2.5. Tabiat manzarasi kompozitsiyasini tasvirlash
O‘rmon yoki daraxtzordan manzarali joy tanlanadi, o‘rmon, daraxtzor ichiga
kirib boruvchi yo’lakcha bo‘lsa, manzara yanada mazmunli bo‘ladi. Shaharda
xiyobonlarni ham tanlash mumkin. Joy tanlab olingandan keyin kompozitsiya
mazmuniga ega bo‘lgan kuzatish nuqtasini topish lozim. Kunning qaysi payti yoki
qanday ob-havo sharoitida bu ko‘rinishni chizish yaxshi ekanini oldindan aniqlab
olish kerak. Buning uchun tasvirlashga tanlangan manzarani bir necha marta turli
sharoitlarda kuzatish kerak bo‘ladi. SHunda eng qiziqarli manzarani tanlab olish
37
imkoniyati yuzaga keladi. Ana shunday yondashish bilan haqiqiy ijodiy ishlashni
o‘rganish mumkin.
Eng yaxshi joyni tanlab olish uchun turli nuqtalardan bir necha xomaki
eskizlar chiziladi. Shu bilan birga, suratning qanday bo‘lishini, manzara, er va
osmonning qanday joylashishini ham o‘ylab olish kerak. Bular manzaraning
kompozitsiya jihatidan mazmunli chiqishida muhim ahamiyatga ega.
Surat chizish paytida xiyobonning, daraxtlarning bir tomoni yorug‘, ikkinchi
tomoni soyadaligi biron mazmunga ega bo‘ladi. Agarda manzara ko‘rinishi
qiziqarli bo‘lsa, rasmni har qanday yorug‘likda chizish mumkin.
Xiyobon, daraxtlarni chizishda ularning asosiy chizig‘i va baland uchlari
chizig‘ini belgilab olish kerak. Har bir daraxtni, butalar joylarini belgilab, ularning
nisbati, hajmi, holatini hisobga olib, asosiy shaklini chizib olish kerak. Daraxtlarni
tasvirlayotganda alohida barglarini, oldingi ko‘rinishdagi o‘tlarni alohida-alohiola
chizib ko‘rsatish shart emas. Umumiy rang, tusni ilg‘ab olishga intilish, ularni
boshqa ko‘rinishlar bilan taqqoslab borish lozim.
38
Daraxtlarni chizishda ularning yoshi va turiga qarab o‘ziga xos xususiyatlari,
farqini ko‘rsatib berish lozim. Daraxtlar va erning osmonga nisbatan rang-tusini
aniqlab, ob-havo holati va yorug‘lik tusini ko‘rsatish kerak. Shundan keyin oldinda
va uzoqda turgan daraxtlar rang-tusining farqi, uzoqlashib borgan daraxtlar va
yo’llarning xiralashib borishi ko‘rsatiladi. Erga tushuvchi soyalar, quyosh
nurlarining tovlanishi ham chiziladi. Turli daraxtlarning ranglardagi farqi
ko‘rsatiladi. Manzarada ham har qanday tasvirda bo‘lgani kabi narsalarning asosiy
va ikkinchi darajali bo‘laklari bo‘ladi. Ana shu asosiy — birinchi va ikkinchi
darajali narsalarga ko‘proq e’tibor berish kerak.
Ochiq havodagi manzarani ishlash uchun biror kenglikdagi turli
ko‘rinishlarga ega bo‘lgan joyni tanlash lozim. Bu joy baland-patsliklarga ega va
gorizontdan balandlikda bo‘lishi mumkin. Ishni boshlashda manzarani alohida
bo‘laklarining kattaligi bir-biri bilan taqqoslanadi (rasm). Manzaraning asosiy
xosliklariga e’tibor beriladi, joyning tekisliklari va Er yuzining tuzilishi diqqat
bilan o‘rganib olinadi.
Erda katta-katta balandliklar, do‘ngliklar va shu kabilar mavjud. Chiziqli
perspektiva qoidalariga asosan, notekis joylardagi masofa qisqargan holda
ko‘rinadi. Ufq chizig‘iga qanchalik yaqin bo‘lsa, qisqarishlar shunchalik kuchli
bo‘ladi.
Ochiq havodagi manzarani chizishdan avval, biron obektning oldingi
ko‘rinishdagi telegraf utsuni, daraxt yoki bino tanlanib, balandligi ixtiyoriy chizib
olinib, unga nisbatan taqqoslab chizish davom ettiriladi. Tabiat ko‘rinishidagi
utsunning bo‘lakli nisbatlari rasmdagi utsunda belgilanib, manzaraning chizilishi
kerak bo‘lgan qismlari shu asosda aniqlab olinadi. Masalan, olis ko‘rinishdagi
yaylov ustundan orqa tomonda bo‘lib, uni ikki qismga ajratib turibdi, deylik.
Agarda yaylov ustunni ikkiga bo‘lib turgan bo‘lsa, unda suratda ustun ikkiga
bo‘linib, gorizontal chiziq o‘tkaziladi — bu yaylovning joylashishi bo‘ladi.
Manzara ko‘rinishining chap va o‘ng tomonida joylashgan obektlar
masofalari aniqlab olinadi. Masalan, utsun balandligi uzoqda ko‘rinayotgan
39
inshoot masofasidan ikki yarim barobar katta bo‘lsa, unda suratda uni ikki yarim
marotaba uzoq masofada belgilash kerak.
Manzaraning asosiy qismlari: er, osmon va uzoq joylari chizilgandan keyin,
ularning umumiy tusi chiziladi. Manzaraning katta qismidagi asosiy ranglari
beriladi, oldingi ko‘rinishdan boshlab mayda detallari belgilanadi. Erning
uzoqlashib boruvchi xiralashishi hamda ko‘rinishlarning soya-yorug‘ farqlari
ko‘rsatiladi. Osmondagi bulutlarni tekis oq yoki qora ko‘rinishda chizish mumkin
emas. Patsdan qaraganda biz bulutning murakkab shaklini ko‘ramiz. Havo
perspektivasi asosida tasvirlash vaqtida ichkariga uzoqlashib borgan sari
narsalarning ko‘rinish chiziqlari ingichka bo‘lib boradi. Ularning hajmi aniqligi
kamroq seziladi. Eng yaqindagi bilan uzoqdagi obektlarning tusini solishtirib,
oldingi ko‘rinishdagi soyalarni to‘q qilib chizamiz.
Kerakli tuzatishlar kiritilib, surat umumlashtiriladi.
Akvarelda daraxtlar, butalar, o‘t-o‘lanlar, gullar rasmini ishlash. Manzarali
kompozitsiyalar tuzish. Ochiq havoda ishlash. Fasllar: «Kuz», «Qish», «Bahor»,
«Yoz».
40
Rangtasvir xaqqoniy shaklning rangli tuzilishi qonuniyatlariga asoslangan.
Rangtasvirni o‘rganish – bu tekislikdagi rangli shaklning nisbatlari, konstruktiv
qurilishi, xajmi, fazoviy tuzilish usullarini izlash yo‘lidir. Shularga bog‘liq holda
har-bir rassom qalamda buyum va narsalarni perspektiva qonunlariga asoslanib
konstruktiv tuzilishi, fazoviy joylashuvi, nisbat, xajmni mukammal tasvirlay olishi
zarur. Qalamatasvirda rang va tusning yaxlit bir butunlikda garmonik
uyg‘unlashuvi bu haqiqiy rangtasvirdir.
Tasvirda qalamtasvir mukammal bo‘lishi lozim, aks holda turli bo‘yoqlar
ham oddiygina narsa va buyumning qurilishi, xajmini savodli ifodalab bermaydi.
Havo perspektivasiga bog‘liq holda ranglarning nozik o‘zgarishini ifodalovchi,
matoga berilgan rangbarang surtmalar ham, o‘z-o‘zidan fazoviy kenglikni ko‘rsata
olmaydi. Faqat perspektiva qoidalariga to‘g‘ri amal qilib tasvirlangan
qalamtasvirgina ranglarni yanada ham jozibali ko‘rsatadi.
Agar tabiat manzarasi perspektiva qonun-qoidalariga amal qilinmay
tasvirlansa, kenglikni ifodalovchi rangning o‘rni ahamiyatsizdir. Rangtasvirni
rassomlar shunday ta’riflaydi; «Bu 100 % qalamtasvir va 100 % rangtasvirning
bir-biriga chambarchas bog‘liqligidir»
Rangtasvirning jozibali chiqishida qalamtasvirning o‘rni beqiyosdir. Ammo,
mohir rassom, qalamdan foydalanmasdan ishni bo‘yoqlar bilan tasvirlashi ham
mumkin. Ijodkor izlanish jarayonida rangtasvirni qalamtasvir bilan bevosita
bog‘liqligini his etadi. YA’ni, buyumlarning fazoviy joylashuvi, nisbatlarning
aniqligi, ranglarning to‘g‘ri qo‘yilishi, ishni bir butunlikda yakunlanishi ko‘p
jixatdan ijodkorga bog‘liq.
Rassom qalamtasvirni puxta o‘zlashtirib olgandagina, (qog‘ozga to‘g‘ri
joylashtirish, narsa va buyumlarning fazoviy joylashuvi, perspektiva qoidalariga
amal qilish, nisbatlarni to‘g‘ri topish, metodik ketma-ketlikda ishni tuslash va x.k.)
rangtasvirda ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin, aks holda noaniq echilgan
qalamtasvir ishini taxlil etsak, ranglar qanchalik jozibali bo‘lmasin, baribir bu ishni
sifatli deb bo‘lmaydi. SHuning uchun turli rassomlik maktablarining tarixiy
tajribalari shundan guvoxlik beradiki, ta’limning dastlabki bosqichlarida
41
qalamtasvirni mukammal o‘zlashtirish, keyingi jarayonlar uchun zamin yaratadi.
Yosh rassom Odoardo Fioletti Venetsiyaga o‘qishga kelganida, rangtasvirni
mukammal egallash uchun nima qilish kerak degan savoliga Tintoretto shunday
javob bergan: «Rasm chizish!». Rassom bo‘lish uchun yana qo‘shimcha nimalarni
maslahat berar edingiz degan Fiolettining qayta savoliga Tintoretto: «Rasm chizish
va yana rasm chizish!» - rasm chizish, rangtasvirga nafislik va mukammallik ato
etishini haq deb bilgan.
1
Buyuk haykaltarosh Mikelanjelo qalamtasvirda (rangtasvir, xaykaltaroshlik,
me’morchilikda) «har qanday ilmning ildizi va negizini ko‘rgan».
«Qalamtasvir doimo bizga yo‘l ko‘rsatib turuvchi qutb va kompas bo‘lib,
turli bo‘yoqlar okeanida cho‘kayotganlarga najot berish omilidir, - deya
ta’kidlagan Sharl Lebren. Engr o‘z ustaxonasining eshiklariga quyidagi so‘zlarni
yozgan «Bu erga kelgan shogirdlarga qalamtasvirni o‘rgataman, ketayotganda esa,
ular rangtasvir ustasi bo‘lib etishadi».
«Shunday narsa mavjudki, u hamma sanat turlarining asosi hisoblanadi, bu -
qalamtasvir. Kimki qalamtasvir sanatini mukammal egallasa, u rangtasvirni ham,
xaykaltaroshlikni ham o‘zlashtira oladi» - deb aytgan Karachchi. «Har qanday
shaklni ajoyib, nafis qiluvchi ranglar emas, balki aniq chizilgan qalamtasvirdir» –
degan Titsian. U qarigan chog‘larida ham, ko‘mir yoki mel bilan nimalarnidir
tasvirlamagan kuni bo‘lmagan.
«Qalamtasvirni puxta bilmagan, ijod ham qila olmaydi», - deb talim bergan
P.P. Chistyakov. I.E. Repin kunora 2-3 soat qalamtasvir bilan shug‘ullangan, va
uni rangtasvirni asosi deb hisoblagan. A.M. Vasnetsov, P.P. Chistyakovning talim
berish tizimini yodga olib, «uning sevimli mashg‘uloti qalamtasvir» edi, deb
eslaydi. Ashbening Myunxendagi rassom-pedagog maktabida hattoki san’at
Akademiyasini tamomlaganlar ham talim olar, ta’lim berish faqat qalamtasvir
bo‘yicha (shaklning konstruktiv tuzilishi, tus-soya, yorug‘ munosabatlar aks etgan
tasvir, grizayl), uzoq vaqt o‘tkazilgan, shuning natijasidagina shaklni konstruktiv
qurish va tus munosabatlarini puxta egallab, so‘ng ranglar bilan tasvirlashga
1
Санъат усталари санъат ҳақида. М., 1966, Т.2, с.257.
42
o‘tilgan. Etuk rassomlarning yaratgan asarlari shunisi bilan diqqatga sazovorki,
asar kompozitsiyasining mohirona topilganligi, mavzuning dolzarbligi, issiq va
sovuq ranglarning o‘zaro hamoxangligi kishini hayratga soladi. Mashhur
rangtasvirchi rassomlarning ko‘pchiligi avvalambor etuk qalamtasvir ustalaridir.
Bular qatoriga K.P.Bryullov, I.I.Shishkin, V.E.Makovskiy, V.D.Polenov,
I.E.Repin, M.A.Vrubel, V.A.Serov, K.A.Korovin M. Nabiev, R. Axmedov, B.
Jalolov, A. Mirzaev, A. Ikromjonov, I. Xaydarov kabilar kiradi. Rangtasvirda
nozik plastik shaklning mavjudligi, nisbatlarning mutanosibligi, hajm, fazoviy
sifatlar muhim o‘rin egallaydi. Rangtasvirchi rassom naturadagi ana shu jixatlarni
to‘laqonli aks ettira olsagina maqsadga muvofiq bo‘ladi. Agarda bu jihatlar mavjud
bo‘lmasa, tasvir o‘ta ehtiyotsizlik, pala-partishlik bilan ishlangan sifatsiz ish deb
baholanadi.
Tasviriy san’atda mohirona ijod qilish uchun yosh shogird rassom quyidagi
bilim va malakalarni puxta o‘zlashtirmog‘i lozim:
1. Kuzatuv perspektiva (ufq chizig‘i, yassi jismlar va ufq chizig‘i
perspektivasi) elementlari. Tekisliklar bilan chegaralangan jismlarni konstruktiv va
perspektiv qurilishi (kub, prizma, interer va eksterer).
2. Silindr shaklidagi jismlarning perspektiv qurilishi.
43
3. Geometrik shakllarda soya-yorug‘ munosabatlari (kub, silindr va shardagi
soya-yorug‘ning taqsimlanishi, havo perspektivasining elementlari).
4. Qalamtasvirda hajm, fazo va materiallikni tasvirlash usullari (turli
materiallarni soya-yorug‘ xususiyati, tus munosabatlari, hajmni ko‘rsatishda chiziq
va «shtrix»ni o‘rni, fazo va moddiylik).
Nazariy bilimlar bilan amaliy jihatdan ham katta tajribaga ega bo‘lmoq
lozim: qo‘yilmadagi nisbatlarni aniq topish, nozik perspektiv o‘zgarishlarni seza
bilish, tasvirni qog‘oz yuzasida asosli-konstruktiv qurish va joylashtirish, shakl
hajmini tushayotgan soya-yorug‘ orqali mohirona ifoda etish hamda ishni tus
jixatdan yaxlit bir butunlikda yakunlash zarur. Qo‘yilmani turli ranglarda bajarish
ham mas’uliyatli vazifadir, chunki rangtasvirda rang va tus munosabatlari yaxlit bir
butunlikka asoslanadi. SHakl xajmini tasvirlashda tusni o‘rnini to‘g‘ri
tushunmaslik turli chalkashliklarga olib keladi.
Demak eng muhimi ishni tus jihatdan yaxlit bir butunlikka erishib yakunlash
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |