Davriy yo`riqnoma.
Ishchining malakasi va ish stajidan qat`iy nazar har
6 oydan ko`p bo`lmagan muddatda xavfsiz ishlash usullari bo`yicha davriy
yo`riqnoma o`tkazib turiladi.
Bundan asosiy maqsad-ishchining asosiy va
doimiy bajarib turadigan ishida xavfsizlik qoidalari bo`yicha bilimlarini
yangilab va to`ldirib turishdir.
Davriy yo`riqnoma yakka tartibda va guruh (bir xil kasbdagi ishchilar)
bilan o`tkazilishi mumkin,
bunda tsex yoki korxonada bo`lib o`tgan noxush
hodisalarni talqin qilgan holda suhbat o`tkaziladi.
Turli sabablar bilan (ta`til, kasallik, mehnat safari va x.k) o`z muddatida
ishchilarga o`tkazilmagan yo`riqnoma keyinchalik o`tkaziladi. Davriy
yo`riqnoma o`tkazilganligi haqida jurnalga yozib rasmiylashtirilib qo`yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |