Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/665
Sana02.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#425111
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   665
Bog'liq
falsafa etika va estetika mantiq (1)

Foma Akvinskiy
(1225-1274) katolik teologiyani yaratgan va sxolastikani tizimga solgan 
mutafakkir sifatida e‘tirof etiladi. Uning eng mashhur asarlari: «Teologiya yig‗indisi», «Falsafa 
yig‗indisi», «Majusiylarga qarshi yig‗indi». Ularda muallif asosan Aristotel asarlariga tayanadi. 
Foma Akvinskiy Aristotel ijodi bilan Sharqqa salb yurishi chog‗ida tanishadi. Uning ontologiyasida 
borliq ham ehtimol tutilgan, ham amalda mavjud deb qaraladi. Borliq - ayrim narsalarning 
mavjudligi, ya‘ni substansiyadir. Foma Akvinskiy imkoniyat va voqelik kabi kategoriyalar bilan bir 
qatorda materiya va shakl kategoriyalarini ilmiy muomalaga kiritadi. Bunda materiya imkoniyat 
sifatida, shakl esa – voqelik sifatida qaraladi.
Foma Akvinskiy Aristotelning shakl va materiya haqidagi asosiy g‗oyalaridan foydalanib, din 
haqidagi ta‘limotni ularga to‗la bo‗ysundiradi. Materiya shaklsiz mavjud bo‗lmaydi, shakl esa oliy 
shaklga yoki «shakllarning shakli» - Xudoga bog‗liqdir. Xudo esa sof ma‘naviy mavjudot. 
SHaklning materiya bilan birikuvi moddiy dunyo uchungina zarur. Boz ustiga materiya 
(Aristoteldagi kabi) passivdir. Unga shakl faol tus beradi. Foma Akvinskiy «ilohiy borliq», hamonki 
u o‗z-o‗zidan ravshan narsa emas ekan, tafakkurimiz anglashga qodir bo‗lgan narsalar orqali 
isbotlanishi lozim. U Xudo borligining hozirgi zamon katolik cherkovi ham foydalanuvchi o‗z dalil-
isbotini taklif qiladi.
Foma Akvinskiyning ijtimoiy-falsafiy qarashlari ham diqqatga sazovor. U shaxs - «oqilona 
tabiatdagi eng olijanob» hodisa, deb hisoblagan. Uning fikricha, shaxs aql-zakovat, sezgilar va 
iroda bilan tavsiflanadi. Aql-zakovat irodadan ustun turadi. Ammo Xudoni bilishni Foma Akvinskiy 
Xudoga bo‗lgan muhabbatdan keyingi o‗ringa qo‗yadi, ya‘ni sezgilar, agar ular oddiy narsalarga 
emas, balki Xudoga qaratilgan bo‗lsa, aqldan ustun bo‗lishi mumkin.


105 
Foma Akvinskiy o‗zining «Podsholar boshqaruvi haqida» asarida insonga avvalo ijtimoiy 
mavjudot sifatida, davlatga esa xalq farovonligi haqida g‗amxo‗rlik qiluvchi tashkilot sifatida 
yondashadi. Hokimiyatning mohiyatini u axloq, xususan yaxshilik va adolat bilan bog‗laydi va 
hatto xalqning adolatsiz podsholarga qarshi bosh ko‗tarish huquqi to‗g‗risida so‗z yuritadi.
Foma Akvinskiy ikki qonun: Xudo odamlar ongi va qalbiga joylagan «tabiiy qonun» va 
cherkovning davlat va fuqarolik jamiyatidan ustunligini belgilovchi «ilohiy qonun» haqidagi 
muammoni ham muhokamaga kiritadi. Uning fikricha, dunyoviy hayot bo‗lg‗usi ma‘naviy hayotga 
tayyorgarlikdir. Podshoning hokimiyati oliy – ma‘naviy hokimiyatga bo‗ysunishi lozim. Bu 
hokimiyatni osmonda – Iso Masih, Erda – Rim Papasi boshqaradi. Foma Akvinskiy siyosiy 
hokimiyat shakllarini muhokama qilar ekan, Aristotel kabi monarxiyani afzal ko‗radi.
Foma Akvinskiy falsafasi XIV asrdan boshlab dominikan sxolastlarining bayrog‗iga aylandi, 
XVI asrdan e‘tiboran iezuitlar tomonidan targ‗ib qilina boshladi. Iezuitlarning mafkurachilari 
Foma Akvinskiy falsafiy tizimini sharhladi va takomillashtirdi. XIX asrning ikkinchi yarmidan 
boshlab uning ta‘limoti hozirgi zamon falsafiy tafakkurining qudratli oqimlaridan biri sanalgan 
neotomizm negiziga aylandi.
O‗sha davrning mashhur faylasuflaridan biri 

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   665




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish