Savol va topshiriqlar 1. Bajargan ishlari yoki ishlagan vaqti uchun ishchi va xizmatchilarga hisoblangan ¡sh haqi summasiga qanday buxgalteriya provodkasi tuziladi? 2. Pensiya fondiga hisoblangan yagona ijtimoiy to'lov summ asiga qanday buxgalteriya provodkasi tuziladi? 3. Ishchi va xizmatchilarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo'yicha hisoblangan nafaqalar summasiga qanday buxgalteriya provodkasi tuziladi? 4. Ishchi va xizmatchilarning ish haqidan ushlangan daromad solig'i summasiga qanday buxgalteriya provodkasi tuziladi? 5. Ishchi va xizmatchilarning ish haqidan pensiya fondiga ushlangan majburiy ijtimoiy sug'urta to'lovi summ asiga qanday buxgalteriya provodkasi tuziladi? 6. Ishchi va xizmatchilarning ish haqidan muqobil xizmatlar foydasiga va ijro varaqalari bo'yicha ushlanganida qanday buxgalteriya provodkasi tuziladi?