2. Davlat - bosh islohotchi.
Totalitar tuzumdan voz kechilgan-
dan keyin birdaniga o‘zini-o‘zi nisbatan tartibga soladigan yetuk
rivojlangan iqtisodiy mexanizm vujudga kelib qolmaydi. Shu boisdan
ma’muriy-buyruqbozlikka, markazlashgan iqtisodiyotga asoslangan
tuzum qoldiqlarini yemirish, bartaraf etish, turli ziddiyatlarni, qarshi-
liklarni yengish, yangi munosabatlarni qaror toptirish uchun muayyan
o‘tish davri kerak. Ziddiyatlarga boy o‘tish davri sharoitida
iqtisodiyotni, islohotlarni o‘z holiga tashlab qo‘yib bo‘lmaydi.
O‘zbek modelining mazkur tamoyilini ilmiy asoslar ekan, Islom
Karimov quyidagilarni ta’kidlaydi: «O‘tish davrida davlat xalq xo‘ja-
ligining, ayniqsa, uning asosini, tizimini belgilaydigan tarmoqlarning
faoliyatini qo‘llab-quvvatlashi, narx-navolarni tartibga solib turishi,
soliq solish va qarz berishda imtiyozlar yaratishi, shuningdek, bevo-
sita yordam ko‘rsatish yo‘li bilan ana shu tarmoqlarga madad berishi
lozim».
1
1
Каримов
И
.
А
.
Ўзбекистон
:
миллий
истиқлол
,
иқтисод
,
сиёсат
,
мафкура
.
Асарлар
тўплами
. 1-
жилд
,
Т
:.
Ўзбекистон
, 1996. 302-
б
.
94
Islom Karimovning bu so‘zlari davlatning bosh islohotchi sifa-
tidagi vazifasi nimadan iborat ekanligini ochib beradi va ayni paytda
turli ijtimoiy guruhlarning, nodavlat va jamoat tashkilotlarining, alo-
hida shaxslarning islohotchilik tashabbuslari va faoliyatlari cheklan-
masligini, aksincha, davlat ularga yordam berishini bildiradi.
Sotsializm davrida hamma narsa - nafaqat boshqaruv, hatto mulk
ham davlatlashtirilgan edi. Davlat ijtimoiy hayotning barcha sohala-
rini qattiq yalpi nazoratga olgan edi. Ijtimoiy hayotning yalpi nazorat
qilinishi va aholining ongi to‘liq boshqarilishi totalitarizm deyiladi.
Lekin, o‘zbek modelida davlat bosh islohotchi bo‘lishi uning
sotsializm davridagidek, boshqaruvni yuz foiz qo‘lga olib yalpi
nazorat o‘rnatishini yoki rejali markazlashgan iqtisodiyot tamoyil-
larini, usullarini saqlab qolishini bildirmaydi. Balki ishlab chiqarish
korxonalari ichki faoliyatiga davlat aralashmasdan, mahsulotga
buyurtma berish, soliq imtiyozlari, investitsiyalar va shu kabi usullar
orqali ular faoliyatini rag‘batlantiradi va hokazo.
Ma’lumki, hamma ishni birdaniga bajarib bo‘lmaydi. Jumladan,
barcha katta-kichik sohalarda bir vaqtning o‘zida bir xil sur’atlarda
islohotlar o‘tkazish mumkin emas. Shu bois davlat har bir muayyan
davr uchun islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi. Bunga
jamiyatning moliyaviy, moddiy, intellektual - aqliy va kadrlar
resurslarini safarbar etadi. Boshqalarning islohotchilik tashabbuslarini
rag‘batlantiradi. Davlatning bosh islohotchi bo‘lishiga yana bir sabab
o‘tish davrida, ayniqsa, uning dastlabki yillarida iqtisodiyotda tuzil-
maviy o‘zgarishlar qilishga qaratilgan investitsiya siyosati ko‘proq
byudjet hisobidan yoki davlatning kafolatlari asosida chetdan olingan
qarz hisobidan moliyalashtiriladi.
Xususiy mulkning kamquvvatligi, ortiqcha mablag‘ning yo‘qligi
bois investitsiya yukini davlat o‘z zimmasiga olishiga to‘g‘ri keladi.
Bunday sharoitda davlat bosh islohotchi bo‘lmasa, investitsiya uchun
ajratilgan mablag‘ o‘z manziliga yetib bormasligi va boshqa maqsad-
larda o‘zlashtirib yuborilishi yoki ochiqchasiga o‘g‘irlanishi ehtimol-
dan xoli emas. Buni ko‘plab mamlakatlar tajribasi tasdiqlab turibdi.
O‘zbekistonda esa investitsiya amaliyotida davlat ishtirokining yuqo-
riligini ko‘rish mumkin.
O‘tish davrida davlatning bosh islohotchi va asosiy investor
bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Chunki moliyaviy va moddiy mab-
95
lag‘lar yetishmaydi, muayyan sohalarni isloh qilib, yangilik yara-
tishga qodir mutaxassislar ham ko‘p emas, ularni o‘qitish, tayyorlash
kerak. Eng asosiysi aholining manfaatlarini himoyalash, ijtimoiy
muhofazaning puxta o‘ylangan tizimini ham o‘tish davrida jamoat
tashkilotlari va hali qattiq oyoqqa turib olmagan xususiy biznes emas,
davlat vujudga keltirishi mumkin. Davlat bu borada xususiy tadbir-
korlar, jamoat tashkilotlari kuchlarini, imkoniyatlarini uyushtiradi.
Bunday sharoitda umummilliy manfaatni ko‘zlaydigan
davlatning
bosh islohotchi bo‘lishi nafaqat maqsadga muvofiq, balki yagona
to‘g‘ri yo‘ldir.
Misol uchun Rossiya Federativ Respublikasini olib ko‘raylik.
Mablag‘lar talon-toroj qilindi, o‘g‘irlandi. Siyosiy partiyalar hamda
o‘zlarining tor iqtisodiy manfaatlari tufayli birlashgan korchalonlar
guruhlari aravani har qaysisi o‘zi tomon tortishga harakat qildi.
Jamiyatning real tayyorgarligini hisobga olmasdan, dastlabki-
yillarda iqtisodiyotni haddan tashqari erkinlashtirib yuborish
Rossiyada islohotlar jilovining davlat qo‘lidan chiqib ketishiga sabab
bo‘ldi. Bu, o‘z navbatida, og‘ir iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarga olib
kelayotgan suiiste’molchiliklarni keltirib chiqardi. Hattoki, ishlab
chiqarishni rivojlantirishga va byudjet sohasi xodimlariga oylik
maosh sifatida yo‘naltirilgan mablag‘lar, shu jumladan, chetdan
olinayotgan investitsiyalardan qanday foydalanilayotganini davlat
nazorat qila olmay qoldi. Rossiyada xalq xo‘jaligini qayta qurish
nihoyatda ziddiyatli va stixiyali ravishda kechdi.
O‘zbekistonda davlat bosh islohotchi sifatida islohotlarning bir
tomondan, huquqiy bazasini izchil rivojlantirmoqda, bu borada jahon-
ning ilg‘or tajribasini hisobga olmoqda, ikkinchi tomondan - ustuvor
yo‘nalishlarni belgilab, asosiy resurslarni ularga yo‘naltirmoqda. Bu
islohotlarni amalga oshirishda turli boshboshdoqliklarning oldini
olishga, jamiyatning izchil yangilanishini ta’minlashga imkon ber-
moqda.
O‘zbek modeli jamiyat tayyorgarligini hisobga olib, iqtisodi-
yotni ham, davlat qurilishini va siyosiy hayotini ham erkinlashtirishga
intilmoqda. Bu borada Islom Karimovning «O‘zbekiston XXI asrga
intilmoqda» asarida olg‘a surilgan g‘oyalar diqqatga sazovordir.
Iqtisodiyot sohasini erkinlashtirishning maqsadini Prezidentimiz
quyidagicha belgilagan: «birinchi navbatda davlatning boshqaruv
96
rolini chegaralash, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy
erkinliklarini hamda iqtisodiyotning barcha sohalarida xususiy mulk
miqyoslarini kengaytirish, mulkdorlarning mavqeyi va huquqlarini
mustahkamlash»...
1
Shunday qilib, o‘zbek modeli qotib qolgan, o‘zgarmas tamoyil-
larga emas, balki hayot talablariga moslashuvchan, qayishqoq
tamoyillarga asoslangan.
Davlatning bosh islohotchi bo‘lishi turli davlat idoralari ustidan
jamoat nazoratini kuchaytirishni taqozo etadi. Chunki agar ijroiya va
sud hokimiyati idoralari haddan ortiq byurokratlashib ketsa, ularda
ta’magirlik va korrupsiya kuchaysa, bu islohotlar
yo‘lida qo‘shimcha
qiyinchiliklar tug‘diradi. Afsuski, bunday holdan hech bir davlat
sug‘urtalangan emas.
Davlat bosh islohotchi vazifasini muvaffaqiyatli ado etishi
uchun o‘zi ham uzluksiz takomillashib borishi zarur. O‘zbekistonda
davlat hokimiyatining har uchala bo‘g‘ini isloh qilinib borilmoqda.
Mamlakat Parlamenti uchinchi chaqiriqdan boshlab ikki Palata
-
Qonunchilik palatasi va Senat tizimida faoliyat olib bormoqda.
Senatga Prezident vakolatlarining bir qismi berildi. Ijroiya
hokimiyatdan markazning ayrim vakolatlari mahalliy hokimiyat
organlariga o‘tkazilmoqda. Ayni paytda o‘zini-o‘zi boshqarish organ-
lari, siyosiy partiyalar va fuqarolik institutlari roli oshirilmoqda.
Qonun hujjatlari bilan davlat va ho‘jalik boshqaruvi organlari
o‘rtasidagi vakolatlar aniq chegaralab qo‘yilgan.
Davlat hokimiyatining uchinchi tarmog‘i sud-huquq tizimi isloh
qilinayotir va liberallashtirilmoqda. Jinoiy, fuqarolik, xo‘jalik ishlari
bo‘yicha ixtisoslashtirilgan alohida sudlar paydo bo‘ldi. O‘zbekiston
davlat qurilishi va jamiyatni demokratlashtirish borasida o‘z yo‘lidan
bormoqda. Chunki Islom Karimov to‘g‘ri ta’kidlaganidek: «demokra-
tiyani va turli «ochiq jamiyat modellari»ni eksport qilib bo‘lma-
ganidek, davlat qurilishining universal loyihasini ham tashqaridan
import qilish yoki tiqishtirish mumkin emas».
2
Do'stlaringiz bilan baham: |