4
Boshlang’ich sinfda bolalar faqat o’simliklarni o’stirishga oid bilim va
malaka hosil qilish bilangina cheklanmay, balki eng muhimi qishloq xo’jaligi
Mehnatini sevishlari, uyushib ishlashlari va maqsadga erishish uchun astoydil
harakat qilishlari kerak.
2 sinf dasturida ko’zda tutilgan qishloq xo’jaligi Mehnat i turi va
murakkabligi jihatdan xilma-xildir, binobarin bolalar bu ishlarni bajarishga
uyushtirish ham har xil bo’ladi. Bu bolalarning tayyorgarlik darajasi va ma’lum
bir ravishda ularning oldiga qo’yilgan maqsadiga bog’liq. O’qituvchining
vazifasi Mehnatni mumkin qadar bolalarning uyushqoqligini, do’stligini va
o’rtoqlarcha o’zaro bir-biriga yordam berishni mustahkamlaydigan formada
tashkil etishdir.
3 sinfda bolalar sabzovat, gulli va manzarali o’simliklarni ko’chat qilib
o’stirishga oid tajriba almashish ishlarining asosiy mavzusi o’simliklarni
o’sishi va rivojlanishini boshqarishning usul va vositalari bilan tanishadilar.
Uchinchi sinfda o’quvchilar ikkinchi sinfda boshlagan ayrim o’simliklarni
turlarini o’rganish va navlarini sinash ishlarini davom ettirish bilan birga,
o’simliklarni o’g’itlash va qo’shimcha oziqlantirishni tajriba qiladilar.
3-sinfda o’quvchilar pamidor ko’chati yoki bir yillik gulli, manzarali
o’simliklarning o’sishi va rivojlanishi uchun qo’shimcha oziqlantirishga
tegishli eng yaxshi o’g’itni aniqlaydilar. Shu maqsadda bolar bir yashikdagi
ko’chatni to’liq mineral o’g’it eritmasi bilan, ikkinchisini organik o’g’it
eritmasi bilan, uchunchi yashikdagini esa mahalliy o’g’it bilan oziqlantiradilar.
Qishloq xujaligi darslarini sinfda xam maktab uchastkasida xam
muvaffaqiyatli o’tkazishning asosiy sharti barcha o’quvchilarni ish bilan band
bulishidir.
Agarda sinfda 30 tadan ortik o’quvchi bulsa, sinfni ikki guruhga ajratish
maqsadga muvofiqdir. O’quvchilarni maktab uchastkasiga olib chiqishdan
oldin ularga xatti-harakat qoidalarini eslatish lozim. Ayniqsa xaskash, ketmon
kabi dexqonchilik asboblari duch kelgan joyga tashlansa o’tgan odamning
oyog’iga urilib jarohatlashi mumkin.
O’quvchilarga qishloq xo`jaligi ekinlarini parvarish qilish ishi ularning
o’sish va rivojlanishini, ular tomonidan muntazam kuzatilishini tashkil etish
kerak. Kuzatishni ikki bosqichda amalga oshirish mumkin: birinchisi –
o’simlikni rivojlanishining turli bosqichlarida bevosita kuzatish, ogzaki
tasvirlash, ularni ulchash. Ikkinchisi - kuzatish natijalarini qayd etish.
O’quvchilar o’qituvchi aytib turgan narsalarni kuzatish daftariga yozadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: