«Himoyaga ruxsat etilsin» Fakultet dekani



Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/27
Sana01.02.2022
Hajmi3,4 Mb.
#424649
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
«Kasb-hunar kolleji o‘quvchilariga tasviriy san’at mashg‘ulotlarida

 
III. 
BOB. 
TAJRIBA-SINOV 
ISHLARINI 
O‘TKAZISH 
VA 
NATIJALARNING TAHLILI 
 
3.1. Tajriba-sinov ishlarining mazmuni va o‘tkazish metodikasi 
Biz kasb-hunar kollejda ilmiy farazni tasdiqlash uchun o‘tkazilgan 
pedagogik tajriba-sinov ishlarini bayon qilishdan avval bajarilgan nazariy tadqiqot 
natijalaridan ayrim xulosalar chiqaraylik. 
Ilmiy-tadqiqotlarimizning dastlabki bosqichida kasb-hunar kollejlaridagi 
tasviriy san’at fanlari bo‘yicha amaldagi dasturlar, Davlat ta’lim standartlari, 
mazmuni bo‘yicha tahlil qilindi, ayni paytda bu o‘rinda diplomantning maktab 
bo‘yicha shaxsiy tajribasi, o‘quvchilar o‘rtasida og‘zaki so‘rovnomalar o‘tkazish 
natijalari e’tiborga olindi. 


44 
Bu bosqichda ta’lim-tarbiya jarayonining hozirgi bosqichida barcha 
hamkasblarimizning diqqat-e’tiborlarini o‘ziga jalb qilayotgan yangi pedagogik 
texnologiyalar, ta’limning optimal metodlari kabi tushunchalarning mazmun-
mohiyati va ularni qo‘llash mexanizmlarini mukammal egallashga zarurat tug‘ildi. 
Darhaqiqat, bugungi kunda yangi pedagogik texnologiyalar o‘quv-tarbiya 
jarayonining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Endi o‘quvchiga ko‘p narsalarni 
bilishga qodir – shaxs sifatida qarashimiz kerak. Ta’limda ko‘zlangan ijobiy 
natijalarga erishish uchun o‘rgatuvchi va o‘rganuvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni 
yuqori saviyaga olib chiqish talab etiladi, ya’ni o‘quv-tarbiya jarayonida ta’limning 
interfaol va innovatsion metodlariga mumkin qadar ko‘proq e’tibor berish kerak. 
Bizningcha, bunday metodlar qatoriga ko‘pchilik ilmiy-pedagogik adabiyotlarda 
tan olingan quyidagi metodlarni kiritish mumkin.
1.
Muammoli ta’lim. 
2.
Modulli ta’lim. 
3.
Rivojlantiruvchi ta’lim. 
4.
Tabaqalashtirilgan ta’lim. 
5.
Ishchanlik o‘yinlari. 
Sanab o‘tilgan ta’lim metodlarining har birining aniq maqsadlari bir-
birlaridan farq qiladi, ya’ni: 
1) o‘quvchilarning mustaqil, ijodiy bilish faolliklarini oshirish; 
2) shaxsning his qilish xususiyatlariga mumkin qadar yaqinlashtirilgan 
ta’lim jarayoni tuzilmasini yaratish; 
3) ta’lim mazmunini shaxs individuall ehtiyojlari va uning bazaviy 
tayyorgarligi darajasiga moslashtirish; 
4) shaxsning qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirish;
5) o‘quvchilarning moyillik, qiziqish va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish 
uchun qulay sharoitlar yaratish; 
6) o‘quvchilar faolligini tashkillashtirish; 
7) bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishning shaxsiy faoliyat 
tavsifida bo‘lishini ta’minlash. 


45 
Eng muhimi, sanab o‘tilgan zamonaviy ta’lim metodlarining mazmun-
mohiyatlari turlicha, ya’ni: 
- o‘quvchilarga navbat bilan aniq maqsad sari yo‘naltirilgan bilimlarni 
o‘zlashtirish borasidagi faoliyatlarini yuzaga chiqarishga xizmat qiluvchi 
topshiriqlarni berib borish; 
- mashg‘ulotlarni alohida-alohida bloklarga biriktirish hisobiga fanlarni 
chuqur o‘zlashtirishga erishish; 
- o‘quvchilarning individual o‘quv dasturi asosida mustaqil ishlashini 
ta’minlash; 
- ta’lim-tarbiya jarayonini shaxs potensial imkoniyatlari va ularni amalga 
oshirishga yo‘naltirish; 
- turli o‘zlashtirish darajalari (reproduktiv, algoritmik, evristik, ijodiy) 
bo‘yicha majburiy me’yor(standart)dan kam bo‘lmagan hajmdagi o‘quv dasturi 
materialini o‘zlashtirish; 
- o‘quvchilarning o‘quv axborotlarni qayta ishlash va o‘zlashtirishga 
yo‘naltirilgan mustaqil bilish faoliyatlarini rivojlantirish. 
Albatta, mazmun-mohiyatni amalga oshirish mexanizmi ham har xil, bir-
birlaridan farqli bo‘lishi ayon, ya’ni: 
1) tadqiqotchilik metodi, bilish faoliyatiga yo‘naltirilgan topshiriqlar 
bajarish; 
2) o‘quvchilar ish qobiliyatining dinamikasini hisobga oluvchi ta’lim 
metodlari; 
3) muammoli yondashuvni amalga oshirishning individual maromi; 
4) o‘quvchilar faoliyatini turli sohalarga yo‘naltirish; 
5) individual ta’lim metodlari; 
6) o‘quvchilarni ijodiy faoliyatga jalb etuvchi ishchanlik o‘yinlari. 
Ko‘rinib turibdiki, oldindan loyihalashtirilgan ta’lim jarayonining pedagogik 
texnologiyasi o‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorlikda faoliyat ko‘rsatib, ko‘zda 
tutilgan ijobiy natijaga erishishni taqozo etadi.


46 
Biz tajriba-sinov ishlarini olib borishda va tahlil jarayonida shu narsa qayd 
etildiki, kasb-hunar kollejlari uchun tasviriy san’at fanlari bo‘yicha amaldagi 
dasturlarda kasbiy yo‘nalishlari deyarli e’tiborga olinmaydi, mavjud farqlar esa 
manzara janrini o‘rganishga ajratilgan soatlar miqdoriga tegishli.
Kasb-hunar kollejlarning o‘quv rejasida hamma yo‘nalishlarga bir xil, ya’ni 
80 soatdan vaqt ajratilgan. Boz ustiga, barcha yo‘nalishlar uchun rangtasvirdan bir 
xil o‘quv dasturi tavsiya etilgan. Qani bu erda bo‘lajak ixtisoslikni e’tiborga olish-
u, rangtasvir mazmunini va uni o‘qitish metodikasining o‘ziga xosligini bo‘lajak 
ixtisoslikka yo‘naltirish!? 
Tadqiqotning navbatdagi bosqichida biz ta’lim yo‘nalishdagi kasb-hunar 
kollejlardagi tasviriy san’at mashg‘ulotlarida manzara ishlash mazmunini tanlash 
mezonlarini ishlab chiqdik, bunda to‘liqlik, kenglik va didaktik ahamiyatlilik
 
bo‘yicha umumlashtirilgan mezonlardan tashqari ahamiyatlilik va mazmunli-
metodik mezonlar ham joriy etildi. 
Kasb-hunar kollejlaridagi ta’lim yo‘nalishini hisobga olgan holda biz 
tasviriy san’at fanlarida manzara ishlashni kompozitsiya jihatdan echish uchun 
tavsiya etiladigan mavzular to‘plamiga qo‘yiladigan «osondan qiyinga», 
«soddadan murakkabga» kabi didaktik talablarga amal qildik. 
Tadqiqotlarning so‘nggi bosqichida kasb-hunar kollejlardagi tasviriy san’at 
mashg‘ulotlarida manzara ishlash mazmunini tanlash mezonlariga amal qilgan 
holda tasviriy san’at ta’lim mazmuni shakllantirildi. 
Bu ish jarayonida pedagogik amaliyotda ahamiyatliligi tan olingan 
an’anaviy bo‘limlardan tashqari, biz shunday bo‘limlarni aniqladikki, ularni 
dasturning invariant(o‘zgarmas) va variativ(o‘zgaruvchi) komponentlariga kiritish 
maqsadga muvofiqdir. 

Download 3,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish