Taraqqiyotning o„zbek modeli
- jamiyatning tadrijiy rivojlanish konsepsiyasi sifatida.
Ijtimoiy rivojlanishning o‗zbek modeli insoniyatning rivojlanish borasidagi ilg‗or tajribasiga, milliy
davlatchilik tajribalarimizga va xalqimiz mentalitetiga tayanadi.
Ijtimoiy rivojlanish borasida xalqlar odatda ikki yo‗ldan — inqilobiy va tadrijiy yo‗ldan
borgan. Insoniyat tajribasi ijtimoiy rivojlanishning keskin inqilobiy o‗zgarishlar yo‗li nomaqbul va
yaroqsiz ekanini, jamiyatning tadrijiy (evalyusion) taraqqiyoti barqaror — tabiiy rivojlanish yo‗li
ekanini ko‗rsatdi. O‗zbekiston Prezidenti Islom Karimov ijtimoiy taraqqiyotning tadrijiy yo‗li
mohiyatini Shunday izohlaydi: «Soxta inqilobiy sakrashlarsiz, evalyusion yo‗l bilan normal,
madaniyatli taraqqiyotga o‗tish tanlab olingan yo‗lning asosiy mazmuni va mohiyatidir. Bozor
iqtisodi sari buyuk sakrashlar, inqilobiy o‗zgarishlar yo‗li bilan emas, balki sobitqadamlik va izchilik
bilan — bosqichma-bosqich harakat qilish kerak. Har bir bosqichning qancha davom etishi hal qilishi
lozim bo‗lgan muammolar doirasiga, tashqi omillar qanchalik qulay bo‗lishiga, aholining mehnat
faoliyatiga bog‗liqdir»
77
.
O‗zbek modelning asosiy tamoyillari quydagilardir:
- iqtisodning siyosatdan ustuvorligi;
- davlatning bosh islohotchi ekanligi;
- qonun ustuvorligi;
- kuchli ijtimoiy himoyalash;
- bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich, tadrijiy yo‗l bilan o‗tish.
O‗zbek modelining o‗ziga xos xususiyatlari davlatchilik asoslarining, milliy
qadriyatlarning qayta tiklanishi, o‗zlikni anglash, umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi, milliy
mentalitetimizga xos xususiyatlarining tiklanishi va rivojlanishi, demokratik qadriyatlarning
rivojlantirilishi va inson huquqlarining kafolatlanishi va boshqalarda o‗z ifodasini topmoqda.
O‗zbek modelining hayotiyligi jahon jamoatchiligi tamonidan e‘tirof qilindi. O‗zbekiston
tajribasi qator mamlakatlar uchun namuna bo‗lib xizmat qilmoqda va uni o‗rganishga bo‗lgan
qiziqish ortib bormoqda. O‗zbekona taraqqiyot yo‗li ma‘naviy hayot va iqtisodiy rivojlanishi bir-
biri bilan uzviy bog‗liqlikda amalga oshirishda, ma‘naviyat, ma‘rifat, madaniyatga bo‗lgan
e‘tiborning kuchayishida yaqqol ko‗zga tashlanadi. Ma‘naviy salohiyatning kuchayishi, inson
intelektual va axloqiy qobiliyatlarining rivojlanishi iqtisodiy rivojlanish uchun puxta zamin
yaratadi. Kishilarda Yangicha iqtisodiy tafakkur, tadbirkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishda
zamonaviy ilm-fan, texnika va texnologiya asoslarini egallash muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |