Migratsiyaning turlari.
Migratsiya juda keng qamrovli va murakab jarayon bo‘lib, uning turli
jihatlariga ko‘ra: hududiy yo‘nalishiga, muddatiga, tashkil etilgan yoki etilmaganiga, qonuniy yoki
noqonuniyligiga qarab turlari mavjud.
Hududiy yo‘nalishiga ko‘ra migratsiya tashqi va ichki migratsiyaga bo‘linadi.
Ichki migratsiya
deb biror bir mamlakat, viloyat yoki ma‘muriy hududiy birlik ichida aholining
bir joydan ikkinchi bir joyga ko‘chishidir. Bu xil migratsiya ham o‘z navbatida to‘rt yo‘nalishga
bo‘linadi: shahardan-shaharga, shahardan-qishloqqa, qishloqdan-shaharga, qishloqdan-qishloqqa.
Do'stlaringiz bilan baham: |