50
Dunyoda ilmdan boshqa
najot yo‘q va bo‘lmag‘ay.
Imom al Buxoriy
3-mavzu.
Ma’naviyatning tarkibiy qismlari va ularning
o‘zaro munosabatlari
3.1. Ma’naviyat va ma’rifat, ularning o‘zaro bog‘liqligi
Ma’naviyat ham boshqa tushunchalarga o‘xshagan o‘zining
mustaqil tarkibiy qismlariga ega. Uning asosini ma’naviy meros, ma-
daniyat, mafkura va qadriyat kabilar tashkil qiladi. Aslini olganda,
ma’naviyat va madaniyat bir-biriga yaqin tushunchalardir. Ammo
ularning biri ikkinchisidan farq qiladi. Shuning bilan birga ular bir-
birini to‘ldirib turadi.
Madaniy va ma’naviy meros haqida
ham shunday deyish mum-
kin. Shu sababdan avvalo, madaniyat va uning turlarini tahlil etish
maqsadga muvofiqdir. Chunki
madaniyatni, xususan ma’naviy mada-
niyatni bilmasdan, o‘rganmasdan turib, ma’naviy meros to‘g‘risida
gapirish ancha mushkul, chunki ma’naviy meros ma’naviy madaniyat
doirasiga kiradi.
Madaniyat atamasi keng ma’noda qo‘llanilib, jamiyatning ishlab
chiqarish, ijtimoiy-ma’naviy hayotida qo‘lga kiritilgan yutuqlarini,
muayyan xalq yoki ijtimoiy guruhning ma’lum
davrda erishgan
natijalari, o‘qimishlilik, ta’lim-tarbiya ko‘rganlik, ziyolilik va ma’ri-
fatlilik hamda turmushning inson ehtiyojlariga mos keladigan
sharoitlar majmuyini ifodalaydi.
Inson faoliyati ikki asosiy tur – moddiy va ma’naviy madaniyat-
ga bo‘linadi. Moddiy madaniyat moddiy faoliyatning barcha sohalari
hamda ularning har birida erishilgan natijalar – mehnat qurollari,
turar-joy, kundalik turmush buyumlari, kiyim-kechak, transport, aloqa
vositalari kabilarni o‘z ichiga oladi.
Ma’naviy madaniyatga aqliy va ma’naviy yaratuvchanlik sohalari
– bilim,
odob-axloq, ta’lim-tarbiya, huquq, falsafa, din, fan, san’at,
adabiyot va shu kabilar kiradi. Uyg‘onish va ma’rifatparvarlik davrla-
rida madaniyat yetukligi deganda inson va jamiyat hayotida insonpar-
varlik, ma’rifatparvarlik g‘oyalari ustuvor o‘rin tutganligi tushuniladi.
51
Ma’naviy meros
ma’naviy taraqqiyot
mahsuli, inson aql-zako-
vati
bilan yaratilgan, kelajak avlodni ezgu taraqqiyot sari yetaklash
xususiyatiga ega bo‘lgan, kishilarning ongi va dunyoqarashining o‘si-
shi, olamni bilish va o‘zlashtirish borasidagi sa’y-harakatlariga kuch-
quvvat beradigan, ajdodlardan avlodlarga o‘tib
kelayotgan azaliy
qadriyatlar majmuyini ifodalaydi. Ma’naviy meros ajdodlar tajribasi,
qoldirilgan ma’naviy boyliklarning kelgusi avlodlarda amaliy
faoliyat, tafakkur tarzida qanday ahamiyat kasb etishiga ko‘ra, yakka
shaxs, alohida guruh yoki muayyan millat vakillariga tegishli bo‘lishi
mumkin. Ular ma’lum milliy tilda yaratilgani,
milliy madaniy-
ma’naviy an’analar, qarashlarni aks ettirishiga ko‘ra millatga, ma’lum
bir hududda istiqomat qiluvchi turli millatlarni qamrab olishi
xususiyatiga ko‘ra jamiyatga, ma’lum bir davlat hokimiyati amal qilib
turgan davrda yaratilganiga ko‘ra davlatga,
insoniyat tarixida tutgan
yuksak o‘rniga ko‘ra sivilizatsiyaga xos bo‘lishi ham mumkin.
Prezidentimizning «Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch»
asarida ta’kidlanganidek:
Do'stlaringiz bilan baham: