Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Abu Nasr Muhammad ibn Tarxon al Forobiy



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/665
Sana02.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#425111
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   665
Bog'liq
falsafa etika va estetika mantiq (1)

Abu Nasr Muhammad ibn Tarxon al Forobiy
(870-950, asarlari: Kitob-ul xuruf, Fozil 
odamlar shahri, Ehsoul ulum, Siyosat falsafasi, Fuqarolik siyosati) falsafa va tabiiy fanlar tarixiga 
oid Yuzga yaqin asar muallifidir. U fanlar bilish vositalari ekanligidan kelib chiqqan. Bunda 
mutafakkir nazariy (mantiq, falsafa, tabiiy fanlar) va amaliy (axloq, siyosat) fanlarni farqlagan. 
Fanlar tizimida u insonga haqiqiy bilimni soxta bilimdan farqlash imkonini beruvchi mantiqni 
birinchi o‗ringa qo‗ygan. Ayni Shu sababli faylasuf inson tafakkuriga alohida e‘tibor bergan. 
Aynan falsafa insonga borliqning mohiyatini tushunish imkonini beradi. Borliq «yagona» va ayni 
vaqtda «ko‗p»dir. Borliqning mazkur holati emanatsiya, ya‘ni «yagona» muhitdan borliqning turli 
muhitlari kelib chiqishi mahsulidir. Forobiy asarlarida dunyo bir-biriga kiruvchi to‗qqiz gumbaz 
ko‗rinishida namoyon bo‗ladi. Bu gumbazlarda ularning Er atrofida aylanishi sababi hisoblangan 
jonlar yashaydi. Gumbazlar o‗z harakatini dastlabki turtkidan boshlagan. Forobiy dunyoning rang-
barangligini tushuntirish uchun Aristotelning shakl va materiya haqidagi ta‘limotidan foydalangan. 
U jonning umrboqiyligi haqidagi masalada Platon fikriga qo‗shilmagan, chunki uning paydo 
bo‗lishi va o‗limi tananing paydo bo‗lishi va o‗limi bilan bir vaqtda Yuz beradi, deb hisoblagan. 
Ayni Shu sababli Forobiy ijodida bilish nazariyasi Platondagi kabi xotirlash nazariyasi emas, balki 
dunyoni sezgi va aql birligi sifatida anglab etish nazariyasidir. Bunda aqlli jon narsalar tabiatini 
sezgilar idrokidan foydalanib anglab etadi. Narsalarning mohiyati aql bilan anglab etiladi. Bunda 
aql avvalo mantiqqa tayanishi, lekin sezgi a‘zolari beruvchi materialdan foydalanishi lozim.


80 
Forobiy borliqning birinchi sababi va harakat manbai sifatida Xudo mavjud deb hisoblagan 
bo‗lsa-da, uning falsafasi bilish va borliqning murakkab masalalarini echishga intilish bilan 
tavsiflanadi. Ayni Shu sababli faylasuf borliqning holatlarini, uning shakllarini: oddiy elementlar – 
havo, olov, er, suvni; Shuningdek minerallar, o‗simliklar, hayvonlar, inson va osmon jismlarini 
sinchiklab o‗rganadi. Shu tariqa u tashqi dunyoning ob‘ektiv mavjudligiga urg‗u beradi. 
Forobiyning falsafiy qarashlari Sharq falsafasining rivojlanishiga kuchli ta‘sir ko‗rsatdi.
Forobiyning gnoseologiyasi tabiatShunoslik, matematika, musiqa, tilShunoslik va boshqa 
fanlar sohasidagi bilimlarga asoslanadi. U tabiat insondan tashqarida va unga bog‗liq bo‗lmagan 
holda mavjuddir, deb hisoblaydi. Farobiy fikricha, ob‘ekt sub‘ektga qadar mavjud bo‗lgan. 
Seziladigan narsalar sezgilardan oldin paydo bo‗lganidek, bilish mumkin bo‗lgan narsalar ham 
bilishdan oldin paydo bo‗lgan
23
.
Forobiy fikricha, inson bilimlarni tashqi dunyodagi hodisalarni bilish jarayonida 
o‗zlashtiradi. Bu jarayon sezish, idrok etish, xotirlash, tasavvur qilish va eng muhimi – mantiqiy 
mulohaza yuritish, tafakkur kabi usullarni qamrab oladi. Bu vositalar yordamida inson fanni 
o‗rganadi. Forobiy «Fan va san‘atning o‗ziga xos xususiyatlari» asarida tabiatni bilishning 
uzluksizligini, bilish – bu bilishdan bilimga, sababni bilishdan oqibatni bilishga, hodisani bilishdan 
mohiyatni bilishga eltuvchi yo‗l ekanligini qayd etadi.
Forobiy fikricha, inson paydo bo‗lganidan so‗ng avvalo «oziqlantiruvchi kuch» paydo 
bo‗ladi, uning yordamida oziqlanish jarayoni Yuz beradi. So‗ngra sezgi organlari paydo bo‗ladi, 
ular insonga sezish, tasavvur qilish qobiliyati va xotirani beradi. Shundan keyingina inson «orzu 
kuchi» yordamida bilim va hunarlarni o‗zlashtiradi, foydali narsalarni foydasiz narsalardan 
farqlaydi, o‗z xulq-atvorini tartibga soladi. Forobiy insonning barcha kuchlari ma‘lum sezgi 
organlari bilan moddiy sabab orqali bog‗lanadi, bu kuchlarning birortasi ham moddiy sababsiz 
mavjud bo‗la olmaydi
24
, deb hisoblaydi.
Forobiy inson ruhining bir tanadan boshqa tanaga o‗tishini qat‘iyan rad etadi va ruh ham, 
tana kabi substansiyalarning individual birligidan iborat, deb hisoblaydi. Uning bu fikri noizchil 
bo‗lgan. Bunday noizchillik Aristotelning bilish nazariyasida ham kuzatiladi.
Aristotelga ergashib Forobiy ham ayrim narsalar birlamchi, mavjud tushunchalar va 
g‗oyalar – ikkilamchidir va ular aqlda muayyan narsalarning mavhumlashishi natijasida paydo 
bo‗ladi, deb hisoblaydi. Forobiyning bu g‗oyalari universaliyalar va umumiy tushunchalar 
haqidagi qarashlarida yanada aniqroq namoyon bo‗ladi. Universaliyalar mavjud bo‗lgani uchun 
ham umumiy tushunchalar mavjuddir,
25
 deb hisoblaydi buyuk mutafakkir. 
Bilish bosqichlari o‗rtasidagi farqlarni tushunish Forobiyga bilish yo‗llari to‗g‗risida 
mulohaza yuritish imkonini beradi. Bilishning fiziklar foydalanuvchi birinchi yo‗li sezishdan 
boshlanishi lozim, chunki tana sezgiga yaqinroqdir. Bu hol sezgilar muayyan narsalarni aks 
ettirishi bilan izohlanadi. Narsalar sezgi organlarida aks etgach, jismni va uning Yuzasi, chiziqlari 
va nuqtalarini mavxum o‗rganishga o‗tishi lozim. Matematiklar jismning u yoki bu jihatlarini 
teranroq bilish uchun foydalanuvchi bilishning ikkinchi yo‗li mavhumlashtirishdan boshlanishi 
darkor. Bilishni mavhum nuqtadan boshlagan aql muayyan jism bo‗ylab harakatlana boshlaydi, 
mavhum chiziq, Yuza, jismni anglaydi va so‗ngra muayyan jismni tushunib etadi.
Ilmiy bilim va falsafiy tafakkurning rivojlanishi bilish yo‗llariga boshqacha nazar tashlash 
imkonini beradi, biroq Forobiy ilgari surgan g‗oya Gegel falsafasida o‗zining yanada barkamolroq 
ifodasini topadi. «Vazifa bilishdan iborat bo‗lgani tufayli, kuzatish bilan taqqoslash haqidagi 
masala undan voz kechish ma‘nosida echilgandir. Endilikda masala faqat bilish doirasida nima 
birinchi bo‗lishi va undan keyin nimalar anglab etilishi lozimligi haqida bo‗lishi mumkin. Endi 
tabiatga muvofiq yo‗l emas, balki bilishga muvofiq yo‗l talab etiladi. Bilish fikrning muayyan 
mazmunidan ko‗ra, mavhum mazmunni anglab etishi osonroqdir»
26
. Binobarin, bilish masalasi 
23
Қаранг: Фароби. Комментарии к категориям Аристотеля // Избраннқе произведения мқслителей стран Ближнего и 
Среднего Востока. – М., 1961. – 191-б. 
24
Қаранг: Фароби. Фусус ал-Хикам. Мажему аль-Фараби. – Каир, 1997. – 150-152-б 
25
Фараби. Китаб ал-Хуруф. – Душанбе: Илм, 1972. – 25-б 
26
Ўша манба, –Б. 36 


81 
borliqning qaysi jihati biluvchi sub‘ektning ob‘ekti hisoblanishidan kelib chiqib hal qilinadi. 
Umuman, Forobiy g‗oyalari nafaqat Sharq fanining, balki G‗arb ijtimoiy-falsafiy tafakkurining 
rivojida ham muhim rol o‗ynadi. 

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   665




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish