O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/56
Sana01.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#423373
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Bog'liq
tabiatdan foydalanishning geografik asoslari (1)



 
 
 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
 
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI 
 
 
 
 
 
 
 
TABIATDAN FOYDALANISHNING GEOGRAFIK
ASOSLARI 
 
 
 
Ma’ruzalar majmuasi 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Qarshi - 2008 

 


Tuzuvchi – Abdullayev S.I. 
Taqrizchi – Janqobilov I.X. 
- Jo‘rayev B.R. 


K I R I S H 
Fan – texnika taraqqiyoti jadal sur‘atlar bilan sodir 
bo‘layotgan hozirgi davrda insonning tabiatga ta’siri tobora 
kuchayib bormoqda. Shu sababli atrof muhitni muhofaza qilish va 
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish muammosi hozirgi paytda 
global sajiyadagi ekologik muammoga aylandi. Tabiatdan 
foydalanishning ulkan miqyoslari sayyoramizda regional va global 
ekologik 
muammolarni 
keskinlashuviga 
hamda 
ayrim 
mintaqalarda ekologik tanazzulning kelib chiqishiga sabab 
bo‘lmoqda. «Ekologik xavfsizlik muammosi – deb ta’kidlaydi 
I.A.Karimov – allaqachonlar milliy va mintaqaviy doiradan chiqib 
butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan». Shu sababli 
bunday 
sharoitlarda 
inson 
tomonidan 
atrof 
muhitiga 
ko‘rsatilayotgan ta’sirini tartibga solish va boshqarish, ijtimoiy 
taraqqiyot va qulay tabiiy muhitni saqlab qolishning o‘zaro 
ta’sirini uyg‘unlashtirish, inson va tabiatning o‘zaro munosabat-
larida muvozanatga erishish muammolari dolzarb bo‘lib 
qolmoqda. 
Yaqin paytlarga qadar tabiatdan foydalanish tushunchasi 
mazmuni va mohiyatiga ko‘ra resurslarni iste’mol qilish 
tushunchasining sinonimi va amaliy faoliyat sifatida qaralar edi. 
Ammo 
tabiatdan 
foydalanish 
faqat 
tabiiy 
resurslardan 
foydalanishnigina emas, balki ulardan foydalanishni ilmiy asosda 
tashkil etish maqsadida o‘rganish, qayta tiklash hamda muhofaza 
qilishni ham o‘z ichiga oladi. Tabiatdan foydalanishning bunday 
tushunchasida u butunlay yangi mazmunga ega bo‘ladi, inson 
tomonidan tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning barcha 
tizimini o‘z ichiga oladi va tabiatning insonga aks ta’sirini ham 
ifodalaydi. Bu aks ta’sir tabiiy va ijtimoiy omillarning tabiiy 
resurslarni asrash va qayta tiklash bo‘yicha birligi va o‘zaro 



aloqasi orqali namoyon bo‘ladi. Tabiatdan foydalanish murakkab 
jarayon bo‘lganligi sababli uni har taraflama o‘rganish va ilmiy 
baholash asosida maqsadli boshqarish mumkin. Shu sababli ilmiy 
tadqiqotlar ham tabiatdan foydalanish yagona mexanizmining 
tarkibiy va zaruriy qismini tashkil etadi. 
Tabiatdan oqilona foydalanish eng muhim tabiiy – ilmiy va 
ijtimoiy – iqtisodiy muammoni tashkil etadi Bu serqirra va ko‘p 
jihatli muammoning yechimida geografiya fanlari oldida ham 
muhim vazifalar turadi. Chunki geografiya jamiyat va tabiat 
orasidagi 
munosabatlarni 
optimallashtirishning 
asoslarini 
o‘rganadigan fanlardan biri, bu munosabatlarning hududiy 
jihatlarini o‘rganadigan yagona fandir. 
Tabiatdan foydalanish – ijtimoiy ishlab chiqarish, aholi va 
atrof muhit orasidagi ko‘p tomonlama aloqalarni aks ettiradigan 
jamiyat va tabiat o‘zaro ta’sirining asosiy shaklidir. 
Tabiat – jamiyat mavjudligining muhiti va uning turli xil 
ehtiyojlarini 
qondiradigan 
asosiy 
manbadir. 
Tabiatdan 
foydalanishning asosiy ob’yekti tabiiy muhit bo‘lib, u jamiyatning 
geografik qobiq doirasidagi muhitidir. Jamiyat o‘zining hayotiy va 
ishlab chiqarish faoliyatida tabiiy muhitga bevosita bog‘liq. 
Shuningdek, 
tabiiy 
muhit 
ishlab 
chiqarish 
kuchlarini 
joylashtirishning hududiy asosi, tabiiy resurslar manbai, 
kishilarning yashash muhiti hamda ekologik muhitdir. 
Ko‘pgina hollarda tabiatdan foydalanish deganda tabiiy 
resurslardan foydalanish, tabiiy muhitni o‘zgartirish va muhofaza 
qilish tushuniladi, ya’ni u inson xo‘jalik faoliyatining ham foydali, 
ham nomaqbul oqibatlarini o‘z ichiga oladi. Demak, tabiatdan 
foydalanish, bir tomondan, kishilarning oqilona ehtiyojlarini 
imkoni boricha qondirishi, ikkinchi tomondan esa atrof tabiiy 
muhitni bu ehtiyojlarni qondirish manbai sifatida muhofaza qilish 
va yaxshilashi lozim. 
O‘quv 
maqsadlarida 
o‘rganiladigan 
“Tabiatdan 
foydalanishning geografik asoslari” o‘quv fanining asosiy maqsadi 
tabiatdan oqilona foydalanish muammosi yechimida geografiya 
fanlarining ahamiyati va vazifalarini ko‘rsatishdan, talabalarni 
tabiatdan foydalanishning ekologik – geografik xususiyatlarini 
tahlil qilishga, hisobga olish va baholashga; landshaftlarni 
foydalanish va muhofaza qilish ob’yekti sifatida tasavvur qilishga 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish