Qonuniy migratsiya
-
bu kishilarning mavjud qonunchilikni chetlab o‘tmagan holda, davlat
organlari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan va tegishli ruxsatnomalari bo‘lgan holdagi ko‘chishlaridir.
Noqonuniy migratsiya
esa kishilarning mavjud qonunchilikni chetlab o‘tgan va davlat
organlari tomonidan ro‘yxatga olinmagan holdagi hamda zaruriy xujjat, va ruxsat bo‘lmagan holdagi
ko‘chishidir.
Ma‘lumki migratsiya kishilarning doimiy va vaqtincha o‘z yashash yoki ish joylarini
o‘zgartirishlari natijasidagi bir joydan ikkinchi bir joyga ko‘chishlaridir. Tabiiyki aholi migratsiyasi
qator omillar ta‘sirida vujudga keladi. Bu omillarni shartli ravishda iqtisodiy, demografik, siyosiy,
ijtimoiy va ekologik omillarga bo‘lish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |