Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet305/665
Sana02.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#425111
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   665
Bog'liq
falsafa etika va estetika mantiq (1)

Tabaqalar va sinflar. 
Jamiyatning ijtimoiy tuzilishida tabaqalar va sinflar salmoqli o‗rin 
egallaydi. 
Tabaqalar – sanoatlashish bosqichidan oldingi jamiyatlarda vujudga kelgan, yuridik 
yoki odatga asoslangan va avloddan-avlodga meros bo‗lib o‗tadigan huquqlar va burchlarga ko‗ra 
farq qiladigan ijtimoiy guruhlar. 
Tabaqaviy bo‗linish jamiyatning murakkab ierarxiyaviy 
tuzilishining shakllanishiga sabab bo‗ladi.
Yirik guruhlar orasida iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy-psixologik maqomiga ko‗ra farqlanadigan 
sinflar alohida o‗rin egallaydi. Iqtisodiy belgi sinfning bosh belgisi hisoblanadi, zero sinfiy 
bo‗linish shakllari ishlab chiqarish vositalariga bo‗lgan munosabat hamda mulk shakllari bilan 
belgilanadi.
Hozirgi zamon sotsiologiyasida sinflarni farqlashning boshqa asoslari ham mavjud. 
Masalan, ijtimoiy guruhlar ega bo‗lgan ijtimoiy boylik ulushiga ko‗ra ular oliy, o‗rta va quyi 
sinflarga bo‗linadi. Bunda daromad manbai hisobga olinmaydi, Shu bois oliy sinf vakillari orasidan 
mashhur kinoaktyorlar, estrada yulduzlari va bankirlar ham o‗rin olishlari mumkin. Bu hol o‗rta va 
hatto quyi sinflarda ham kuzatiladi. Shuningdek ijtimoiy mehnatni tashkil etishdagi roliga ko‗ra 
boshqaruvchilar sinfi farqlanadi.
Hozirgi zamon jamiyatida yuqori malakali aqliy mehnat bilan professional tarzda 
Shug‗ullanadigan kishilarning katta ijtimoiy guruhi – ziyolilar alohida rol o‗ynaydi. Ziyolilar soni 
tinimsiz ko‗payib, ularning jamiyat hayotidagi roli ortib bormoqda. Bu avvalo fan-texnika 
taraqqiyoti, Shuningdek hozirgi jamiyatda ma‘naviy xizmatlarga bo‗lgan ehtiyojning ortishi bilan 
bog‗liq
. Ziyolilar guruhi o‗z kelib chiqishiga ko‗ra ham, ijtimoiy maqomiga ko‗ra ham turli 
jinslidir. Tegishli ravishda uning siyosiy mo‗ljallari ham har xildir.
Institutlar.
Jamiyatning rivojlanish jarayoni alohida muhim vazifalarni bajaradigan va aniq 
tashkiliy tuzilmaga ega bo‗lgan ijtimoiy va siyosiy tashkilotlar – institutlarning
 
tarmoqlangan tizimi 
yaratilishi bilan tavsiflanadi. 
Institutlar jamiyat normal faoliyatining zaruriy omili sanalgan ijtimoiy 
muhim faoliyatni amalga oshiradi. 
Bunday institutlar qatoriga davlat va uning institutlari, partiyalar 
va harakatlar, ommaviy axborot vositalari, diniy muassasalar, ta‘lim va madaniyat muassasalari, 
sog‗liqni saqlash va sanitariya xizmati tizimlari, bozor, banklar va hokazolar kiradi. Ijtimoiy 
institutlar faoliyati ijtimoiy hayotning barcha jabhalari: oila va ishlab chiqarish, tovarlar va pullar 
harakati, ishlab chiqarish, iste‘mol va hokazolarga nisbatan tatbiq etiladi. Institutlar turli birliklar va 
guruhlarning manfaatlarini muvofiqlashtirishni amalga oshiradi, ularning samarali o‗zaro aloqasini 
ta‘minlaydi, vujudga kelgan ijtimoiy qadriyatlarni mustahkamlaydi va Yangilarini yaratadi.

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   665




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish