O`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti pedagogika fakulteti


Ozbekistonning yangilanish va rivojlanish yo’li asosiy to’rtta asosiy



Download 6,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/208
Sana01.02.2022
Hajmi6,34 Mb.
#423826
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   208
Bog'liq
Texnologiya Toliq Majmua.

Ozbekistonning yangilanish va rivojlanish yo’li asosiy to’rtta asosiy 
negizga asoslanadi: Bu negizlar: 
1.Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik; 
2.Xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish; 
3.Insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi; 
4.Vatanparvarlik. 
Fuqaro tarbiyasining asoslaridan biri millat, xalq ular mazmunini o’qganish 
orqali, milliy o’zlikni anglashni qaror toptirish ishi sanaladi. “O’tmishsiz kelajak 
bo’lmaydi”- mazku shior, mustaqil ravishda taraqqiyot yo’lidan borayotgan 
Respublika hayotining bosh me’ziniga aylangan. O’tmish mutafaqqirlarining 
qarashlari, boy ma’naviy meros g’oyalari bugungi avlod uchun dasturi amal 
bo’lishi lozim. Allomalar xalq qahramonlarini hayotini o’rganish, millat va 
shaxsga inson sifatida kim ekanligini anglab yetishga yordam beradi.
Milliy qadriyatlar g’oyalarini o’rganish, asrlar davomida ardoqlanib kelgan 
an’analar, urf-odatlar, marosimlar millatni shu qadar jipslatiradi. Yosh avlod 
tarbiyasi negizida xalq o’tmishi, tarixini o’rganish milliy qadriyatlar mohiyatini 
anglashga yo’naltirilgan faoliyatga o’quvchilarni jalb qilish tarbiyada ko’zlangan 
maqsadga eltuvchi yo’l sanaladi. 


Bоlаlаrning ijоdiy hаrаkаtlаri аsоsаn texnologiya hаmdа tаsviriy sаn`аt 
fаоliyatidа (rаsm chizish, lоy ishi, qоg`оzdаn hаr nаrsаlаr yasаsh kаbi) nаmоyon 
bo`lаdi. Bоlаlаr o`zlаrining o`yin vа tаsviriy fаоliyatlаridа kаttаlаrning 
mеhnаtlаrini tаqlidiy tаrzdа qаytа tiklаb, mеhnаt hаyotini fаоl rаvishdа o`zlаshtirа 
bоshlаydilаr. Bu ulаrning mеhnаt fаоliyatigа vatanparvarlikka tаyyorlаnishlаridа 
kаttа аhаmiyatgа egаdir. 
Mehnat an’analarini o’quvchilarga singdirishda 
Mirzo Boburning haoti bilan 
bo’gliq hikoya bilan tanishamiz.
Falakning gardishi bilan Mirzo Bobur Hindiston degan yurtga borib qolib, u 
yerning sultoni bo'libdi. Hindiston bog'-rog'i ko'p, meva-chevaga boy yurt ekan. 
Bobur "mendan yodgorlik qolsin" deb Hindistonning ko'rkam joyiga bir bog' barpo 
ettiribdi. Dunyodagi eng katta bu bog'ga turli yurtlardan nihollar keltirib ektiribdi. 
Xalq dunyoga dong'i ketgan bu bog'ga "Bog'i Boburiy" deb nom qo'yibdi. Bog'dagi 
daraxtlar hosilga kirib, biram meva beribdiki, ularni hech yerga sig'dirib bo'lmabdi.
"Bog'i Boburiy"ning bir chekkasi rezavor ekan. Unda piyoz, sabzi, bodring, tarvuz 
bitibdi. Ammo handalak bilan qovun bo'lmabdi. Shoh bir yil qovun ektiribdi, 
bitmabdi, ikkinchi yil ektiribdi, bitmabdi, uchinchi yil ham ektiribdi, baribir qovun 
bitmabdi. Qovun bitishga bitibdi-yu, birinchi yili gulidayoq hosilini tashlab 
yuboribdi, ikkinchi yil palagi "o'lib qolibdi", uchinchi yil pishib yetmay turib so'lib 
qolibdi. Boburshoh bo'Isa qovun topishni talab qilaveribdi. 
—Bu yil qovun ekib pishirmasanglar, hammangizni jazolayman—deya 
g'azablanibdi. 
Bog'bonlar nima qilishni bilmay rosayam boshlari qotibdi. 
Oxiri Boburshohga bildirmay, uzoq Farg'onadan qovun olib kelishga ahd 
qilishibdi. Boburshoh bir necha oyga ovga ketib, qaytib kelgach, bog'bondan 
qovun yo'qlatibdi. 
Bog'bonlar Farg'onadan keltirilgan qovunni olib borishibdi. 
Boburshoh qovunni hidlab ko'rib: 
— Qayerda bitgan? —deb so'rabdi. 
— "Bog'i Boburiy"da bitgan,--deb javob beribdi bog'bon. 
— Yo'q, hidi boshqacha. Bunday hidli qovun bu yerlarda bitmaydi, faqat bir 
o'lkada yetishadi, xolos. Sen meni aldayapsan, debdi Boburshoh. 
—Aldagan bo'lsam, bilganingizni qiling, shohim. Bu qovun "Bog'i Boburiy"da
bitgan, debdi bog'bon so'zidan qaytmay. Boburshoh qovunni
hidlay-hidlay bo'yiga mast bo'lib, uni tilimlamoqchi bo'libdi.
Qovun pichoq tegar-tegmasdan tarsillab yorilib ketibdi.
Boburshoh bog'bonga qarab: 
— Yolg'on gapiribsan, qovunni qayerdan keltirganingni ochiq
aytasan. Pichoq tegar-tegmay yorilib ketadigan qovun faqat men
bilgan o'lkadagina bitadi. Sen mening savolimga to'g'rijavob bermading, 
qahrim qattiqligidan qo'rqmaysanmi,--debdi. 
Oliyhazrat, aldasam boshimni tanimdan judo qiling. Mayli, men roziman. Siz 
ko'rib 
turgan 
qovun 
"Bog'i 
Boburiy"da 
bitgan,
debdi"-bog'bon yana bilmagan bo'lib. 


Tilida shunday debdi-yu, ichida: Boburshoh qani polizni ko'rsat, deb qolsa 
holim nima kecharkin, deb o'ylab vahimaga tushibdi. Buni Boburshoh sezibdi-yu, 
o'zini bilmaganga olibdi. Boburshoh qovunni so'yib, bir tilim olibdi-da, uni yeya 
boshlabdi. Qovun shirinligidan tilni yorar emish. Boburshoh qovun tilimini yeb 
bo'lib, bog'bonga qarabdi: 
-Yo'q, sen meni aldayapsan. Bunaqa shirin, tilyorar qovun bu yerlarda bitmaydi. 
Boshqa joydan keltirgansan. To'g'risini aytsang, gunohingdan kechaman. Bordi-yu, 
meni aldab yana yolg'on gapiradigan bo'lsang, boshingni tanangdan judo etaman,-
debdi. 
Boburshohni aldab bo'lmasligini bilgan bog'bon rostini aytishga majbur bo'libdi. 

Farg'ona 
viloyatidan 
keltirdik,
debdi ko'ziga jiqqa yosh olib. 
Bog'bonning gapidan Boburshohning ko'ngli buzilib, yig'lab yuborishiga ozgina 
qolibdi. Bog'bon: 
— Qovun bu yerdan emasligini qayerdan bildingiz, shohim?,-debdi. 
— Hidi, pichoq tegar-tegmas yorilib ketishi va tilni yorar
shirinligidan ona yurtim qovuni ekanligini angladim. Rahmatli otam
bog'idagi "polizda shunaqa shakarpalak ko'p bitardi. Uzoq Hindu
yurtida turib yurtim shakarpalagi bilan siylaganing uchun gunohkor
bo'lmay, in'om-ehsonga loyiqsan. 
Boburshoh bog'bonga rahmatlar aytib, bosh-oyoq sarpo beribdi.
Texnologiya ta’limida mehnat an’analari mujasam bo’lgan xalq og’zaki 
ijodi, milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz, mutafakkirlar qoldirgan meroslar 
orali o’quvchilarni tanishtirib borish muhim vazifa hisoblanadi. 

Download 6,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish