Javobgarlikning muqarrarligi prinsipi
Jinoyat kodeksining muhim
prinsiplardan biri hisoblanadi. Unga ko‗ra, qilmishida jinoyat tarkibining
mavjudligi aniqlangan har bir shaxs javobgarlikka tortilishi shart. Ya‘ni Jinoyat
kodeksining 16-moddasiga muvofiq Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jinoyat
tarkibining barcha alomatlari mavjud bo‗lgan qilmishni sodir etgan shaxs
javobgarlikka tortilishi lozim. Mazkur prinsipning o‗ziga xos xususiyati shundaki,
jinoyat sodir etgan har qanday shaxs qonun oldida javobgarligini o‗zida aks
ettiradi. Shu bilan birga, jinoyat sodir etgan shaxsni javobgarlikka tortilishi shart
degani unga nisbatan jazo tayinlanishi muqarrarligini anglatmaydi. Masalan,
Jinoyat
kodeksining
64–68-moddalari
javobgarlikdan
ozod
qilish,
69–76-moddalarida jazodan ozod qilish kabi normalar belgilangan. Shunday ekan,
javobgarlikning muqarrarligi jazo muqarrarligidan kengroq tushuncha bo‗lib,
jinoyatni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxsga nisbatan jazo tayinlashni
anglatmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |