Budjet hisobi


Naqdpulni qabul qilish, berish



Download 10,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/246
Sana01.02.2022
Hajmi10,46 Mb.
#424247
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   246
Bog'liq
budjethisobi

Naqdpulni qabul qilish, berish 
hamda vaqtincha saqlash uchun mo ‘Ijallangan, alohida ajratilgan va 
maxsus jihozlangan xona kassa deb ataladi.
 
Budjet tashkilotlarining 
rahbarlari kassaning tegishli ravishda jihozlanishi va pulning kassa 
xonasida saqlanishini, shuningdek, uni bank muassasasidan olib 
kelish hamda bank muassasasiga topshirilishi vaqtida but saqlanishini 
ta’minlashlari shart. Rahbarlaming aybi bilan pul m ablag‘larini saqlash 
va tashish vaqtida pulning but saqlanishi uchun zarur shart-sharoitlar 
yaratilmagan hollarda, ular qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka 
tortiladi.
Tashkilotlaming kassalari zarur bo‘lgan hollarda sug‘urta tash- 
kilotlari tomonidan sug'urta qilinishi mumkin. Kassa xonasi alohida 
ajratilgan bo‘lishi, eshiklari esa, operatsiyalami amalga oshirish vaqtida 
ichkaridan qulflanadigan b o ‘lishi kerak. Kassa ishiga aloqador b o ‘lmagan 
shaxslaming bu xonaga kirishi man etiladi.
Budjet tashkilotlaridagi barcha naqd pul va qimmatli qog‘ozlar, 
odatda, yonmaydigan metall javonlarda saqlanadi. Ular kassa ishi


tugaganda kalit bilan qulflanadi va kassiming surg‘uchli muhri bilan 
muhrlanadi. Metall javonlaming kalitlari va muhrlar kassirlarda saqlanadi 
hamda ularni kelishilgan joylarda qoldirish, begona shaxslarga berish 
yoki hisobda turmagan dublikatlarini tayyorlash taqiqlanadi. Metall 
javonlar turgan xonalaming eshiklarini ochiq qoldirish, shuningdek bu 
javonlaming eshiklarida kalitlarni qoldirish qat’iyan man etiladi.
Kalitlaming hisobda turgan dublikatlari paketlar, qutichalar va 
shu kabilarga solinib, kassirlar tomonidan muhrlanadi va budjet 
tashkilotilarining rahbarlarida saqlanadi. Kamida har oyda bir marta 
komissiya tekshimvi o ‘tkaziladi. Kalit y o ‘qolganligi aniqlangan hollarda 
budjet tashkilotining rahbari ichki ishlar organlariga bu haqda xabar 
beradi va zudlik bilan metall javonni almashtirish chorasini k o ‘radi.
Muayyan budjet tashkilotiga tegishli bo'lmagan naqd pul va boshqa 
qiymatliklarni kassada saqlash taqiqlanadi.
Kassa xonasini va metall javonlarni ochishdan oldin kassir qulflar, 
eshiklar, deraza panjaralari va muhrlarning butligini ko‘zdan kechirishi 
hamda qo‘riqlash tizimi soz holatda ekanligini tekshirib, bunga ishonch 
hosil qilishi kerak.
Muhr shikastlangan yoki buzilgan, qulf, eshik va panjaralar buzilgan
sindirilgan hollarda kassir zudlik bilan bu haqda budjet tashkilotining 
rahbarini xabardor qiladi. U esa, sodir bo‘lgan voqea to ‘g ‘risida ichki 
ishlar organlariga xabar beradi va militsiya xodimlari yetib kelguniga 
qadar kassani qo‘riqlash choralarini ko‘radi.
Bunday hollarda, budjet tashkilotining rahbari, bosh buxgalteri 
yoki ulaming o ‘mini bosuvchi shaxslar hamda kassir, ichki ishlar 
organlarining mxsatini olgandan keyin, kassada saqlanayotgan pul 
m ablag‘lari va boshqa qiymatliklar mavjudligini tekshiradi. Bu tekshiruv 
kassa operatsiyalari boshlangunga qadar amalga oshiriladi. Tekshiruv 
natijalari to‘g ‘risida to‘rt nusxada dalolatnoma tuziladi va u tekshiruvda 
qatnashgan barcha kishilar tomonidan imzolanadi. Dalolatnomaning 
birinchi nusxasi-ichki ishlar organlariga, ikkinchisi-agar tegishli 
shartnoma tuzilgan b o ‘lsa, sug‘urta kompaniyasiga, uchinchisi-yuqori 
tashkilotga (agar u mavjud bo ‘lsa) beriladi, to‘rtinchisi esa, mazkur 
budjet tashkilotida qoladi.


Ishchi va xizmatchilaming moddiy javobgarligi to ‘g ‘risida amal- 
dagi qonunchilikka muvofiq, kassir o ‘zi qabul qilib olgan barcha 
qiymatliklarning but saqlanishi uchun hamda tashkilotga qasddan 
qilingan harakatlar, shuningdek, o ‘z vazifalariga pala-partish va sovuq- 
qonlik bilan qarashi natijasida yetkazilgan zarar uchun to‘la moddiy 
javobgar hisoblanadi.
Kassimingishgatayinlanganligito‘g‘risidabuyruq(qaror)chiqarilganidan 
keyin, budjet tashkilotining rahbari kassimi imzo chektirib 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy bankining «Yuridik shaxslar tomonidan kassa 
operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari» bilan tanishtirishi, bundan so‘ng 
kassir bilan uning to‘la shaxsiy moddiy javobgarligi to‘g‘risida shartnoma 
tuzilishi kerak. Kassir to‘la moddiy javobgarligi to‘g ‘risida o‘zining shaxsiy 
delosida saqlanadigan majburiyat beradi.
Shtatbo‘yicha kassir lavozimi bo ‘lmagan kichik budjet tashkilotlarida 
naqd pul bilan to ‘lanadigan operatsiyalar budjet tashkiloti bo ‘yicha 
buyruq bilan rasmiylashtiriladigan hisobdor shaxslar orqali amalga 
oshiriladi. Kassir o ‘ziga topshirilgan ishni boshqa shaxslarga ishonib 
topshirishi man ctiladi.

Download 10,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish