Kultural xususiyatlari.
Qo‘zg‘atuvchi qat‘iy anaerob, 36-38
0
C haroratda
o‘sadi. O‘stirish uchun maxsus – qon, zardob, jigar, miya, mushak bo‘lakchalari
qo‘shilgan muhitlar qo‘llaniladi. Ko‘proq go‘shtpeptonli jigarli bulon, Kitt-Tarossi oziq
muhiti, glyukozali-qonli Seyssler agari, zardobli-glzkozali agarlarda o‘stiriladi. Optimal
pH 7,2-7,6 , harorat 36-38
0
C, 14
0
C da ham o‘sishi mumkin. Kitt-Tarossi muhitida 12-
24 soatdan keyin avval loyqalanish paydo bo‘lib, 2-3 sutkalarda sporalar probirka
tubiga tushgandan keyin (cho‘kma), bulon tiniqlashib boradi. Gaz pufakchalari hosil
bo‘ladi. Undan achigan yog‘ hidi keladi. Glyukozali- qonli agarda koloniyalar gemoliz
zonasini hosil qiladi, markazi ko‘tarilib, tugma shaklida bo‘ladi. Miyali muhitda
o‘sganida gaz hosil qiladi, qoraymaydi, bir necha kundan keyingina muhitning o‘rtasida
nozik qizarish paydo bo‘ladi. zardobli agar o‘rtasida yasmiqsimon yoki yumaloq, nozik
o‘simtali koloniyalar shaklida o‘sadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |