Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Tirik tabiat yoki hayotning paydo bo‗lishi



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/665
Sana02.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#425111
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   665
Bog'liq
falsafa etika va estetika mantiq (1)

Tirik tabiat yoki hayotning paydo bo‗lishi
. Tirik tabiat borlig‗i hayot bilan bevosita aloqada 
qaralishi lozim. Jonli mavjudot uchun bo‗lish – yashash, bo‗lmaslik – hayotdan mahrum bo‗lish, 
o‗lish, ya‘ni jonli organizm sifatida boshqa mavjud bo‗lmaslik demakdir. Erda hayotning paydo 
bo‗lishi muammosi doimo insonning diqqat markazida bo‗lgan va odamzot uchun ulkan 
jumboqlardan biri bo‗lib qolgan. U mazkur jumboqning tagiga etish uchun barcha zamonlarda o‗z 
aqli va tasavvuri kuchidan to‗la foydalangan. Ammo insonning tadqiqotchilik imkoniyatlari behad 
oshgan, biologiya fanlari esa o‗z rivojlanishida ancha olg‗a siljigan bugungi kunda ham bu 
muammo o‗zining to‗la echimini topgan deb aytish mushkul. Ayni Shu sababli jonli modda jonsiz 
moddadan evolyusiya yo‗l bilan paydo bo‗lgani haqidagi ilmiy tasavvurlar bilan bir qatorda hayot 
kelib chiqishining o‗z ildizlari bilan tarixga, xususan falsafa tarixiga bog‗lanadigan turli nazariyalar 
ham amal qilishda davom etmoqda.
Ibtidoiy jamoa davridayoq odamlar hayotni har xil ruhlar, jonlarning mavjudligi bilan 
tushuntirishga harakat qilganlar. Ularning fikricha, bunday ruhlar va jonlarga nafaqat odamlar, balki 
hayvonlar, Shuningdek atrof borliqning barcha narsalari va hodisalari ham ega bo‗lgan. Tegishli 
e‘tiqodlar animizm degan nom olgan (bu haqda birinchi mavzuda to‗liq ma‘lumot berilgan).
Aristotel (mil. av. 384-322 yillar) asarlarida, keyinchalik o‗rta asr sxolastikasida va Leybnits 
(1646-1716) asarlarida faol asos, harakatlantiruvchi kuch sifatida talqin qilinadigan «entelexiya» 
(yunon. entelechia – o‗z-o‗zida maqsadga ega bo‗lgan) atamasiga duch kelamiz. 
Jonli moddaning 
mavjudligini va uning jonsiz moddadan farqini butun tiriklik zamirida yotuvchi qandaydir jismsiz, 
irratsional sabab, «hayot kuchi» mavjudligini tan olish orqali tuShuntiradigan falsafiy ta‘limot – 
vitalizm (lot. vitalis – jonli) zamirida ayni Shu tushuncha yotadi
. Hayot paydo bo‗lishining ilohiy 
asoslari, «hayot hujayralari» Erga kosmosdan kelgani, go‗yoki Erda tajriba o‗tkazayotgan o‗zga 
sayyoralik kelgindilar va hokazolar haqida juda ko‗p har xil g‗oyalar ilgari surilgan.
Shu bois, Koinotda bizning sayyoramizdan boshqa joyda ham hayot bormi, degan savol 
mutlaqo o‗rinlidir. Quyosh kabi yulduzlar Koinotda son-sanoqsiz ekanligi, ularning atrofida ham 
sayyoralar aylanishi mumkinligi haqidagi fikrning o‗ziyoq Erdan boshqa joyda ham hayot 
mavjudligini taxmin qilish uchun asos bo‗ladi. Shuningdek, Koinot miqyosida juda kichkina va 
hozirgi inson o‗rganishi uchun imkoniyat mavjud bo‗lgan Quyosh tizimsi xususida ham hayotning 
biron-bir shakllari mavjudligi yoki mavjud emasligini qayd etish uchun etarli axborot hozircha 
yo‗q. Mazkur vazifa faqat mushohada yuritish yo‗li bilan hal qilinishi mumkin emas va 
eksperimental tadqiqotlar o‗tkazishni talab qiladi. Inson ilmiy-texnika imkoniyatlarining o‗sish 
sur‘atlariga qaraganda, Quyosh tizimsida Erdan boshqa joyda hayot mavjudligi yoki mavjud 
emasligi masalasi yaqin kelajakda o‗z echimini topsa kerak. Ammo butun koinotga nisbatan (u 
inson bilishi uchun cheksizligi tufayli) bu masala saqlanib qoladi. Shuningdek, hayot u Erda va 
faqat Shunday usulda mavjud bo‗lishi mumkin, deb aytish uchun biron-bir asos mavjud emas.

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   665




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish