Diplokokkli infeksiyani chaqiruvchi streptokokklar.
Str.pneumoniae (dipl.septicum,dipl.lanceolatus).
Diplokokk 1871 yil L.Paster
tomonidan topilgan.Kasallik yosh hayvonlarda o‘pka yoki ichak shakllarida o‘tadi.
Hayvonlar 2 - 4 haftaligidan bir necha oylikgacha yoshda kasallanadi.
Morfologiyasi
. Patmaterialdan tayyorlangan surtmalarda qo‘zg‘atuvchi juft
kokklar shaklida joylashadi. Surunkali jarayonlarda mikrob diplostrepto kokk shaklida
joylashadi. Grammusbat, kapsulali, harakatsiz, spora hosil qilmaydi. Kulturalarda
kapsula hosil bo‘lmaydi. Kulturadan tayyorlangan surtmalarda qisqa zanjir shaklida
joylashadi. Kokklarning o‘lchami 0,5-1,5 mkm. Hayvon organizmida kapsula hosil
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |