Умк иш юритишдекаб+++


Ishga kirish haqidagi arizalar



Download 1,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/134
Sana01.02.2022
Hajmi1,22 Mb.
#424701
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   134
Bog'liq
davlat tilida ish yuritish

Ishga kirish haqidagi arizalar. Bunday arizalarda ariza zaruriy qismining 
barchasidan foydalaniladi. Bu arizalarning aksariyatida ilova qismi bo’lmaydi, 
shuningdek, xodimning yashash joyini ko’rsatishning zaruriyati yo’q. 
O’quv yurtlarga kirish yoki muayyan jamoa tashkilotlariga a’zo bo’lish arizalari. 
Ularning barchasiga zaruriy hujjatlar ilova qilinadi va ular bosma ish qog’oziga 
to’ldiriladi. 
Aholi ish joyida yoziladigan arizalar (uy-joyini kengaytirish, almashtirish va shu 
kabilar). 
Da’vo arizalari muassasalarning boshqa aybdor muassasalar yoki (javobgar) 
shaxslarda davo qilinayotgan mablag’ yoki biron-bir mol-mulkni majburiy ravishda 
undirib berishni iltimos qilib sud idoralariga yoki davlat xakamligiga yozma 
murojaatidir. Ularning zaruriy qismlari: 
1.
Yo’llovchining nomi, hujjat tuzilgan vaqti va tartib raqami ko’rsatilgan 
to’rtburchak muhr. 
2.
Sud idorasi yoki davlat hakamligining nomi. 
3.
Davogarning to’liq nomi va manzili. 
4.
Javobgarning to’liq nomi va manzili. 
5.
Da’vo summasi. 
6.
Hujjat nomi (da’vo arizasi). 
7.
Da’vo arizasining matni (mazmuni). 
8.
Ilovalar (da’vogarning talablarini asoslovchi barcha hujjatlar). Hisob-kitob arizasi 
bajarilgan ishlarga haq to’lash haqidagi yozma 
yoki og’zaki mehnat shartnomalari asosida muayyan ishlarni bajargan ayrim ishchi 
(xizmatchi)lar tomonidan muassasa rahbari nomiga yoziladi. 
Hisob-kitob arizalari ham erkin usulda yoziladi, lekin unda quyidagi zaruriy 
qismlar bo’lishi kerak: 
1.
Muassasa hamda ariza yo’llanayotgan mansabdor shaxsning nomi. 
2.
Arizachi haqida ma’lumotlar (adresi, pasport raqamlari, kim tomonidan va qachon 
berilgan; ismi, ota ismi va familiyasi; zarur hollarda tug’ilgan yili va soliqlar 
bo’yicha imtiyozi borligi ko’rsatiladi). 
3.
Hujjat nomi (hisob-kitob arizasi). 
4.
Ariza matni. 
5.
Ariza berilgan sana. 
6.
Arizachining shaxsiy imzosi. Korxona va bo’linma rahbariga xizmat faoliyati 
bilan aloqador 
muhim masalalar yuzasidan yoki yuqori idora, mansabdor shaxsga biron bir voqea va 
hodisa haqida xabardor qilish zaruriati tug’ilganda taqdim etiladigan mufassal yozma 


axborot - bu bildirishnomadir. 
Unda, odatda, bayon qilinayotgan masalalar bo’yicha tuzuvchi (yozuvchi)ning 
takliflari aks etadi. 
Kimga yo’nalganiga qarab bildirishnoma ichki va tashqi turlarga ajratiladi. 
Ichki bildirishnoma o’z korxona rahbariga yoki bo’lim mudiriga yoziladi. U toza 
qog’oz varag’iga qo’lda yoki mashinkada yozilishi mumkin. Bunday bildirishnomalar 
muallif tomonidan imzolanadi. Tashqi bildirishnoma, ya’ni muassasa rahbari tomonidan 
yuqori idoraga yoki mansabdor shaxsga yoziladigan bildirishnoma, odatda, xos ish 
qog’ozga ikki nusxada yoziladi. Hujjatning ikkinchi nusxasi korxonaning o’zida 
qoldiriladi. Bunday bildirishnomalar korxona rahbari tomonidan imzolanadi. 
Bildirishnoma tashabbus, axborot va hisobot xususiyatiga ega. Bu xususiyatlar 
hujjat matni sarlavhasidayoq o’z aksini topadi. Tashabbus bildirishnomasi matnida 
tegishli masala yuzasidan umumiy yoki aniq takliflar ilgari surilib, rahbarni ularni hal 
qilishga undaydi. 
Axborot bildirishnomasi, odatda, umumiy holati rahbarga ma’lum muayyan 
jarayon to’g’risida xabar beradi. 
Hisobot bildirishnomasi ma’lum bir ishning tugallanishi haqida yoki biron-bir 
ko’rsatma, tavsiya, rejaning ijrosi to’g’risida rahbarni xabardor qilishi kerak. Muayyan 
vazifa yoki majburiyatlarni bajarilishi haqidagi hisobot bildirishnomasi amaliyotda raport 
ham deyiladi. Aslida frantsuzcha bo’lib, bu tushuncha bizga “bildirgi” atamasi bilan 
ma’lum. 

Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish