95
Dunyodagi hech qaysi materik mustamlakaChilik zulmi va qul savdosi bo‘yicha
Afrikachalik jafo chekkan emas. XX asr boshiga kelib butun Afrika mustamlaka materigiga
aylandi va bu hol ko‘p jihatdan hamma sohalarda qoloq bo‘lib qolishini belgiladi. Ikkinchi jahon
urushidan so‘ng mustamlakaChilik tizimi qadamma-qadam tugatila bordi va hozirgi kunda
mintaqada 55 mustaqil mamlakatlar mavjud. Bularning deyarli barchasi ozodlikka erishgan
mamlakatlar qatoriga kiradi. Janubiy Afrika respublikasi iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar
toifasiga kiradi. Afrika ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatgichlari bo‘yicha boshqa
mintaqalardan ancha orqada. Buning ustiga bu qoloqlik xatto hozirgi kunda ortib bormoqda.
Afrika mamlakatlarining ko‘pchiligi hududiga ko‘ra Yevropa mamlakatlaridan yirikdir.
Afrika mintaqasida hududiga ko‘ra eng katta mamlakat Sudan (2.5 mln. kv. km.) hisoblanadi. U
Yevropa mamlakatlarining eng kattasi bo‘lgan Frantsiyadan 4-5 baravar katta. Jazoir. Zoir.
Liviya. Angola. Efiopiya. JAR ham maydoniga ko‘ra Frantsiyadan 2-3 baravar katta. Afrika
mintaqasida yer resurslari ancha katta bo‘lishiga qaramasdan yer osti boyliklari. foydali
qazilmalari. suv resurslari nihoyatda notekis taqsimlangan. bunday holat Afrika mintaqasi
mamlakatlarini rivojlanishiga katta to‘sqinlik qiladi.
Afrika yer yuzidagi «eng issiq materik». binobarin u issiqlik resurslari bilan juda yaxshi
ta‘minlangan. Biroq materik hududi bo‘ylab suv resurslari nihoyatda notekis taqsimlangan.
Bunday holat qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarining rivojlanishiga va umuman aholisining
hayotiga juda katta salbiy ta‘sir ko‘rsatadi.
Afrika mintaqasi aholisining etnik tarkibi bilan bog‘liq muammolar ham talaygina va
juda xilma-xildir. Etnograf olimlar materikda 300 dan 500 tagacha etnosni. ya‘ni xalq. qabila.
qavm. urug‘ elat va hokazolarni ajratadilar. Ularning ayrimlari. ayniqsa Shimoliy Afrikada. yirik
millatga aylanib bo‘ldilar. biroq ko‘pchiligi hamon elat va qabila darajasida qolib kelmoqdalar.
buning ustiga ko‘p joylarda urug‘-qabilaChilik tizimini qoldiqlari saqlanib kelmoqda.
Afrikaning ozodlikka erishgan mamlakatlarida ilgari. ya‘ni mustamlakaChilik davridagi
chegaralar hamon saqlanib kelmoqda: vaholanki. ular bir vaqtlar aholining etnik xususiyatlarini
hisobga olmay o‘tkazilgan edi. Buning natijasida ko‘plab yaxlit xalqlar davlat chegarasining ikki
tomonida qolib kelmoqda. Bu hol hanuz etnoslararo ziddiyatlar va hududiy ixtiloflarga sabab
bo‘lmoqda. ular ko‘pincha harbiy to‘qnashuvlarga. «etnik qochoqlar» sonining ko‘payib
ketishiga olib kelmoqda. O‘tmish sarqitlaridan yana biri shuki. xanuz ko‘pChilik Afrika
mamlakatlarida davlat tili sobiq metropoliyalar tili. ya‘ni ingliz. frantsuz. portugal tillari bo‘lib
qolmoqda.
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan jiddiy muammolar mintaqada nafaqat xalqaro turizmini boshqa
sohalarni ham rivojlanishiga salbiy ta‘sir ko‘rsatib kelmoqda.
Afrika juda katta tabiiy va aholi salohiyatiga qaramay. hamon dunyo xo‘jaligining
hamma sohalari bo‘yicha eng qoloq qismi bo‘lib kelmoqda. Binobarin. mintaqa hozirgi
rivojlanish bosqichining bosh vazifasi ijtimoiy-iqtisodiy tub o‘zgarishlarni jadallashtirish orqali.
murakkab muammolarni o‘z vaqtida hal etishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: