O`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti pedagogika fakulteti


Aqliy va jismoniy mehnat turlarini integratsiyalash



Download 6,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/208
Sana01.02.2022
Hajmi6,34 Mb.
#423826
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   208
Bog'liq
Texnologiya Toliq Majmua.

 
Aqliy va jismoniy mehnat turlarini integratsiyalash. 
 
Mehnat inson hayotini bezaydi. Biz ishlatayotgan bu yumlar, kiyimlar,
iste’mol qilayotgan taomlar barchasi kimningdir mehnati tufayli yuzaga keladi. 
Insonning qo‘li – gul. U istasa, toshda gul undirishi, oddiy loydan bejirim
buyumlar 
yasashi 
mumkin. 
Mehnat turlari ikkiga bo’linadi aqliy mehnat turi va jismoniy mehnat turiga 
ajratiladi. Jismoniy mehnat turlariga qo’l mehnat i bilan bajariladigan mehnat ishlari 
kiradi. Jismoniy mehnat turida qo’l, oyoq muskullari harakat qiladi. Bu sog’ligimiz 
uchun ham foydali. Jismoniy mehnat turiga plastilin bilan ishlash, loydan turli xil 
buyumlar yasash, xona gullariga qarash(tagini yumshatish, suv quyish), maktab 
hovlisida ishlash(hovlini supurish, ko’chat ekish, gul ekish, yerlarni yumshatish, 
daraxtlarni oqlash kabi ishlar) kabi mehnat ishlarini misol keltirishimiz mumkin.
 
Masalan, loy bilan ishlash darsidan misol keltiramiz. Dars uchun kerakli loy bir 
kun oldin tayyorlab qo‘yiladi. 3 kg yoki 5 kg gacha bo‘lgan sof tuproq olib, 
kesaklari maydalanadi, chelakka solib, ustiga suv quyib, ertalabgacha ivitib 
qo‘yiladi. Yaxshi ivigan bu loy ertalab yog‘och yoki qo‘l bilan obdon qoriladi, 
natijada biror buyum yasash uchun yaroqli, yaxshi pishitilgan, muloyim loy hosil 
bo‘ladi. Loy qurib qolmasligi uchun uni chelakka solib, ustiga ho‘l latta yopib 
qo‘yish kerak. O‘qituvchi bolalarga loyni ko‘rsatib (bir necha xilini ko‘rsatilsa juda
ma’qul bo‘ladi), uning asosiy xususiyatlarini ya’ni loy tabiatda ko‘p topiladigan 
material ekanligini uning quriganda toshdek qattiq bo‘lishini, ivitilganda yumshoq 
va cho‘ziladigan, muloyim bo‘lishini, undan har xil buyumlar yasash mumkinligini 
va o‘ziga berilgan shaklni yaxshi saqlab qolishini o‘quvchilarga alohida 
tushuntiradi.
Buyumlar yasash uchun sof tuproq bo‘lmagan taqdirda hamma joyda
topiladigan oddiy tuproqdan foydalanish mumkin. Bu tuproqni tayyorlashdan oldin 
uning kesaklarini maydalab, qum va toshlardan tozalash kerak. Tozalangan 
tuproqqa suv qo‘shib aralashtiriladi. Aralashma yaxshi aralashishi uchun oz 


miqdorda yog‘ va maydalangan qog‘oz aralashtiriladi.Tayyorlangan loy ustiga 
ho‘l latta yopib qo‘yiladi. O‘qituvchi loy bo‘lagini pichoq yoki bir panchasi bilan 
taxminan har biri 50–60 gr kichik bo‘laklarga bo‘ladi. Navbatchilar bu bo‘laklarni 
o‘quvchilarga ulashib beradi.O‘qituvchi shar hosil qilish uchun loyni kaftlar 
orasiga olib, qanday dumoloqlash kerakligini ko‘rsatib beradi. So‘ngra 
o‘quvchilarga shakli boshqa 2–3 xil olmalar (mulyajlardan) ko‘rsatiladi. Bu 
namunalar ko‘zga ko‘rinadigan joyga qo‘yiladi. O‘qituvchi bolalarni guruhlarga 
(masalan, partalarning qatoriga qarab) bo‘lib har qaysi guruhlarga loy bo‘laklari 
tarqatiladi. O‘qituvchi parta oralarida aylanib yurib o‘quvchilarga olmani qanday
yaratish kerakligi to‘g‘risida yo‘l-yo‘riq berib turadi. Eng yaxshi ishlangan 
namunalarni butun sinfga ko‘rsatiladi. O‘qituvchi loydan yasalgan buyumlarni 
mayda detallarga ishlov berish uchun eng oddiy yog‘och qalamdan foydalanish 
usullarini ko‘rsatadi.
O‘qituvchi bolalarning yasagan buyumlarini shaklini analiz qila olish va 
uning ayrim qismlarining katta-kichikligi jihatidan bir-biriga nisbatan farqlay olish 
qobiliyatini o‘stirishga alohida e’tibor beradi. O‘qituvchi bolalarga uyda loydan 
buyum yasab kelishni topshiradi, shakli murakkab bo‘lgan buyumlar yasashga 
berilib ketmaslik to‘g‘risida maslahat beradi va tozalikka hamda tartibga rioya 
qilib, puxta ishlashni tavsiya etadi. 
Ko’rib turganimizdek ushbu dars turini ham tabiatshunoslik fani bilan 
integratsiyalashimiz mumkin. Dars jarayonida tuproq to’g’risida, uning turlari, 
qanday qilib loy hosil qilish mumkinligi to’risida ma’lumot berib ketamiz. Tuproq 
osti qatlami nimalardan tashkil topiladi degan qiziqarli savollarga javob topishimiz 
mumkin va kerakli ma’lumotlardan so’ng ishni boshlashimiz mumkin. 
Plastilin bilan ishlash ham huddi shunday. Bu ham jismoniy mehnat 
turiga kiradi. Plastilin bilan ishlashda ham bosqichma-bosqich o’qituvchining 
ko’rsatmasiga binoan, tozalikka e’tibor bergan holda ishlashimiz kerak. 
Aqliy mehnat turiga aqlan o’ylab, fikrlab bajariladigan mehnat ishlari 
kiradi. Masalan, rangli qog’ozlar bilan ishlash(applikatsiya tayyorlash, turli xil 


hayvonlar maketlarini yasash), chiqindi materiallari bilan ishlash, tikish, bichish 
kabi mehnat turlarini misol keltirishimiz mumkin. 

Download 6,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish