QORASONNING LABORATORIYA DIAGNOSTIKASI Laboratoriyaga tekshirish uchun zararlangan mushak bo‘lakchalari, krepitasiya
qiladigan shishning ekssudati yuboriladi. Bunda qaynatilgan asboblar bilan teri ajratiladi,
keyin asboblar yana almashtiriladi. zararlangan joy chuqurroq kesilib, mushakning o‘rta
qismidan 3 x 3 x 3 sm. o‘lchamda zararlangan to‘qima bo‘lakchasi kesib olinadi. Jasad
yorilgan bo‘lsa jigar, taloqdan bo‘lakchalar, yuragidan qon olinadi. Laboratoriyaga
yuborish uchun material hayvon o‘lgandan boshlab 4 soatdan kechiktirmay olinadi. Issiq
kunlarda patmaterialni steril 30%li gliserinning suvdagi eritmasida konservasiya qilinadi.
72
Qorasonga tekshirish patmaterialdan tayyorlangan surtmalarni mikroskopda ko‘rish,
oziqa muhitlarga ekish va laboratoriya hayvonlarini zarar lashni o‘z ichiga oladi.