31. "Ikki afsona" hikoyasida mushukni muz bilan urgan bolaning ismi nima?
J.: Adham
32. Qissadagi qaysi hikoyada ona o‘z jigarbandini kasallik xavfidan tezroq xalos qilish
uchun har narsaga, hatto jonini ham berishga tayyor qiyofada tasvirlanadi?
J.: "Gilam paypoq"
33. Kavkaz tomonlarda gilam paypoqni nima deyishadi? ("Dunyoning ishlari")
J.: Juba, jurabi
34. Qissaning qaysi hikoyasida hikoyachi o‘zining bolaligida qizamiq, ko‘kyo‘tal, bezgak
bilan ko‘p kasal bo‘lgani haqida hikoya qilgan?
J.: "Gilam paypoq"
35. Qissaning qaysi hikoyasida Ona bolaning tomog‘ini achchiqtosh bilan chayib ko‘radi,
turshak qaynatib suvini ichiradi?
J.: "Gilam paypoq"
36. "Gilam paypoq" hikoyasida onaning sovuqda qolgan oyoqlariga Hoji buvi nima surtishni
tavsiya qiladi?
J.: Qarg‘aning miyasini
Do'stlaringiz bilan baham: |