazo asosida
) yoki chinligi avvaldan tasdiqlangan boshqa mulohazalar yordamida
asoslab berishga aytiladi. Dalillash bevosita yoki vositali bo‗ladi.
Bevosita dalillash
hissiy bilishga, ya‘ni
ko‗rish, tajriba-eksperiment orqali amalga oshiriladi.
Vositali dalillash
esa, chinligi avvaldan
tasdiqlangan boshqa mulohazalarga asoslanadi va xulosa chiqarish ko‗rinishida namoyon bo‗ladi.
Dalillashning birinchi usuli
empirik
, ikkinchi usuli
nazariy
bilimlarga asoslanadi. Nazariy va empirik
bilimlarning chegarasi nisbiy bo‗lganligi kabi, dalillashning yuqoridagi ikki usulga ajratilishi ham
nisbiydir.
Dalillashning xususiy ko‗rinishi mantiqiy isbotlashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |