57
XULOSA
“Balog‘at” dastlab arab tilshunosligida paydo bo‘lib, IX asrda vujudga kelgan
va XII asrda takomiliga yetgan ilmdir. Olimlar bu ilmning rivojlanishi,
o‘zlashtirilishiga katta e’tibor berganlar va unga bag‘ishlab asarlar yaratilgan.
Balog‘at dastlab arab tilshunosligida paydo bo‘lib, IX asrda vujudga kelgan
va XII asrda takomiliga yetgan ilmdir.
Arab balog‘at ilmi nutq balog‘ati va notiq balog‘atiga ta’rif
berish bilan
boshlanadi. Arab balog‘at ilmi bayon, ma’oniy va badi’ ilmlaridan iborat hamda
bayon ilmi – turli xil yo‘llar bilan bitta ma’noni
ifodalab berish, ma’no ilmi –
aytilgan so‘zning vaziyat, o‘ringa aynan mos tushishi, ilmi badi’ – aytilmoqchi
bo‘lgan gapni bezash, go‘zal shaklga keltirish uchun qo‘llaniladi. Bayonda tashbih,
istiora,
kinoya va majoz, ularning turlari va tasnifi o‘rganiladi. Ma’oniyga xabar
va insho, zikr va hazf, itnob, musovot kabilar kiritilgan. Badi’
ilmi ikki guruhga
bo’linadi. Lafziy san’atlarga saj’, tajnis, tarsi’ kabilar, ma’naviy san’atlarga tazod,
mutobaqa,tashbeh talmeh kabi san’atlar kiradi.
Balog‘at ilmi arab, fors, turkiy xalqlar orasida keng tarqalib,
forsiy va
turkiyda ham balog‘at ilmiga doir asarlar yaratilishiga asos bo‘ldi. Bular qatoriga
Atoulloh Husayniyning “Badoyi’u-s-sanoyi’” asari ham kiradi.
Husayniy balog‘at ilmlarini arab balog‘atchilari kabi “ma’oniy”, “bayon” va
“badi’” emas, balki “lafziy go‘zalliklar”, “ma’naviy go‘zalliklar”, “lafziyyu
ma’naviy go‘zalliklar” tarzida guruhlaydi. “Lafziy go‘zalliklar”, “ma’naviy
go‘zalliklar”,
ya’ni
“al-muhassanotu-l-layziyya”
va
“al-muhassanotu-l-
ma’naviyya” atamalari arab balog‘atida faqat uning “badi’” qismidagi san’atlarga
nisbatan qo‘llanganini ta’kidlash lozim.
Lafziy san’atlarda so‘zlardagi tovushdoshlik muhim ahamiyatga ega.
Atoulloh Husayniyning tasnifida bu san’atlar Sakkokiyning tasnifiga mos keladi.
Atoulloh Husayniyning ma’naviy san’atlari Sakkokiyning ma’naviy san’atlari
tarkibidan farq qiladi. Umuman arab balog’atida san’atning bu turiga faqat keng
qo’llaniladigan o’ndan ortiqroq turlari kiritilgan bo’lsa,
Atoulloh Husayniy ularni
58
ikki guruhga bo’lib, ellikdan ortiq turini keltiradi. Arab balog’atida ayrim
san’atlarning turlari hisoblangan san’atlar “Badoi’u-s-sanoye’”da alohida tur
sifatida berilgan.
“Badoyi’u-s-sanoyi’”da ma’naviy san’atlarning lafziy-ma’naviy
turi ham
bor. Arab balog’ati tasnifida san’atlarning bu turi yo’q. Atoulloh Husayniy bu
turga kiritgan san’atlar arab balog’atida ma’naviy san’atlar qatoriga kiradi.
Atoulloh Husayniy o’z asarida ma’noga taqaluvchi o’nta aybni keltiradi. U
badiiy san’atlardan xabardor bo’lgan kishi bu ayblarni ham bilishi shart ekanini
e’tiborga olgan.
“Badoyi’u-s-sanoyi’”da san’atlar ta’rifi va tasnifida arab balog‘atidan farq
qiluvchi jihatlarning borligi balog‘at ilmiga uni o‘zlashtirgan
xalqlar tomonidan
ijodiy yondashuv bo‘lganini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: