22
qiluvchi muhitning tezligiga ham bog‘liq bo‘ladi. Sarf o‘lchashning ultratovushli
prinsipi shunga asoslangan.
Agar tovush to‘lqini oqim yo‘nalishida harakat qilsa, ularning tezligi qo‘shiladi,
tovush oqimga qarshi yo‘nalsa, tezliklar ayirmasi topiladi.
Ultratovushning oqim
bo‘yicha va unga qarshi yo‘nalishdagi tezligining farqi oqim tezligiga, binobarin,
oqayotgan suyuqlik sarfiga mutanosib. Ultratovushli sarf o‘lchagichlarning
ishlash
prinsipi quyidagilarga asoslangan:
1)
ultratovushning oqim bo‘ylab va unga qarshi yo‘nalishdagi vaqt
tafovutini o‘lchash;
2)
ultratovush tebranishlarining oqim bo‘ylab va unga qarshi yo‘nalishdagi
tebranishlari fazalarining siljishini o‘lchash;
3)
avtotebranishlar sxemasi vujudga keltirgan va shu bilan birga oqim
bo‘ylab hamda unga qarshi yo‘nalishda hosil qilingan ultratovush tebranishlari
chastotasining ayirmasini o‘lchash.
Ultratovushli sarf o‘lchagichlardan birining tuzilish sxemasi 4.9-rasmda
ko‘rsatilgan. Bu asbob ikki kanalli fazaviy sxema bo‘yicha ishlaydi.
Ultratovushli
sarf o‘lchagichlar quyidagi asosiy qismlardan iborat: UTG-ultratovush generatorining
ta’minlash manbai; NO‘
1
, va NO‘
2
nurlanuvchi o‘zgartkichlar; QP
1
va QP
2
-qabul
qiluvchi pezoo‘zgartkichlar; FQ-faza o‘zgartiruvchi qurilma, fazaviy siljishlarni
o‘zgartgichlar kanali asimmetriyasi yo‘li bilan bartaraf etadi;
K-elektron
kuchaytirgich, O‘A - o‘lchash asbobi. O‘lchash asbobi sarf birligida darajalanadi.
Pezoelementlar sifatida, ko‘pincha, bariy titanatdan ishlangan plastinkalar ishlatiladi.
Pezoelementlar kvars, titanatsirkoniy, sopol hamda magnitostriksion bo‘lishi
mumkin.
Kalorimetrik sarf o‘lchagichlar ikki guruhga bo‘linadi. Ulardan birinchisida sarf
qizdirgich iste’mol qilgan quvvat miqdoridan aniqlanadi. Bu quvvat o‘zgarmas
haroratlar farqi ∆t ni ta’minlaydi. Ikkinchi guruhdagi kalorimetrik sarf o‘lchagichlar
sarf qizitgichga berilgan o‘zgarmas quvvatdagi ∆t
haroratlar farqidan aniqlanadi. Haroratlar farqi,
odatda, termojuftlar yoki
qarshilik termometrlari
orqali o‘lchanadi. Qarshilik termometrlarini bir
me’yorli oqim kesimini qoplaydigan to‘r shaklida
tayyorlab, kesim bo‘yicha o‘rtacha
haroratni
o‘lchash mumkin. O‘lchanayotgan muhit odatda,
1...3
0
C ga qizdiriladi,
shuning uchun, sarf
o‘lchangan paytdagi iste’mol qilingan quvvat katta
bo‘lmaydi. Modda sarfini o‘lchashda, ko‘pincha,
ikkinchi guruh sarf o‘lchagichlari ishlatiladi.
4.10-rasmda
ikkinchi
guruh
sarf
o‘lchagichning prinsipial sxemasi tasvirlangan.
Sarf o‘lchagichga ketma-ket ulangan ikkita
qarshilik termometrlara 1 va 2 o‘rnatilgan.
Turli xil sochiluvchan materiallarni o‘lchash va me’yorlash, sochiluvchan
buyumlarni hisobga olish vositalari texnologik jarayonlarni, ortish-tushirish ishlarini
1
2
3
R
t
R
t
R
1
R
2
v
Do'stlaringiz bilan baham: