2. Baxtsiz hodisalarda birinchi yordam ko`rsatish
Ma`lumki, jarohatlanish oqibati o`z vaqtida ko`rsatilgan yordamga ko`p
jihatdan bog’liq bo`ladi. SHuning uchun har bir ishlovchi bevosita baxtsiz
hodisa sodir bo`lgan joyda vrachga birinchi yordam ko`rsatishni bilishi kerak.
Ishlab chiqarish korxonalari, tashkilotlarida tsexlarda, bo`limlarda,
brigadalarda, dala shiyponlarida, fermalarda, ustaxonalar va boshqa ishlab
chiqarish uchastkalarida birinchi yordam ko`rsatishga maxsus o`qitilgan 3-4
kishidan iborat sanitar postlar tashkil etiladi. Sanitar postlari zarur meditsina
dorilar va bog’lash materiallari mavjud bo`lgan aptechkalar bilan ta`minlanadi.
Ishlab chiqarishda jarahotlanish uni keltirib chiqarish sabablariga ko`ra
shartli ravishda tashkiliy va texnik turlarga bo`linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |