Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Jamiyatning kelib chiqishini ilmiy tavsiflash borasidagi qarashlar



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet292/665
Sana02.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#425111
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   665
Bog'liq
falsafa etika va estetika mantiq (1)

Jamiyatning kelib chiqishini ilmiy tavsiflash borasidagi qarashlar. 
Bunday qarashlar 
mehnat va mehnat qurollari markscha nazariyasi doirasida amalga oshirilgan. Bu nazariyaga ko‗ra 
mehnat, so‗ngra burro nutq inson jamiyatini yaratgan. Inson hayotida mehnat qurollarining 
ahamiyatini rad etmagan holda, bu farazni tasdiqlovchi aniq ilmiy dalillarga duch kelmadik. 
Z.Freyd inson vijdonini uning kelib chiqish manbai deb hisoblagan. Etnografik tadqiqotlar bu 


203 
farazni umuman tasdiqlamaydi. Y.Xeyzinga o‗yin va o‗yin faoliyatiga madaniyatning insonni 
shakllantiruvchi asosiy tamoyil sifatida qaraydi. Ernst Kassirer (1875-1945) ilgari surgan farazga 
ko‗ra, simvolik shakllar, ya‘ni inson va uning ongi paydo bo‗lishini belgilagan ramzlar va belgilar 
madaniyatning turli shakllarini birlashtiruvchi oliy va universal tamoyil hisoblanadi. Kassirer 
fikriga ko‗ra, qadimgi ajdodlarimiz ularning yashab qolishini ta‘minlovchi etarli tabiiy kuchga ega 
bo‗lmagan. Inson o‗zining hayvonlar xulq-atvorini kuzatish va ularga taqlid qilish qobiliyati bilan 
yashab qolish imkoniyatini qo‗lga kiritgan. O‗z navbatida taqlidga asoslangan xulq-atvor ramziy 
belgilar, keyinchalik esa nutq vujudga kelishiga asos bo‗lgan.
To‗plangan tajribani belgilar tizimida qayd etish va avloddan-avlodga o‗tkazish 
qobiliyatining shakllanishi hayvonlar to‗dasi kishilik hamjamiyatiga aylanishining muhim omili 
bo‗lgan deb taxmin qilish mumkin. Bunday qobiliyatga hayvonlarning biron-bir turi ega emas. 
Namoyish etish, o‗rnak ko‗rsatish, taqiqlar va cheklashlar tizimi muloqotning nafaqat noverbal, 
balki asta-sekin shakllangan verbal vositalarida ham o‗z ifodasini topgan. Muloqot mehnat 
ko‗nikmalarini mustahkamlash, ovqat topish va unga ishlov berishni tartibga keltirish, o‗z jamoa
harakatlarini muvofiqlashtirish imkonini bergan. Etnografik ma‘lumotlar tajribani avloddan-avlodga 
o‗tkazish va jamoa faoliyati ko‗nikmalarini shakllantirish shakli sifatida o‗yin ulkan ahamiyat kasb 
etganidan dalolat beradi.
Ma‘lum taqiqlar orasida ovqatga doir xulq-atvor bilan bog‗liq taqiqlar, Shuningdek seksual 
cheklashlar, avvalo yaqin qarindoshlar jinsiy aloqaga kirishishi – insestning taqiqlanishi ayniqsa 
ajralib turadi. Ular insoniyat kelajagi uchun olamShumul ahamiyat kasb etgan. Zero tartibsiz jinsiy 
aloqalar naslning buzilishiga olib kelishi mumkin bo‗lgan. Aslida, olingan tajriba yaqin 
qarindoshlar o‗rtasida nikohning taqiqlanishiga sabab bo‗lgan. Bu nikoh aloqalari tizimini tartibga 
solish, ularni qat‘iy qayd etish, ayollar, qizlar, singillarni ayirboshlash, so‗ngra bu bilan o‗xshashlik 
bo‗yicha – oziq-ovqat, buyumlar, so‗z-belgilar ayirboshlashni yo‗lga qo‗yish imkonini bergan. 
Mazkur jarayonlar odamlar o‗rtasida muloqot, munosabatlar va xulq-atvor me‘yorlari o‗rnatilishi va 
ularga rioya etish zarurligi anglab etilishiga turtki bo‗lgan. Me‘yorlarning mustahkamlanishiga 
mifologik va ilk diniy tasavvurlar hamda taqiqlar tizimi ko‗maklashgan. Jamoadan tashqarida 
yashab qolish imkoniyati mavjud emasligini anglagan jamoaning har bir a‘zosi unda o‗rnatilgan 
kundalik xulq-atvor me‘yorlariga rioya qilgan. Shunday qilib, jamiyat ishlab chiqarish va ko‗payish 
ehtiyojlari bilan belgilangan odatlar, me‘yorlar va qadriyatlar bilan tartibga solinadigan 
odamlarning birgalikdagi faoliyati va ularning o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlar tizimi sifatida 
vujudga kelgan. Me‘yorlar inson hayot faoliyatining barcha sohalariga nisbatan tatbiq etiladi, 
hamda madaniyat va sivilizatsiya vujudga kelishiga zamin hozirlaydi. Jamiyatda qanday 
o‗zgarishlar Yuz bermasin, u odamzot bilan birga vujudga kelgan mazkur muhim tarkibiy 
elementlarni saqlab qoladi.

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   665




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish