86
etadi. U davlat byudjetining uchdan birini tashkil etadi. Valyuta kirimining 37%ini ta‘minlaydi.
1960 yildan OPEK a‘zosi. neft‘ qazib oluvchi davlatlar ichida Saudiya Arabistoni va RF dan
keyingi o‘rinda turadi. YaMM 310 mlrd. AQSH dollari. jon boshiga esa 4720 AQSH dollarni
tashkil etadi.
Mamlakatda temir yo‘llari uzunligi 4850 km. avtomobil‘ yo‘llarining uzunligi 140.1
ming km. ichki daryo yo‘llari 904 km.ni tashkil qiladi.
Mamlakatda ijtimoiy muammolar anchagina. mehnatga yaroqli aholining 20%ishsiz.
valyuta-moliyaviy ahvoli ham ancha mushkul. davlat byudjetining kamomadi 3 mlrd. AQSH
dollarini tashkil etadi. Mamlakatning tashqi qarzi 12 mlrd. AQSH dollar. amaldagidan 2-3 marta
ortiq. tashqi savdo aylanmasi 45 mlrd. AQSH dollari atrofida. kamomadi 5 mlrd. AQSH dollar.
ya‘ni passiv sal‘do. Mamlakatning asosiy savdo sheriklari Yaponiya. Germaniya. Italiya va
boshqa iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar. ularga savdo aylanmasining 75%i to‘g‘ri keladi.
Mamlakat yer yuzasining yarmidan ko‘prog‘ini tog‘lar tashkil etadi. Eron jahondagi
eng qadimiy davlat bo‘lib. tarixi va madaniyati nihoyatda boy. Eronda xalqaro turizmni
rivojlantirish imkoniyatlari juda katta. Lekin shunga qaramasdan turizm nihoyatda darajada sust
rivojlangan.
Xozirgi
kunda
olib
borilayotgan
tayyorgarlik
ishlari.
siyosatning
demokratlashtirilgani tufayli turizm ancha jonlandi. 2002 yilda Eron Islom Respublikasiga 1.342
mln. xorijiy turistlar tashrif buyurgani kuzatilgan. Bu ko‘rsatkich 2000 yilga nisbatan 1.6% ga
o‘sgan. Janubiy Osiyo mamlakatlariga qilingan tashriflarning 22% Eron Islom Respublikasiga
to‘g‘ri kelgan.
Eron Islom Respublikasining xalqaro turizm harakatlarining iqtisodiy tahlil natijasi
ko‘rsatishicha. jahon turistik tashriflarining 0.19%i. Janubiy Osiyo mintaqasiga qilingan
tashriflarning 22%i Eron Islom Respublikasiga to‘g‘ri kelgan. 2001 yilga nisbatan 2002 yilda
xorijiy turistlar tashrifi 1.6% ga ko‘paygan.
Xalqaro turizm tushumlari bo‘yicha jahon turizm daromadlarining 0.2%i. Janubiy
Osiyo mintaqasi tushumlari bo‘yicha 21.7%ni tashkil qilgan. 2001 yilga nisbatan 2002 yilda
daromadlar miqdori 1.5%ga o‘sganligi kuzatilgan (5.14.1-jadval).
Har bir xorijiy tashrif Eron Islom Respublikasida 750 AQSH dollarni tashkil etgan. Bu
ko‘rsatkich jahon bo‘yicha 11.1%ga. Osiyo mintaqasi bo‘yicha 4.2% ga yuqori bo‘lgan.
Qadimdan O‘zbekiston va Eron munosabatlarida hamma sohalarda mushtaraklik
mavjud bo‘lgan.
Eron Islom Respublikasi 1991 yil 25 dekabrda O‘zbekiston Respublikasini tan oladi va
1992 yilning 10 mayida diplomatik munosabatlar o‘rnatiladi. o‘zaro elchixonalar faoliyat
ko‘rsatmoqda.
Buyuk Ipak Yo‘li Mashhad orqali o‘tganligi munosabati bilan siyosiy. iqtisodiy va
madaniy aloqalar tarixan rivojlangan. Hozirgi kunda Osiyo mintaqasida bo‘layotgan ijobiy
o‘zgarishlarda muhim o‘rinni egallayotgan Eron Islom Respublikasi bilan O‘zbekiston
Respublikasi munosabatlari yangi bir pallaga kirib bormoqda va o‘zaro manfaatli aloqalar
o‘rnatilmoqda. O‘zbekistonda Eron Islom Respublikasi bilan 35 tadan ortiq qo‘shma korxonalar
faoliyat ko‘rsatmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: